. 3.Yevropa davlatlarida ijtimoiy siyosatining xususiyatlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

6
.
3.Yevropa davlatlarida ijtimoiy siyosatining xususiyatlari.
Daniyaning ijtimoiy ta’minot tizimi ham aholini ijtimoiy himoya qilishda
yuqori darajada tashkillashtirilganligi bilan alohida ajralib turadi. Davlatga 
to‘lanadigan soliqlarning asosiy qismi xususiy sektor va boshqa manbaalardan kelib 
tushadi. Davlat byudjetining 58% ni ijtimoiy sohaga sarflaydi. Nodavlat
tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xmzmatlar aholining quyidagi qatlamiga yetkazib
beriladi: 
- boquvchisini yo‘qotgan keksalar; 
- nogironlar, nafaqaxo‘rlarga; 


74 
- aqliy, jismoniy nogiron bo‘lgan fuqarolarga; 
- nosog‘lom oilalarning farzandlariga; 
- ruhiy kasallarga va boshqalar. 
Umuman olganda nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sohadagi faoliyat
spektori juda kengdir. Nodavlat sektori tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi 
1976 yilda “Ijtimoiy yordam akti” asosida amalga oshirila boshlangan va ushbu 
qonun asosida Daniyaning milliy qonunchiligi rivojlanib kelmoqda. 1992 yilda
Daniyada yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasining ortib ketishi natijasida “O‘nlik
komiteti” (Zehten Committee) tuzildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad
ishsizlikni kamaytirish, ijtimoiy sohaga nodavlat tashkilotlarini jalb qilish, 
ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish, ijtimoiy muammolarni hal qilishda fuqarolar 
faolligini oshirishdan iborat edi. 
Zamonaviy bosqichga kelib nodavlat tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xizmat
ko‘rsatilishining moliyaviy ta’minoti davlat byudjetiga kelib tushadigan
mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Daniyada ijtimoiy xizmatlarning
ko‘rsatilishi hukumat organlari hududiy birliklarga bo‘lingan holda amalga
oshiradi. Mahalliy davlat organlari ijtimoiy xizmatlar yetkazib berilishi, sifati,
qabul qilingan standartlarga mos kelishini nazorat qiladi. Bundan tashqari haq
to‘lanadigan ijtimoiy xizmatlar bozorini ham muvofiqlashtiradi. Hukumat
organlari maxsus xizmat ko‘rsatiladigan sohalarni ko‘proq nazorat qiladi.
Bularga nogironlar, ruhiy kasallar, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan shug‘illanadigan
muassasalar, reabilitatsiya, konsultativ markazlari kiradi. 
Daniya ijtimoiy xizmatlar tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, yildan-
yilga davlatning ijtimoiy sohadagi vazifalari qisqarib bormoqda. Endilikda,
davlat muhim masalalar bo‘lgan moliyalashtirish, nazorat qilish,
muvofiqlashtirish vazifalari bilan cheklanmoqda. O‘tgan asrning 80-yillarida
nodavlat sektori faoliyatini nomarkazlashtirish, mustaqilligi va erkin foliyatini 
ta’minlashga qaratilgan qator loyihalar ishlab chiqilgan edi. Bunda ijtimoiy
sheriklik masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Natijada, aholiga ijtimoiy
xizmatlar yetkazib berilishida ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida amalga 


75 
oshiriladigan bo‘ldi. Germaniya va Daniyada aholiga ijtimoiy xizmatlar yetkzib
berishda davlat bosh rolni o‘ynashi ma’lum. Lekin, muhim jihatlardan yana
biri shundaki, nodavlat sektori shaharlar, polyolkalar, qishloqlar mahalliy
boshqaruvida yetakchilik qiladi. XX asrning 60-yillarida Germaniyada ijtimoiy
sheriklik faqat mehnat sohasida emas, balki, ijtimoiy sohada ham keng
qo‘llanila boshlandi. Endilikda, ijtimoiy muammolarning hal qilinishiga davlat 
tomonidan katta e’tibor qaratilishi va bunga nodavlat sektorining jalb qilinishi, ular 
faoliyatining huquqiy vakolati, faoliyat doirasini kengaytirish, xususiy sektorning 
ham ijtimoiy ma’suliyati va ishtirokini ta’minlash masalasi birinchi darajaga
ko‘tarildi. Demak, davlat organlari va nodavlat sektorini aholiga ijtimoiy
xizmatlarni yetkazib berishdagi faoliyat chegarasi aniq belgilangan va ijrochilar
bir-birining faoliyatini qaytarmaydi hamda halaqit bermaydi. Germaniya modelida
demokratik tamoyillar, qadriyatlarga rioya qilinadigan bo‘lsa, Shved, AQSh va
Yapon modelida ijtimoiy xizmatlar iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan chambarchas
bog‘liqligi tan olinadi.
1
Germaniya modelining o‘ziga xosligi shundaki, ijtimoiy xizmatlar va 
ijtimoiy pedagogika bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Ular orasidagi chegarani 
aniqlash juda mushkuldir. Chunki, ularning vujudga kelish tarixi uzoq o‘tmishga
borib taqaladi va bunda nodavlat toshkilotlarining roli katta bo‘lgan. Agar
tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Germaniyada XVIII asrda ilk ko‘ngillilar
faoliyati boshlangan. 1788 yilda Gamburg shahrida ko‘ngillilar tomonidan 
“fuqaroviy hamshiralar” faoliyat yurita boshladi. O‘z navbatida, bu xol 
Germaniyada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimiga asos soladi. Ularning samarali 
faoliyati ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal qilinishiga olib keldi. 
Vengriyada NNTlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar bozorida yangi ish
o‘rinlarining yaratilishi 37% dan oshgan. Natijada, mamlakat darajasida
ishsizlikni 1% ga kamaytirdi. Hozirda rivojlangan mamlakatlarda davlat va
munitsipal siyosati nodavlat sektorning salohiyatini inobatga olgan holda
1
Kimarovskiy V.V.Formы sotsialnogo partnerstva. - M.: Flinta: MPSI, 2003.-130 s.


76 
qurilmoqda. Buning uchun ijtimoiy xizmatlar tamoyillarini rivojlantirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. 
Vengriyada ijtimoiy ta’minot modelining vujudga kelishi va rivojlanishiga
mamlakatda ro‘y bergan ko‘plab ijtimoiy-siyosiy inqirozlar sabab bo‘lgan.
Masalan, 1989 yilda davlat tuzumi o‘zgarganda minglab kishilar birdaniga turar
joyidan mahrum bo‘ldilar, chunki kompaniyalar ishchilar yotoqxonalarini yopib 
qo‘ydilar. Davlat shu miqdordagi boshpanasiz qolganlar muammolarini hal etishga
tayyor bo‘lmaganligi uchun, qishda yuzlab kishilar sovuqdan halok bo‘ldi.
O‘sha vaqtda ko‘chada qolgan odamlarga boshpana berish va yordam ko‘rsatish 
maqsadida bir nechta nodavlat tashkilotlar tashkil etildi. Ushbu muammo 
hammaning e’tiborida bo‘lganligi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgani
sababli Parlament mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga boshpanasizlar uchun
yotoqxonalar ochish majburiyatini yukladi. 
Lekin, ko‘pgina nodavlat tashkilotlar ana shunday yotoqxonalarni tashkil 
qilganliklari sababli mahalliy ma’muriyat ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
byudjet hisobidan moliyaviy mablag‘lar ajratdi. 
Hozirga qadar Vengriyada boshpanasizlar uchun barcha yotoqxonalarga 
amalda nohukumat tashkilotlari xizmat ko‘rsatadi, ushbu nodavlat 
tashkilotlarlarini esa mahalliy boshqaruv organlari moliyalashtiradi. Ko‘p hollarda
nodavlat tashkilotlari tomonidan qaysidir ijtimoiy xizmat turini qonunchilikka
kiritishga muvaffaq bo‘linganida, ushbu turdagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat
majburiyatiga aylanadi. Masalan, nodavlat tashkilotlar birinchi bo‘lib «sayyor 
oshxonalar» tashkil qildilar – Budapeshtning bir nechta tumanlaridagi keksa kishilar 
uchun tushlikni turar joylariga yetkazib bera boshladilar. Natijada, mahalliy
qonunchilikda “sayyor oshxonalar” davlat tomonidan moliyalashtirilishi shart
bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatiga kiritildi.
1
1997 yilda Buyuk Britaniyada davlat va NNTlarning o‘zaro ijtimoiy sherikligi
tamoyillari to‘g‘risida rasmiy hujjat qabul qilingan. Eng muhim jihatlardan biri 
4. Saidov A.X. Ijtimoiy sheriklik va davlat qarorlarini qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki 
masalalari bo‘yicha xalqaro tajriba. Toshkent – 2012. 68 B.


77 
NNTlari fuqarolarni jamiyat muammolarini hal qilishda jonbozlik va faollik
ko‘rsatishga o‘rgatadi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Shuning
uchun ham Angliya hukumati uchinchi sektorni ijtimoiy xizmatlarni amalga 
oshiruvchi sifatida asosiy qismini davlat byudjetida moliyalashtira boshladi. XX
asrning 90 yillarida Angliyada aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi maxsus 
kasalxonalar, statsionar muassasalarning ommaviy yopilishi natijasida ushbu 
masalalar bilan xususiy va nodavlat sektori shug‘illana boshladi. Ko‘p davlatlarda 
bo‘lgani kabi aholiga pullik va bepul xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. 
Britaniya modelining boshqalardan farqli jihatlari shundaki, aholini ijtimoiy
himoya qilishda davlatning ustuvor vazifasini saqlab qolishda
munitsipalitetlarning konservativ pozitsiyada bo‘lishidir. Ijtimoiy sohada xususiy
agentliklar ko‘proq o‘ringa egalik qilishga intilsalar-da, biroq, munitsipalitetlar
o‘zining yetakchi sub’ekt sifatida namoyon qiladi. Ushbu masalada nodavlat 
sektori munitsipalitetlarning eng yaqin va ishonchli hamkori sifatidan namoyon 
bo‘ladi. 
Angliyada oxirgi 40 yil ichida barcha hududlarda davlat, xususiy va
nodavlat tashkilotlar tomonidan aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib
kelinmoqda. Xizmatchilarning aksariyat ko‘pchilik qismi hududlarda ish olib
boradi. Shularda eng mashhurlari “ko‘chib yuruvchi oshxonalar” bo‘lib, u
aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning innovatsion mexanizmlaridan biridir.
Davlat nodavlat sektorini ijtimoiy xizmatlarni taklif qiluvchi tashkilot sifatida
tan oladi. Shuning uchun ham nodavlat sektori ijtimoiy xizmatlar bozorida 
boshqa davlat organlari bilan bemalol raqobat qila oladi. Davlat tomonidan
ijtimoiy buyurtmalarning berilishi NNTlarning barqaror faoliyat olib borishiga 
katta moliyaviy yordam beradi. 
Norvegiyada aholiga ijtimoiy xizmatlar yetkazishda har bir munitsipalitet
o‘zining ofislariga ega. Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan
holda, maxsus dasturlar qabul qiladi va bunga xususiy hamda nodavlat sektori 
vakillarini ham jalb qiladi. Ular 1964 yilda qabul qilingan “Ijtimoiy himoya 
to‘g‘risidagi” qonunga asosan faoliyat olib boradi. Munitsipalitetlar va boshqa


78 
davlat organlari tomonidan ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-
harakatlar (alkogol, tamaki, narkotik moddalar iste’moli) ustidan nazorat olib 
boradi. 
Norvegiyada nodavlat sektori sub’ektlari jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy
muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda yoshlar
o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini olib boradi. 
Niderlandiyada ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan birinchi qonun
1848 yilda qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra o‘ta kambag‘al, nochorlarga davlat
tomonidan ijtimoiy yordam berish qat’iy belgilangan. 
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Niderlandiyada birinchi ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha “Gaaga ta’lim ustaxonasi” 1989 yilda tashkil topgan bo‘lib,
u boshlang‘ich davrda shahar munitsipaliteti tashabbusi asosida tashkil topgan. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra, u o‘quv ishlab chiqarish markazi bo‘lib, ishsiz qolgan
yoshlarni jalb qilish, o‘qitish, malakasini oshirish bilan shug‘illangan. 
Finlyandiyada ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonun 1936 yilda qabul 
qilingan bo‘lib, qonunda ijtimoiy xizmatlarni davlat va nodavlat tashkilotlari
tomonidan ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan. 1942 yildan boshlab, Xelsinki 
shahrida ijtimoiy fanlar maktabida soha xodimlarini kasbiy tayyorlash tizimi yo‘lga 
qo‘yilgan. Yuqori malakali ijtimoiy xizmat soha mutaxassislari tomonidan bolalar 
bog‘chalari, internat, kasalxonalar va boshqa ijtimoiy muassasalarda faoliyat olib
borishi katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa, ijtimoiy xizmatlar
turlarining yangi shakllarini ishlab chiqishda nodavlat sektorining hissasi katta 
bo‘ldi va ular davlat ijtimoiy sohasining milliy modelini yaratuvchilari 
hisoblanadi. 
Fransiyada 1980 yillarda nodavlat sektorining ijtimoiy xizmatlarini qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish siyosati prezident Fransua Mitteran davrida
boshlangan edi. Natijada, 2012 yilga kelib nodavlat tashkilotlarining umumiy
soni 1,3 mln. ga yetdi. Shulardan 2000 tasi mustaqil jamg‘armalar hisoblanadi.
Ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirishda fuqarolar faolligi muhim jihatlardan
hisoblanadi. 


79 
Nodavlat sektori vakillari mamlakat aholisiga eng ko‘p fan-ta’lim, sog‘liqni
saqlash, tadbirkorlikni rivojlantiirish sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. 
Darhaqiqat, AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyada ijtimoiy xizmatlar sohasi 
alohida nodavlat tashkilotlarining individual, mustaqil faoliyati orqali, ya’ni bunda 
nomarkazlashtirilgan holda amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi. Biroq, Skandinaviya
va ba’zi Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish o‘ziga xos
tamoyillarga tayanadi. Jahon tajribasida davlat, nodavlat, xususiy sektorlarning
huquqiy, iqtisodiy funksional-tashkiliy jihatlarini amalga oshirishda ijtimoiy
sheriklik tamoyillariga asoslanmoqdalar. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



. 3.Yevropa davlatlarida ijtimoiy siyosatining xususiyatlari

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish