• Nazorat uchun savollar
  • 9.1.Ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, moxiyati va shakllari.
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Tayanch so‘z va iboralar: 
    strotegiya, harakatlar strotegiyasi, taktika, davlat strotegiyasining nazariy 
    asoslari, davlat strotegiyasi, strotegik maqsadlar, tizimli boshqaruv, milliy 
    taraqqiyotning yangi bosqichi, modernizatsiyalash, ijtimoiy himoya. 
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Strotegiya tushunchasini sharxlab bering? 
    2.Davlat strotegiyasining tizimli boshqaruv omillariga nimalar kiradi? 
    3.O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari 
    nimalarda namoyon bo‘ladi? 
    4.Strotegiya tushunchasining nazariy asoslarini izohlab bering? 
     
    9-mavzu: IJTIMOIY SUG‘URTA: HUQUQ, MOLIYa, VA 
    IQTISODIYoT. 
    Reja: 
    9.1. Ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, moxiyati va shakllari. 
    9.2. Ijtimoiy sug‘urtaning modellari va turlari. 
    9.3. Ijtimoiy sug‘urta tizimini islox qilishning asosiy yo‘nalishlari. 
    9.1.Ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, moxiyati va shakllari. 
    Sug‘urta tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yog‘in va b.), har xil baxtsiz 
    hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari 
    to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan 
    bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sug‘urta ko‘p asrlik tarixga ega. Xavf-xatarni 
    odamlar o‘rtasida taqsimlash g‘oyasi insoniyat paydo bo‘lganidan beri bor. Bu xoh 
    bug‘ularni guruh bo‘lib ovlash bo‘lsin, xoh yuklarni bir necha karvonga taqsimlab 
    yuborish bo‘lsin, buning hammasi sug‘urtaning ilk ko‘rinishlari hisoblanadi. 


    109 
    Ilk yozma sug‘urta polisi qadimgi Bobilda podshoh Xamurappi tomonidan 
    biltilgan bo‘lib, "Xammurappi kodeksi" nomi bilan atalgan. Bu qonunlar o‘sha davr 
    uchun juda muhim hisoblanib, hozirgi davr sug‘urtasining asosini tashkil etadi. 
    Uning qonunlariga ko‘ra, sug‘urtalangan shaxs favqulotda holatlardan, o‘lim, suv 
    toshqini va boshqa tabiiy ofatlardan zarar ko‘rsa, u o‘z yonidan zararni 
    qoplamagan.1 
    O‘rta asrlarda hunarmandlar gildiyaga birlashib ishlaganlar. Katta ustalarning 
    qo‘lida yosh tajribasiz bolalar tekinga yoki arzimagan chaqaga mehnat qilishgan. 
    Vaqti kelib ular ham katta bo‘lishganida gildiyaga qarzlarini to‘lab usta darajasini 
    olishgan. Gildiyalar keladigan mablag‘larni hozirgi sug‘urtalarning ishini bajarishga 
    sarflaganlar. O‘rta asr Yevropasida ko‘p narsa yog‘ochdan yasalganini hisobga 
    olsak, ustaning mehnati yong‘inga uchrasa gildiya o‘z mablag‘idan ustaning ko‘rgan 
    zararini qoplab bergan. Agarda ustani o‘g‘ri ursa u yana qayta foydaga chiqib 
    olguncha gildiya ustani mablag‘ bilan ta’minlab turgan. Usta o‘lsa yoki nogiron 
    bo‘lib qolsa gildiya uning oilasiga ham moliyaviy ko‘mak berib turgan. 
    Sug‘urta muassasalari dastlab o‘rta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan 
    savdodagi xavfxatarlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi. Keyinchalik boshqa 
    sohalarga ham yoyildi. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sug‘urta 
    fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita bo‘lgan. 
    1666 yilda Londonda katta yong‘in bo‘lib, 14 ming atrofida binoni vayron 
    qildi. Buning natijasida London vayronaga aylandi, omon qolganlarning uylari 
    yonib kul bo‘ldi. Londonni yonib ketishidan keyin boshlangan xaos va g‘azabga 
    javoban, dengiz sug‘urtasi bilan shug‘ullanadigan sug‘urta kompaniyalari 
    yong‘indan sug‘urta qilishni taklif etgan sug‘urta kompaniyalarini tashkil qildi. 
    Paskalning uchburchagi bilan qurollangan ushbu kompaniyalar tez orada o‘z 
    biznesini kengaytirdi. 1693 yilga kelib, birinchi o‘lim jadvali Paskalning 
    uchburchagi yordamida yaratilgan va tez orada hayotni sug‘urtalash boshlangan 
    rejani amalga oshirdi. 
    1
     https://tiyin.uz/news/sugurta-tarihi.html 


    110 
    Sug‘urta kompaniyalari Yevropada, ayniqsa sanoat inqilobidan so‘ng 
    rivojlandi. Amerikada hikoya juda boshqacha edi. Kolonistlarning hayoti hech 
    qanday sug‘urta kompaniyalari tomonidan kafillikka olinmagan edi. Oziq-ovqat 
    yetishmasligi, mahalliy aholi va kasalliklar bilan bog‘liq urushlar natijasida har to‘rt 
    kolonistning deyarli uchtasi 40 yoshiga yetmasdan halok bo‘ldi. Amerikaga 
    sug‘urtaning kirib kelishi uchun 100 yildan ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Nihoyat, u o‘sha 
    davrda Yevropada ishlab chiqilgan amaliyot va tajriba asosida tadbiq etildi.1 
    Ijtimoiy sug‘urta – davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va 
    kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqasizlarni ta’minlash, yordam ko‘rsatish 
    tizimi. Ijtimoiy sug‘urta kutilmagan ijtimoiy hodisalar turlari (kasallik, ishlab 
    chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nogronlik, keksalik, homiladorlik, o‘lim hollari), 
    hududiy doirasi (davlat sug‘urtasi, mahalliy darajadagi, kasb-tarmoq, xalqaro) 
    bo‘yicha turkumlanadi, ko‘ngilli va majburiy turlarga bo‘linadi. Davlat sug‘urta 
    jamg‘armasi, shuningdek, jamoa va xususiy jamg‘armalari hisobidan amalga 
    oshiriladi 
    Sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sug‘urta 
    turlari bo‘yicha xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslarga, ularning roziligi bilan 
    ko‘rsatiladi. Ixtiyoriy sug‘urta turlariga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki 
    sug‘urtasi, transport vositalari . sug‘urtasi, hayot sug‘urtasi, moliyaviy va 
    tadbirkorlik risklari sug‘urtasini misol tariqasida keltirish mumkin. Ixtiyoriy 
    sug‘urta turlari sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning o‘zaro roziligi 
    va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi, Sug‘urta javobgarligi hajmi 
    (sug‘urta narxi), sug‘urta badali (mukofoti) mikdori, sug‘urta hodisasi yuz berganda 
    to‘lanadigan sug‘urta puli ( sug‘urta qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma 
    shartlari sug‘urta qiluvchi bilan sug‘urta qilinuvchi tomonlar o‘rtasida kelishiladi. 
    Ixtiyoriy sug‘urtadan farqli ravishda majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlariga 
    asosan o‘tkaziladi va bunda ko‘rsatilgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning 
    manfaati ularning irodasidan qat’i nazar, majburiy sug‘urta qilinadi. Masalan, 
    transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi majburiy shaklda 
    1 https://tiyin.uz/news/sugurta-tarihi.html 


    111 
    amalga oshiriladi. Bundan tashqari, umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, 
    avtomobil transportidagi yo‘lovchilar ham majburiy sug‘urta qilinadi. 
    Shu yerda alohida ta’kidlash zarurki, majburiy sug‘urta turlari bilan bir qatorda 
    majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi, 
    Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat 
    bojxona qo‘mitasi harbiy xizmatchilari baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilinadilar. 
    Shuningdek, Davlat soliq organlari xodimlari ham majburiy davlat sug‘urtasiga 
    olinadi. Majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta xizmat haqlari – sug‘urta 
    mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
    Bunday himoyaning asosiy maqsadi sug‘urta hodisalari sifatida talqin 
    qilinadigan ba’zi salbiy hodisalar oqibatlarini minimallashtirishdir. 
    Shuni ta’kidlash joizki, mulkiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq bir taraf 
    (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga 
    shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa 
    tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan 
    bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka 
    yetkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan 
    bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash 
    (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish