• Nazorat uchun savollar
  • 10-mavzu: DEMOGRAFIK SIYoSAT.
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Tayanch so‘z va iboralar: 
    sug‘urta, sug‘urta munosabatlari, sug‘urtaning xususiyatlari, sug‘urtaning 
    funksiyalari, sug‘urta bozori, sug‘urta munosabatlari, majburiy sug‘urta, ixtiyoriy 
    sug‘urta,
    sug‘urta hodisasi,
    sug‘urta turlari, sug‘urta tartibi, 
    sug‘urta
    shartlari, 
    sug‘urta
    ob’ektlari.
    Nazorat uchun savollar : 
    1. Sug‘urtaning mohiyati nimadan iborat? 
    2. Qanday munosabatlar sug‘urta munosabatlari deyiladi? 
    3. Sug‘urtaning xususiyatlarini qanday belgilar ochib beradi? 


    117 
    4. Sug‘urta qanday funksiyalarni bajaradi? 
    5. Sug‘urta bozori haqida tushuncha bering. 
    6.Yurtimizda sug‘urta munosabatlarini paydo bo‘lishining o‘ziga xos 
    tomonlari nimalardan iborat? 
    7.Fuqarolarning uy-joylari majburiy sug‘urtasi qachondan amalga kiritilgan? 
    8. So‘nggi yillarda mamlakatimiz sug‘urta tizimida qanday islohotlar olib 
    borilmoqda 
    9.O‘zbekiston Respublikasining sug‘urtaga doir qonunchiligiga binoan 
    sug‘urta qanday sohalarga bo‘linadi? 
    10-mavzu: DEMOGRAFIK SIYoSAT. 
    Reja: 
    10.1.Demografiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
    10.2.Demografik siyosatning xususiyatlari. 
    10.3.Axoli migratsiyasi. 
    10.1.Demografiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
    Demografiya (yun. demos — xalq va… grafiya) — har yili turli sabablarga 
    ko‘ra vafot etgan aholi o‘rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to‘ldirib 
    borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda o‘rganadigan fan.
    Demografiyaning paydo bo‘lishi asosan XVII-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. 
    Graunt (1620 — 1674) tadqiqotlari bilan bog‘likdir. Demografiya terminini 1855 y. 
    da fransuz olimi A. Giyar qo‘llagan. 1882 y. Xalqaro gigiena va demografiya 
    kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. XIX-asrning oxiri XX-
    asrning boshlarida keng tarqaldi. O‘zbekistonda, asosan 1960 y. lardan qo‘llanila 
    boshladi. 
    Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va 
    millatning takror barpo bo‘lishi jarayoni va omillarini o‘rganish, muammolarni 


    118 
    belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini ko‘rsatib berishdan iborat. 
    Demografiyaning vazifalari: 
    - demografik jarayonlar (tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish, oilaning demografik 
    xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oilaviy tarkibi, demografik mayl) va ularning 
    omillarini o‘rganish; 
    - demografik bashorat (ma’lum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va 
    demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni 
    ishlab chiqish; 
    -demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi bo‘lib, uning asosiy 
    maqsadi aholining mikdoriy o‘sishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab 
    chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil 
    etmog‘i lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi. 
    Demografik tadqiqot usuli — statistik, tarixiy taqqoslash, xaritagrafik, 
    sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi 
    statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida 
    aholi tarkibida kelgusida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlari ham 
    o‘rganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir. 
    Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga bo‘ysunishi tufayli, demografik 
    jarayonlar ham muayyan ishlab chiqarish usuli va ishlab chiqarish munosabatiga 
    bog‘liq bo‘ladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, turli 
    omillar zaminida ko‘payadi. Bu jihatdan Demografiya iqtisod, sotsiologiya, 
    geografiya, tibbiyot, tarix fanlari tahlil mavzuiga yaqin bo‘lib, ularning yutuqlaridan 
    foydalanadi, ayni vaqtda, ularga muhim ma’lumotlar beradi. 
    Demografik jarayonlarni o‘rganishda juda ko‘p ma’lumotlardan foydalaniladi. 
    Ko‘pchilik davlatlarda demografik ma’lumotlar statistika tashkilotlari tomonidan 
    to‘plab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib o‘z 
    ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali ma’lumotlar, ilmiy 
    manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida 
    demografik ma’lumotlarni to‘plash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida 
    o‘tkaziladi. 


    119 
    Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko‘payishi va 
    rivojlanishi qonuniyatlarini alohida-alohida o‘rganadi, chunki har bir ijtimoiy 
    iqtisodiy formatsiyaga xos aholi o‘sish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita 
    ta’sir ko‘rsatadi. XX-asrning 2-yarmiga qadar O‘zbekistonda aholining ijtimoiy-
    iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi o‘rtasida o‘lim yuqori 
    bo‘lgan. Garchi tug‘ilish yuqori bo‘lsa ham aholi juda sekin ko‘paygan. XX-asrning 
    2-yarmidan O‘zbekistonda aholi o‘rtasida o‘lim bir oz kamayib, aholining o‘rtacha 
    umr ko‘rishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat o‘sishi ro‘y berdi. Shu 
    davrda O‘zbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga e’tibor berildi. Demografik 
    tadqiqotlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Aholishunoslik ilmiy tadqiqot 
    laboratoriyasi, demografiya, ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya 
    kafedralari, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Mehnat, aholi bandligi va 
    ijtimoiy muhofazani o‘rganish Respublika ilmiy markazi, O‘zR Fanlar 
    akademiyasining iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston Respublikasi «Ijtimoiy fikr» 
    jamoatchilik markazida olib boriladi. 
    1993 y. dan O‘zbekistonda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) 
    o‘z faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozog‘iston va 
    Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamg‘arma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar 
    salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy 
    tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sog‘lom oilani shakllantirish maqsadida keng 
    qamrovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar o‘tkazadi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish