Tayanch so‘z va iboralar:
ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy hamkorlik, sektorlararo ijtimoiy hamkorlik,
ijtimoiy sheriklikning asosiy tamoyillari, ijtimoiy guruxlar, ibtidoiy jamoa, feodal
munosabatlar, kapitalizm, sotsializm, ijtimoiy nizolar, ijtimoiy shartnoma,
konsensus.
Nazorat uchun savollar:
1.”Ijtimoiy sheriklik” tushunchasining moxiyati nimada?
2. Ijtimoiy sheriklik tamoyillari nimalarda ifodalanadi?
3. Ijtimoiy sheriklikning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini izoxlab bering?
1
https://nrm.uz/contentf?doc=316361_&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
101
4. Ijtimoiy sheriklik haqidagi g‘oyalar evolyusiyasini taxlil qilib bering?
5.O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik modelining rivojlanish xususiyatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi?
8-mavzu:O‘ZBEKISTON IJTIMOIY SIYoSATINING
STRATEGIYaSI VA USTIVOR YO‘NALIShLARI
Reja:
8.1.Strotegiya tushunchasi va uning nazariy asoslari.
8.2.Davlat strotegiyasining tizimli boshqaruv omillari.
8.3.O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi.
8.
1.Strategiya tushunchasi va uning nazariy asoslari.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir
xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish
salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun
O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi,
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan
ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va
yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.
Strategiya — bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni
ta’minlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo
miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa
sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga
qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi.
Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq, lekin alohida
xususiyat kasb etuvchi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi.
102
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat,
strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta
mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va
amalga
oshirish
uchun
qabul
qilinganbo‘lsa, uning joriy qilinishi
strategiyalashtirilayotgan ob’ektning mayog‘iga aylanadi. Taktika esa strategik
vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va
ularning yechimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va
taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya
qilinishidir.
Ko‘rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-
umidlari yo‘g‘rilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi.
Mafkuradan nusxa olib bo‘lmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham
boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan o‘zlashtirib yoxud nusxa olib
bo‘lmaydi. Zero, har bir xalqning o‘ziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy,
madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud bo‘ladi. Aynan shu omillar ma’lum ijtimoiy
sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Strategiyani amalga oshirish eng mas’uliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni
to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning muvaffaqiyati
ta’minlanadi. Mabodo teskari bo‘lsa, unda turg‘unlik yuzaga keladi. Bunga sabab,
noto‘g‘ri tahliliy ma’lumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona
foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik
rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili bo‘lib hisoblanadi.Uhodisalarning qayta
aloqalanishini ta’minlash jarayonida strukturaviy bo‘g‘inlardagi bog‘lanish
imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda
strategik rejalarni o‘zgartiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysundirilishi
muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat
qiladi. Jumladan, rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi
ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, improvizatsiya
qilmog‘i, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ
103
yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni
o‘zgartirish ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rib
chiqish imkoniyatini berishi zarur.
Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi hamda turli darajadagi qarorlarning
mustahkam bog‘liqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning
strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional
bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga
oshirish imkoniyatlarini tug‘diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani
amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past
sur’atlariga, shaxsiy mas’uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini
oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor
yondashuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik
yo‘nalishlarni belgilashning mavhum va noma’lum jihatlarini oydinlashtirish orqali
tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qo‘ygan davlatlarning aksariyati milliy strategik
muvaffaqiyatlarni YaIMning o‘sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining
yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin o‘tmishda davlatning birlamchi vazifalari
hosildorlikni oshirish, oltin-neftni ko‘paytirish, armiyani mustahkamlash bilan
izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun O‘zbekistonda
milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning
g‘oyaviy e’tiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror
ijtimoiy institutlarning mavjudligini ta’minlash asnosida amalga oshirish ko‘zda
tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli
qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi
bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish
bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari
tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga
104
bo‘lgan munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda
yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va
badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh
maqsadi
sifatida
strategik
yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo,
rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda.
1
|