O‘zbekistondat ijtimoiy sheriklik modelining rivojlanish




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

7.3.O‘zbekistondat ijtimoiy sheriklik modelining rivojlanish 
xususiyatlari. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi inqilobiy yo‘l emas, ijtimoiy sheriklik 
mamlakatlarni farovon hayotga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Biz ana shu 
sheriklik yo‘lini tanladik. Lekin bu G‘arb mamlakatlari tajribasini mexanik tarzda 
O‘zbekistonga ko‘chirishni anglatmaydi. 
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab birinchi Prezident 
Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga 
tashlandi. Birinchi Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Konsepsiyasi”da ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati 
to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan shunday
deyilgan edi: “Fuqarolik jamiyati 
institutlarining 
yanada 
rivojlanishiga 
erishish, 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning 
rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz 
aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda 
nodavlat 
notijorat 
tashkilotlarining 
davlat 
tuzilmalari 
bilan 
o‘zaro 
munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi 
lozim”. 
1
 
Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarimizning 
ochiq-oshkoraligi 
va 
samaradorligini 
ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi 
Qonunning
2
qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, 
mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini 
1
https://lex.uz/acts/1725514 
2
https://www.lex.uz/docs/2468214 


95 
himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro 
munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi 
 
Qonuni Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan Senat 
tomonidan 2014 yil 28 avgustda ma’qullangan va prezident tomonidan 2014 yil 25 
sentyabrda imzolangan. Ushbu qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, maqsadi ijtimoiy 
sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. 
Qonunga muvofiq, ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, 
shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda 
amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. 
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridir. 
Qonunda Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari belgilab berildi. 
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin: 
- aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy 
faolligini oshirish; 
- aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 
fermerlikni rivojlantirish; 
- atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush 
tarzini qaror toptirish; 
- har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga 
bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish; 
- onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, 
ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli 
ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish; 
- fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish; 


96 
- aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini 
mustahkamlash; 
- millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini 
mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy 
qadriyatlarni tiklash va saqlash; 
- iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish. 
Qonunning 6-moddasida Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagicha 
belgilangan

- nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda 
amalga oshirishda ishtirok etishi; 
- nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga 
oshirishda ishtirok etishi; 
- nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari 
vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va 
jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi; 

ijtimoiy 
sheriklik 
sub’ektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, 
maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish; 
- ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar 
va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) 
tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 
- ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot 
almashish
1

Qonunning 9-moddasiga asosan ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan 
birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish tartibi belgilab 
qo‘yilgan. Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari birgalikda: 
1
https://www.lex.uz/docs/2468214 


97 
-
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchi 
muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va boshqa 
shakllarda birgalikda tadbirlar; 
-
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda 
rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil 
etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi mumkin. 
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik 
muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida 
davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat 
organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari quyidagilardan 
iborat: 
-
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 
-
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun 
hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish; 
-
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy 
ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish. 
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma 
asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga 
berilishi mumkin. 
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi: 


98 
-
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-
sharoitlar yaratish; 
-
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir 
uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish; 
-
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv 
kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-
amaliy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish; 
3-bob ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga 
bag‘ishlangan. Unda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning turlari ko‘rsatilib, 
ular orasida nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash masalalari aks ettirilgan. Masalan, 13-moddada ijtimoiy sheriklik 
sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki 
tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkinligi 
belgilangan. Bu esa davlat tomonidan nodavlat sektorga beriladigan salmoqli va 
muhim mulkiy ko‘makdir. Ayniqsa, doimiy ish joyiga (bino, ofis) ega bo‘lmay, 
sarson bo‘lib yurgan nodavlat notijorat tashkilotlar uchun bu ko‘makning ahamiyati 
beqiyos. 
Bundan tashqari, qonunning ushbu bobida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat 
notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-
quvvatlash jamoat fondi va ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament 
komissiyasiga o‘xshash tuzilmalarni joylarda ham tuzish nazarda tutilmoqda. 
Xususan, qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston 
Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 
huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini hamda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha 
jamoat komissiyalarini tuzish, shuningdek, ularning vazifalari belgilangan. 


99 
Ta’kidlash lozimki, qonunning mazkur bobida davlat subsidiyasi, davlat granti, 
davlat ijtimoiy buyurtmasi va ularni berish tartibi mustahkamlandi. 
Ushbu masalada yana bir yangilik shuki, endilikda davlat granti va davlat 
ijtimoiy buyurtmasi nafaqat Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan, balki 
joylarda tashkil etiladigan jamoat fondlari orqali ham berilishi belgilandi. Bu esa 
uzoq tumanlarda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat iqtisodiy 
ko‘magini olish uchun markazga kelib-ketish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari va 
vaqtlarini tejash imkonini beradi. 
Qolaversa, grant tanlovlarining joylarda tashkil qilinishi mahalliy davlat 
organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga qiziqishini 
orttiradi. Ularning fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ko‘tarilayotgan turli xil 
muammolardan xabardor bo‘lib borishiga va muammolarni birgalikda hal etish 
choralarini ko‘rishiga yordam beradi. 
Qonunning 4-bobida ijtimoiy sheriklik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari 
sanab o‘tilgan. E’tiborlisi shundaki, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik 
jamiyati boshqa institutlarining huquqlari davlat organlarinikiga nisbatan qariyb ikki 
baravar ko‘p, majburiyatlari esa ikki baravar kam qilib belgilangan. 
Masalan, 23-moddada nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlariga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari bo‘yicha 
tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga takliflar kiritish huquqi berilgan 
bo‘lsa, 26-moddada bunday tashabbus va takliflarni ko‘rib chiqish davlat 
organlarining majburiyati sifatida belgilangan. 
Qonunning oxirgi 5-bobida yakunlovchi qoidalar berilgan. Ushbu bob asosan 
qonunchilik texnikasi va amaliyotidan kelib chiqib kiritilgan bo‘lib, nizolarni hal 
etish, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, 
qonun hujjatlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirish hamda qonunning kuchga 
kirishi masalalarini tartibga soladi. 
Albatta, ushbu qonun mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rolini 
kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini 


100 
oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari 
manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishiga xizmat qilishi shubhasizdir. 
Shuni unutmaslik kerakki, Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi 
Qonunin”da ijtimoiy sheriklik sub’ektlari davlat organlarining nodavlat notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari deb ko‘rsatilishi 
mamlakatimizda mehnat munosabatlarida ham ijtimoiy sheriklik mavjudligini inkor 
qilmaydi. Mehnat munosabatlari sohasidagi ijtimoiy sheriklik masalalarini 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi” va o‘ttizdan ortiq qonunlari va 
boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlari tartibga soladi. Bu haqda “Mehnat
Kodeksi”ning 1-moddasida shunday deyiladi:“O‘zbekiston Respublikasida 
mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa 
kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar 
bilan tartibga solinadi.”
1
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari mamlakatimizda dunyonig 
ko‘p mamlakatlarida bo‘lgani singari bipartizm (ikki tomonlama) shaklida, masalan, 
jamoa shartnomalari hamda tripartizm (uch tomonlama) masalan, ish beruvchilar, 
yollanma ishchi va xizmatchilar hamda davlat hokimiyati organlari yoki ularning 
vakillari ishtirokida olib borilmoqda. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistondat ijtimoiy sheriklik modelining rivojlanish

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish