• 7.1.”Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi va uning tamoyillari.
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Tayanch so‘z va iboralar: 
    ijtimoiy siyosat, ijtimoiy siyosatning xususiyatlari, liberal ijtimoiy 
    siyosat,ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya modellari, ijtimoiy 
    1
    .https://www.researchgate.net/publication/337672723_Singapur_innovacion_rivozlanisining_uz
    iga_hos_hususiatlari 


    84 
    himoya konsepsiyasi, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy xizmatlar, “Osiyo fenomeni”, 
    “Osiyo qadriyatlari”.
     
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Ijtimoiy siyosat tarkibi va rivojlanish modellarini taxlil qilib bering? 
    2.AQSh liberal ijtimoiy siyosatining mazmuni va amalga oshirish yo‘llari 
    nimalarda namoyon bo‘ladi? 
    3.Yevropa davlatlarida ijtimoiy siyosatining xususiyatlari nimalardan iborat? 
    4.Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy siyosatining o‘ziga xos
    xususiyatlari qanday? 
    5.Davlatning ijtimoiy siyosati qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi? 
     
     


    85 
    7-mavzu: IJTIMOIY ShERIKLIK TIZIMI: HOKIMIYaT
    TUZILMALARI BILAN ALOQALARNI O‘RNATISh 
    Reja: 
    7.1.”Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi va uning tamoyillari 
    7.2. Ijtimoiy sheriklik haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi. 
    7.3.O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik modelining rivojlanish xususiyatlari. 
    7.1.”Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi va uning tamoyillari. 
    Ijtimoiy sheriklik – o‘zaro hamkorlikning yangi va zamonaviy shakli bo‘lib, 
    bunda o‘zaro munosabatga kirishayotgan sub’ektlarning huquq va erkinliklari 
    tenglik asosida vujudga kelib, ular bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladilar. 
    Ayrim ilmiy manbalarda «hamkorlik» va «ijtimoiy sheriklik» tushunchalari bir 
    xil ko‘rsatiladi. Fikrimizcha, ular o‘rtasida muayyan farq mavjud. Agar ijtimoiy 
    hamkorlikda o‘zaro munosabatga kirishayotgan tomonlardan biri yuqori yoki quyi 
    maqomga, yoxud bir tomon buyuruvchi, ikkinchi tomon bo‘ysunuvchi shaklida 
    munosabatga kirishsalar, ijtimoiy sheriklikda har ikki tomon ham bir xil maqomga 
    ega bo‘ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki ijtimoiy hamkorlik keng 
    ma’noga ega bo‘lib, u sub’ektlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarni ifoda etsa, 
    ijtimoiy sheriklik esa, mohiyatan sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro tenglikka asoslangan 
    munosabatni aks ettiradi. 
    Ijtimoiy sheriklik hozirgi kunda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarning Mehnat 
    kodekslarida, mamlakatlarni strategik rivojlantirishga aloqador hujjatlarda, turli 
    sohalarga oid uslubiy tavsiyalar va me’yoriy hujjatlarda mustahkam o‘rin 
    egallamoqda. 
    Ijtimoiy sheriklik XX asr oxiri va XXI asr boshlarida siyosiy barqarorlikni 
    ta’minlashda, jamiyatda yangicha insoniy munosabatlarni shakllantirishda borgan 
    sari ko‘proq va muhimroq rol o‘ynamoqda. Ijtimoiy sheriklik dastavval mehnat 
    munosabatlarini tartibga solish maqsadida vujudga kelgan bo‘lsa ham, hozigi kunda 
    uning faoliyat yuritish sohalari mehnat munosabatlari doirasidan ancha chetga 
    chiqadi. 


    86 
    XX asr oxiri va XXI asr boshlarida ― sektorlararo ijtimoiy sheriklik 
    konsepsiyasi ko‘p mamlakatlarda, shu jumladan MDHga a’zo mamlakatlarda keng 
    tarqala boshladi. Mazkur konsepsiyaga ko‘ra, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari 
    hokimiyat, biznes va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat. Sektorlararo
    ijtimoiy sheriklik ikki yoki uch sektor: davlat, biznes, notijorat sektor ijtimoiy 
    muammolarini hal qilishda o‘zaro kelishilgan konstruktiv harakatlarni amalga 
    oshirishni ifodalaydi. Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” 
    Qonunida 
    ijtimoiy 
    sheriklik 
    sub’ektlari 
    haqidagi 
    3-bobida 
    shunday 
    deyiladi:”Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va 
    fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek 
    normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy 
    manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga 
    oshirish borasidagi hamkorligidir.”
    1
    Yevropa tajribasi kursatishicha, ijtimoiy sheriklik ish beruvchilar va 
    ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muammolarini xal kilishda samarali 
    vositalardan biri xisoblanadi. Hozirgi zamon jamiyatida ishlov-chilar asosan, kasaba 
    uyushmalari tashkilotida birlashgan bo‘lib, fukarolik jamiyatining asosiy tashkil 
    qilingan qismi hisoblanadi. Ijtimoiy sheriklik xaqida gapirganda, ko‘p xollarda 
    mehnat munosabatlari soxasidagi shartnomalar ko‘zda tutiladi. Bundan tashkari, ish 
    beruvchilar va ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil qilish buyicha katta 
    tajriba to‘plangan bo‘lib, uning tuzilishi Yevropa tarixi bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan 
    BMTning ixtisoslashgan tashkiloti - Xalkaro mexnat tashkiloti (XMT) da namoyon 
    bo‘ladi. 
    Ijtimoiy sheriklikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat qilib 
    belgilangan: qonunga bo‘ysunish; teng huquqlilik; ochiqlik va shaffoflik; 
    1
    https://www.lex.uz/docs/2468214 


    87 
    hammaboplik; mustaqillik; xolislik; o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi 
    va mas’uliyat; majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
    1
    Ijtimoiy sheriklik g‘oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng 
    buyuk ixtirolardan biridir. Insoniyat ijtimoiy sheriklikning zururligini anglab yetishi 
    uchun ko‘p asrlar kerak bo‘ldi. Bu jarayonda uzoq davom etgan konfrontatsiyani, 
    murosasiz kurashlarni, keskin ijtimoiy nizolarni boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish