Ijtimoiy sheriklik haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

7.2. Ijtimoiy sheriklik haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi.
Ijtimoiy 
sheriklik tushunchasi ijtimoiy
fanlarga 
kirib 
kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu tushuncha dastavval mehnat munosabatlari 
doirasida va ularni tartibga solish maqsadida yaratildi. Kapital bilan mehnat, ish 
beruvchilar 
bilan 
yollanma 
ishchilar 
o‘rtasidagi munosabatlar asrlar 
davomida 
rivojlanib kelayotgan bo‘lsa 
ham, 
ularni 
tartibga 
soladigan 
ijtimoiy sheriklikning zarurligi va 
mumkinligini 
XIX 
asrning oxirlari - XX asr boshlariga kelibgina 
anglay boshlandi. Bu davrgacha ijtimoiy mehnat jarayonlaridagi ziddiyatlar 
goh pasayib, goh kuchayib davom 
etaverdi. 
Bu ziddiyatlar ijtimoiy munosabatlarning 
negizini 
tashkil 
etuvchi 
munosabatlar, ya’ni ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar manfaatlarining mos 
kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi. Ijtimoiy sheriklik ijtimoiy va siyosiy 
sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk ixtiro sifatida XX asrda maydonga keldi. 
Ungacha ham odamlar orasida sheriklik munosabatlari mavjud bo‘lgan. Bunday 
munosabatlar minglab yillardan buyon davom etib keladi. Sheriklikning kurtaklari 
hatto yuqori darajada rivojlangan 
hayvonlar, masalan 
bo‘rilar, 
arslonlar, 
sirtlonlar va Afrikadagi sirtlonsimon itlar galalarida ham ko‘zga tashlanadi. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun bu hayvonlarning har biri ov jarayonida o‘zlarining 
hatti –harakatini sheriklarining hatti-harakatlari bilan moslashtirib amalga
oshiradi. Bu sheriklikning kurtaklari 
1
O‘zbekistonRespublikasinig “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni. 
https://www.lex.uz/docs/2468214 


88 
va ibtidoiy ko‘rinishlari edi. 
Ijtimoiy sheriklikning XX asrgacha jamiyatda mavjud bo‘lgan sheriklikdan 
asosiy farqi shundaki, avvallari sheriklik alohida shaxslar, nari borsa, kichik 
guruhlar o‘rtasidagi sheriklikdan iborat edi. Masalan, bir jamoada mehnat 
qilayotganlar, bir kasb egalari, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar 
biror yumushni bajarishda bir-birlari bilan sheriklik qilar edi. Sheriklikning bu 
ko‘rinishi hozir ham davom etib kelmoqda. 
Ijtimoiy sheriklik sheriklikning rivojlanishidagi yangi yuksak bosqichni 
ifodalaydi. Ijtimoiy sheriklik alohida shaxslar yoki kichik guruhlar emas, katta 
ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi sheriklikni bildiradi. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hali katta ijtimoiy guruhlar vujudga kelmagan 
edi. Jamiyat kichik guruhlar (oila va ibtidoiy gala)dan tashkil topgan bo‘lib ularning 
orasida tez-tez ziddiyatlar paydo bo‘lar edi. Bu ziddiyatlar asosan hudud va 
tirikchilik manbalarini talashish oqibatida yuz berar edi. 
Jamiyatning manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan katta ijtimoiy guruhlar: qullar va 
quldorlar sinfiga bo‘linishi manfaatlar zidligini keskinlashtirib yubordi. Manfaatlar 
o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi manfaatlari poymol etilayotgan sinf-
qullarning stixiyali chiqishlari isyon va qo‘zolonlarga olib keldi. Bunday isyonlarni 
bostirish uchun quldorlar mirshablar va armiya singari tuzilmalarni tashkil qildi. 
Quldorlar mafkurasi quldorlarning oliy tabaqa ekanini asoslashga, odamlar 
o‘rtasidagi mulkiy va huquqiy tengsizlikni ilohiy kuchlar irodasi bilan ifodalashga 
harakat qilar edi. 
Feodalizmga o‘tish bilan bog‘liq yangi ijtimoiy guruhlar: feodallar va 
dehqonlar sinfining vujudga kelishi ular o‘rtasidagi ziddiyatni shaklan biroz 
yumshatdi. Zamindorlar dehqonlarga anchagina yon bosishdi: ularga oila qurish, 
hosilning muayyan ulushini olish huquqi berildi. Biroq zamindorlar mafkurasi 
feodallar, ular ichidagi tabaqalar: dvoryanlar, graf, markiz, gersog va hokazolarning 
asilzodaligi, ular oliy irq vakillari ekani ma’budlar irodasi bilan belgilanganini 
asoslashga xizmat qilar edi. Dehqonlarning to‘la tizim shakliga kelmagan 
mafkurasida esa adolatli podsho, mehribon zamindor to‘g‘risidagi orzu-umidlar 


89 
ifodalanar edi. Ayni paytda bu mafkura beshafqat xo‘jayinlarni qoralar edi. Ko‘rinib 
turganidek, quldorlar mafkurasi faqat quldorlar manfaatini, zamindorlar mafkurasi 
feodallar manfaatini ifoda va himoya qilar edi. Bu mafkuralar ezilayotgan muqobil 
sinflar: qullar va dehqonlar manfaatini mutlaqo o‘ylamas edi. 
Kapitalizm davrida ishchilar kapitalistlar bilan shaklan teng huquqlarga ega 
bo‘lishdi.Ularning huquqiy holati va maishiy turmushi dehqonlarnikiga qaraganda 
shaklan ancha yuqori edi. Lekin ular ham tirikchilik qilish uchun o‘zlarining kuch 
va qobiliyatlarini sarmoyadorlarga sotishga majbur edilar. Kapitalistik tuzumning 
dastlabki bosqichlarida ishchilar juda cheklangan miqdordagi shaxsiy mulkka ega 
edilar, ularning asosiy ko‘pchiligi qashshoq turmush kechirar edi. Bunday holat 
jamiyatdagi ijtimoiy larzalarga barham bera olmasdi. 
Ishchilar va dehqonlarning isyonlari yangi davrda ham davom etaverdi. 
Kapitalistlar mafkurasi sarmoyadorlarning manfaatini quldorlar va feodallar 
mafkurasi singari niqobsiz ifodalamas edi. Bu mafkura endi hukmron sinf 
manfaatini pardali tarzda himoya qila boshladi. Ya’ni endi kapitalistlarning boyligi 
ularning aqli zakovati, harakatchanligi, ishchanligi, topqirligi kabi sifatlari bilan 
izohlana boshlandi. Ishchilar ham aql-zakovatini ishga solsa, ishchan va topqir 
bo‘lsa bemalol boyib ketishi mumkinligi targ‘ib qilindi. 
Kapitalizmning dastlabki bosqichlarida shakllanib ulgurmagan ishchilar 
mafkurasi keyinchalik tizim holiga kela boshladi. Ana shunday tizimlardan biri 
sotsialistik revolyusiya nazariyasi edi. Bu mafkura go‘yo ishchilar manfaatini aks 
ettirsa ham, muqobil sinf –kapitalistlarni faqatgina qoralab qolmay, ularni butunlay, 
tag-tomiri bilan yo‘q qilishga chaqirar edi. 
Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mehnat 
unumdorligining o‘sishi va isyonlar kapitalistlarni biroz yon bosishga undadi. Ular 
ishchi aristokratiyasi, deb atalgan qatlamga biroz imtiyozlar berdilar. Lekin bu holat 
ham isyonlarga barham bera olmadi. Isyon va qo‘zg‘olonlar davom etaverdi. Ana 
shunday isyonlarning yuqori cho‘qqilaridan biri Oktyabr to‘ntarishi bo‘ldi. Bu 
to‘ntarish dohiylari ekspluatatsiya yo‘q qilingan yangi sotsialistik tuzum qurilgani 
to‘g‘risida bong urishsa ham aslida ekspluatatsiya tugatilmadi. Kapitalizm davrida 


90 
ishchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga kelgan qo‘shimcha qiymatni 
kapitalistlar o‘zlashtirgan bo‘lsa, endi ishchilar mehnati tufayli yaratilgan 
qo‘shimcha qiymatni markaz, davlat va uning amaldorlari o‘zlashtira boshladi. 
Sotsialistik tuzum, deb atalgan tuzum aslida kapitalistik munosabatlarning 
yangi shakli-davlat kapitalizmi bo‘lib chiqdi. Bu tuzum davrida ishchilarni 
ekspluatatsiya qilishdan tashqari, chekka o‘lkalarni xomashyo bazasiga aylantirildi 
va shu shaklda milliy ekspluatatsiya ham davom etaverdi. Ekspluatatsiyaga qarshi 
noroziliklarni bostirish uchun kuchli repressiya apparati tashkil etildi. Buning 
oqibatida nafaqat alohida shaxslar, balki butun xalqlar qatag‘onga uchradi. Ish 
beruvchi sarmoyadorlar bilan yollanma ishchilar o‘rtasida XX asr boshlarigacha tom 
ma’nodagi sheriklik mavjud bo‘lmagan. Ularning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar 
ko‘pincha zabastovkalar, stachkalarga va isyonlarga aylanib ketgan. 
XX asrgacha mavjud bo‘lgan sheriklik alohida shaxslar va kichik guruhlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan bo‘lsa, ijtimoiy sheriklik katta 
ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga sola boshladi. Masalan, ish 
beruvchi sarmoyadorlar bilan yolanma ishchilarning manfaatlari o‘rtasidagi asosiy 
ziddiyat shundan iborat ediki, sarmoyadorlar yollanma ishchilarni ko‘proq ishlatib 
kamroq haq to‘lashdan, yollanma ishchilar esa kamroq ishlab ko‘proq haq olishdan 
manfaatdor edilar. Bu ziddiyatni tahlil qilgan Marks uni hal qilishning yo‘li faqat 
bitta- sotsialistik revolyusiyani amalga oshirish, degan xulosaga kelgan edi. 
Ana shu nazariya asosida Rossiyada 1917 yil oktyabr oyida davlat to‘ntarishi 
amalga oshirildi va proletar diktaturasi o‘rnatildi. Bu hodisa go‘yo Marksning 
sotsialistik revolyusiya nazariyasi to‘g‘riligini tasdiqlayotganday tuyular edi. Aslida 
bu hol Marks nazariyasining to‘g‘riligi tufayli emas, insoniyat hali taraqqiyotning 
boshqa yo‘li- ijtimoiy sheriklik yo‘li ham mavjudligini kashf etib ulgurmagani 
tufayli vujudga kelgan edi. 
Ijtimoiy nizolarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha dastlabki urinishlarni italiyalik 
davlat arbobi va nazariѐtchi Nikkolo Makiavelli amalga oshirgan edi. U 
birinchilardan bo‘lib nizolarning faqat vayronkor emas, balki yaratuvchilik 
funksiyalari ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Bunda u nizolarga to‘g‘ri ta’sir 


91 
o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra bunday vazifani davlat bajarishi 
lozim edi. Ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimini birinchilardan bo‘lib angliyalik 
Frensis Bekon nazariy tahlil qildi. U ijtimoiy tabaqalarning fikrlarini mensimaslik, 
boshqaruv jaraѐnidagi xatoliklar, mish-mishlar va g‘iybatlarning tarqalishi 
jamiyatdagi nizolarning paydo bo‘lishiga olib kelishini dalillar bilan ko‘rsatib berdi. 
Odamlar o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuzish zarurligi g‘oyasi Tomas Gobbsning 
asarlarida baѐn qilindi. Mazkur shartnoma jamiyatning o‘zini o‘zi himoya qilishi 
hamda xususiy mulkning abadiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Uning “Leviafan”, 
“Fuqarolar haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari” asarlarida ijtimoiy 
shartnomaga erishish zarurligi asoslab berilgan. Bunday shartnoma umumiy 
kelishuv hamda xususiy mulkning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.1 
Ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimini birinchilardan bo‘lib angliyalik Frensis 
Bekon nazariy tahlil qildi. U ijtimoiy tabaqalarning fikrlarini mensimaslik, 
boshqaruv jarayonidagi xatoliklar, mish-mishlar va g‘iybatlarning tarqalishi 
jamiyatdagi nizolarning paydo bo‘lishiga olib kelishini dalillar bilan ko‘rsatib berdi. 
Odamlar o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuzish zarurligi g‘oyasi Tomas 
Gobbsning asarlarida bayon qilindi. Mazkur shartnoma jamiyatning o‘zini o‘zi 
himoya qilishi hamda xususiy mulkning abadiy bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Uning―Leviafan, ―Fuqarolar haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari‖ asarlarida 
ijtimoiy shartnomaga erishish zarurligi asoslab berilgan. Bunday shartnoma umumiy 
kelishuv hamda xususiy mulkning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yangi davrga kelib ma’rifatparvar faylasuf Jan-Jak Russoning ijtimoiy 
shartnoma to‘g‘risidagi g‘oyalari keng tarqaldi. Uning asarlarida ijtimoiy shartnoma 
odamlar o‘rtasida yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarning uyg‘unligini, o‘zaro 
kelishuv va tinchlikka intilishni qayta tiklaydi. 
Yollanma ishchi va ish beruvchi kapitalist o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
Adam Smit asarlarida ilk bor tahlil qilindi. Xo‘jalik yuritishning asosiy maqsadi 
1
.http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3531/html/85096/%E2%80%9D%D0%B3j%C2%A0%D
0%B0%C2%AE%C2%AB%D0%81%D0%84%2012%20%C2%AC%C2%A0%D1%9E%C2%
A7%D0%B3.htm 


92 
foyda olish ekanini e’tirof etar ekan, u erkin raqobat, xususiy mulk humronligi, 
savdo-sotiq erkinligi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi iqtisodiy hayotning
―tabiiy tartibi‖ degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko‘ra, yollanma ishchilar va 
kpitalistlar o‘rtasidagi o‘zaro kurash jamiyatning rivojlanib borishi manbai, raqobat 
esa insoniyat uchun farovonlik keltiruvchi hodisadir. 
Nemis faylasuflari Leybnis va Immanuil Kant fikriga ko‘ra odamlar o‘rtasidagi 
murosa va tinchlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotda shartnoma va kompromissga erishish 
asosida ta’minlanishi lozim. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot 
almashish g‘oyasi hamda turli ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash muammolarini Per 
Jozef Prudon tomonidan tadqiq qilindi. 
Fransiyalik olim Lui Ogyust Blanki kapitalistik jamiyatni tanqid qilar ekan 
tarixiy taraqqiyotni ma’rifatning tarqalishi va shu asosda madaniy-ijtimoiy 
munosabatlarning shakllanishi sifatida talqin qildi. Ijtimoiy sheriklikning nazariy 
konseptual asoslari ijtimoiy harakat nazariyasi, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy 
kelishuv, ijtimoiy jipslik to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida shakllandi. 
M.Veber fikriga ko‘ra an’anaviy harakat tahlil qilish hamda oqilona tanqid 
qilish mumkin bo‘lmagan madaniy an’analarda mustahkamlangan xulq-atvor 
namunasidir. Harakatning mazkur tipi ahamiyati odamlarning kundalik xulq-atvori 
ko‘pincha ana shu tarzda yuz berishi bilan belgilanadi. Bunday harakatlarda hal 
qiluvchi rolni urf-odatlar, turli darajada anglangan odatlarga sadoqat o‘ynaydi. 
Ijtimoiy harakat nazariyasi amerikalik sotsiolog Parsons tomonidan tadqiq 
etildi. U sub’ektlarning o‘zaro ta’siri mexanizmlarini tadqiq qildi. Bunda u 
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan me’yorlar, xulq-atvor andozalari faoliyatning 
ichki motivlariga aylanishi jarayoniga alohida ahamiyat berdi. Muvozanat, 
konsensus, ijtimoiy tizimning me’yoriy holatidagi eng muhim belgilar ekaniga 
e’tibor qaratar ekan T.Parsons ana shu holatni nazorat qilish va tartibga solish 
jarayonlariga katta e’tibor berdi. Uning fikricha, aynan ana shu jaryonlar jamiyatni 
ko‘ngilsiz nizolardan himoya qiladi. Uning tadqiqotlarida konsensus muammosi 
o‘zaro kelishilgan harakat yo‘llarini izlash bilan bevosita bog‘liq tarzda tadqiq 


93 
etiladi. Bunday o‘zaro ta’sir sheriklarning o‘zaro ekspektatsiyalariga, ya’ni bir-
birlaridan kutayotgan harakatlar va natijalarga asoslanadi. 
Ijtimoiy sheriklikning nazariy va tashkiliy asoslaridan biri bo‘lgan konsensusni 
nemis sotsiologi Yu.Xabermas demokratiyaning muqobili sifatida talqin qiladi. 
Uning talqinida demokratik usul jamoa va jamiyatni ikkiga: ko‘pchilik va ozchilikka 
bo‘lib qo‘yadi. Konsensus esa bo‘lingan jamoa va jamiyatni birlashtiradi. Bunga u 
hal qilinayogan muammoga nisbatan ko‘pchilikning fikrini aniqlash yo‘li bilan 
emas, barcha tomonlar qarshi bo‘lmagan yechimni topish yo‘li bilan erishadi. 
Konsensusga erishish uchun manfaatlari va yondashuvlari bir-biriga unchalik mos 
kelmayotgan tomonlar hech bir tomon qarshi bo‘lmagan yechimni topishga harakat 
qilishlari va topishlari kerak.
1
Konsensus mohiyatan kelishuvni bildiradi. Lekin uning XX asrgacha mavjud 
bo‘lgan kelishuvlardan farqi shundaki, u kelishuvga erishishning yangi samarali 
amaliyotini yaratdi. Unga ko‘ra manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan tomonlar 
o‘zaro munosabat va muzokaraga kirishar ekan, ular avvalo bir-birlariga yon 
bosishlari kerak. Qolaversa, ular barchani qoniqtiradigan, hech bo‘lmaganda hech 
qaysi tomonda qarshilik uyg‘otmaydigan yechimni topishga harakat qilishlari va 
topishlari lozim. Bunday yechimning topilishi konsensusga erishganlikni bildiradi. 
Ijtimoiy sheriklik tarixi va tadrijini qisqacha ko‘rib o‘tish shundan guvohlik 
beradiki, ungacha mavjud bo‘lgan barcha nazariya va mafkuralar faqat u yoki bu 
sinf, ijtimoiy guruh manfaatlarini ifodalagan. Ijtimoiy sheriklik nazariyasi 
munosabatga 
kirishuvchi 
barcha 
ijtimoiy 
guruhlar 
manfaatini 
uyg‘unlashtirilgandagina jamiyatda totuvlik va ijtimoiy barqarorlik vujudga kelishi 
mumkinligini asoslaydi. Shuning uchun bu nazariya u yoki bu sinf nazariyasi emas, 
o‘zaro munosabatlarga kirishayotgan barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini 
uyg‘unlashtirish orqali ifodalaydigan nazariya hisoblanadi. Ijtimoiy guruhlar 
manfaatlarini 
uyg‘unlashtirish 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish 
va 
rivojlantirishning muhim sharti va asosi hisoblanadi. 
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/konsensus-uz/ 


94 

Download 2,13 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ijtimoiy sheriklik haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish