• Beverij modeli
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Skandinavcha model
    (Finlyandiya, Norvegiya, Shvesiya) . Asosiy qoidasi
    mamlakatda yashovchi barcha fuqarolar ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Bosh 
    siyosiy maqsadi to‘la – to‘kis bandlikka erishish (ma’sul davlat). 
    Bismark modeli
    (Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya). Asosiy qoidasi
     
    jamiyat a’zolariga ijtimoiy ta’minot uchun zarur vositalarni ishlab topishga 
    imkoniyat berish. Bosh siyosiy maqsadi daromadlarni himoyalash 
    Beverij modeli
    (Angliya, Irlandiya) . Asosiy qoidasi favqulotda holatlarda 
    (kasallik, tug‘ish, o‘lim va h.k.) ijtimoiy sug‘urtali nafaqa va pul yordami bilan 
    qamrab olinishi zarur. Bosh siyosiy maqsadi minimal darajada daromadlarni 
    himoyalash 
    Ko‘plab olimlarning fikricha, keng umumsotsiologik ma’nodagi ijtimoiy 
    himoya konsepsiyasi birinchi bor 1935 yilda AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik buyicha 


    60 
    qonun"ida ko‘llanilgan. Ushbu qonunda qariyalar va mehnatga layoqatsiz aholi 
    qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari buyicha dasturlarni ishlab chikish 
    hakida takliflar keltirilgan. Ammo aholini ijtimoiy himoyalash tushunchasi unda 
    to‘laligicha yoritilmagan va ushbu muammoni hal etuvchi tavsiyalar 
    hali ishlab chiqilmagan edi. 
    Keyinchalik "ijtimoiy himoya" tushunchasining mazmuni Xalkaro mehnat 
    tashkiloti konvensiyalarida mukammallashtirilgan, hamda ushbu muammoning 
    mohiyati aniqroq qo‘rsatilgan. Bundan tashqari, ushbu tushuncha mamlakatning 
    ijtimoiy siyosatida keng kullanilib, u o‘z ichiga mehnat sohasi, aholi bandligi, kasb 
    tanlash, o‘qitish, bilim olish, daromadlarning kafolatlanishi, har bir fuqaroning o‘z 
    iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo‘lishi, iste’molchilar himoyasi, iste’molchilar 
    jamiyatining tashkil eti-lishi, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, aholiga tibbiy 
    xizmat kursatish, ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlan-gan 
    kismiga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berishni kamrab oladi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish