6.4.Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy siyosatining
xususiyatlari.
Iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni innovatsion yo‘lga qo‘yish ma’lum bir
tajriba va modellardan foydalanishni taqozo etadi. Albatta, ushbu modellardan
ko‘r-ko‘rona foydalanish maqsadga muvofiq emas. Rivojlanish modellarini tahlil
qilganda ularda qo‘llanilgan usullarni o‘rganish va qo‘llash yo‘llarini izlash
zarur.Bu borada janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarining tajribasi katta axamiyatga
ega.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, Singapur,
Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, jami 11 davlat. Ularning ajralib turadigan asosiy
jihati shundaki, bozor mexanizmi ruli “qattiq siyosiy qo‘llar”da, ya’ni davlatning
qo‘lida. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yurtboshimiz Shavkat
Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlar negizida
ham davlatning bosh islohotchilik siyosati yotibdi. Tahlilimizni Malayziya
davlatidan boshlaymiz. 1981-2003 yillarda Malayziyaning bosh vaziri lavozimida
ishlagan Maxatxir Muhammad qoloq agrar iqtisodiyotli mamlakatni “Osiyo
yo‘lbarslari” darajasiga yetkazgan kuchli arbob edi. U g‘arbiy qadriyatlarga zid
o‘laroq, “osiyocha qadriyatlar”ning tashviqotchisi, xalqaro qo‘shilmaslik harakatini
rahbari bo‘ldi.
80
Lider bu ishga jon-jahdi bilan berilishi, milliy taraqqiyot yo‘lini hayotga tatbiq
etishga shaxsan rahbarlik qilishi, boshqaruvda, siyosatda, moliya va savdo
sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Sobiq bosh vazir Xitoy tajribasini
yaxshi tahlil qiladi. “Mao ajoyib harbiy qo‘mondon edi, biroq mamlakatni
boshqarish urush olib borishdan farq qiladi. U olg‘a surgan kommunistik mafkura
taraqqiyotga yo‘naltirilgan emas edi. Natija shu bo‘ldiki, Xitoy rivojlanishda ortda
qola boshladi. Maoning vorisi Den Syaopin butunlay boshqa odam edi. U Xitoyni
rivojlantirishga intilar, “hamonki mushuk sichqonlarni ovlar ekan, uning qora yoki
oqligi muhim emas” deb hisoblar edi.
Bizga ma’lumki, “Osiyo fenomeni”, jumladan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy
hayotida ham diniy e’tiqod, milliy urf-odatlar va an’analar yetakchilik qiladi.
Xorijlik ekspertlarning ta’kidicha, “davlat – jamiyat – inson” konstruksiyasida
“osiyocha konsepsiya” G‘arb mamlakatlari tushunchasiga unchalik mos tushmaydi.
Masalan, osiyoliklar “inson huquqlari, bu – jamoaviylik” deb biladi va jamiyat
manfaatlari himoyasini ustun qo‘yadi. Jamoaviylik jadal iqtisodiy rivojlanishga
erishish, jinoyatchilik va ishsizlikni past darajada ushlab turish imkonini beradi.
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining muvaffaqiyati tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik
tajribasi, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolganligi bilan belgilanadi.
Qizig‘i shundaki, Osiyo davlatlari islohotlari ilk bosqichlarida iqtisodiy-ijtimoiy
dasturlarni amalga oshirishda avtoritar boshqaruv kuchlilik qiladi.
Xo‘sh, “Osiyo qadriyatlari” nimalardan iborat? Uning G‘arb qadriyatlaridan
farqi nimada? Uzoq yillik tahlilimizga ko‘ra, quyidagi omillar ustunlik qiladi:
jamiyat va davlat huquqlari inson huquqidan ustuvorlik qiladi, oila mustahkam
bo‘lishini xohlashadi, hukumat jamiyatga axloqiy qoidalarni joriy etishga imkon
beradi, barcha sohada erkinlik tantana qilishi “g‘oya”si yoqmaydi, ota-onalar
farzandlariga qattiqqo‘l bo‘lishadi, kapitalizmning talabi, shart-sharoitiga tez
moslashadi, hukumatdan ijtimoiy yordamni kutmaydi, ta’limni yuksak qadrlaydi.
Jumladan, O‘zbekistonda ham oila, jamiyat manfaatlari birinchi o‘rinda turadi..
Umuman olganda, 1990 yillardan boshlab jahon miqyosida iqtisodiy sakrashni
amalga oshirib, G‘arb mamlakatlarini lol qoldirgan rivojlanish ildizida, albatta,
81
davlatning bosh islohotchilik g‘oyasi yotadi, deyish mumkin. Yaponiya, Janubiy
Koreya, Malayziya, Singapur taraqqiyot modeli samaradorligi sabablari:
birinchidan, davlat iqtisodiyot sohalariga doimo rahnamolik qilishi; ikkinchidan,
ustuvor tarmoqlarga yuksak texnika, texnologiyalarni qo‘llash uchun imtiyozli
kredit, soliq preferensiyalari berilishi; uchinchidan, mintaqadagi hukumatlar
importga to‘siq qo‘yilib, proteksionizmni qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
1
Ha, ochig‘i
Yevropa va Osiyo davlatlar ining rivojlanish yo‘llarida ozgina farq mavjud: G‘arbda
makro-daraja (moliya, pul tizimi, tashqi savdo), Sharq davlatlarida mikro-daraja
(narxlar va korxonalarni isloh qilish, nodavlat sektorini qo‘llash, kichik biznesni
rivojlantirish) mexanizmiga ko‘proq tayanishadi.
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiy yutuqlari tag-zaminida milliy ruhiyat
va ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilishi yotadi. Masalan, Malayziya hukumati
qoshidagi Milliy komitetga yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning halokatli ta’siridan
himoya etish chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatilgan. “Yapon ruhiyati va g‘arb
texnologiyasi” shiori tarixda o‘zini oqlab, yaponlarni peshqadam davlatlar qatoriga
qo‘shdi. Singapurda pora olishdan bosh tortgan chinovniklarga mukofotlar
tarqatiladi. Yaponiyada davlat sektori xodimlarining vijdonliligi baholab borilishi
mexanizmi ham o‘rganishga loyiq hodisa.
Singapurning iqtisodiy mo‘jizasi – bu, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni
muvaffa qiyatli uyg‘unlashtirishning natijasidir.Har qanday mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar vaqti-vaqti bilan sifat va miqyos jihatdan o‘zgarib turadi.
Buning sababi islohotlar har bir bosqichining o‘ziga yarasha maqsad va
vazifalari mavjuddir.
Singapur mustaqillikka erishgan davrdanoq Uy-joy kommunal xo‘jaligi
boshqarmasi (UKXB) tashkil etildi. UKXB o‘z faoliyati davomida millionga
yaqin kvartiralarni qurib bitkazdi. Bu jarayonda juda sodda va samarali moliyaviy
sxemadan foydalanildi. Shuningdek, Singapurda Jamg‘armalarning markaziy
1
Omonov B. Davlat–jamiyat–inson: Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining ajralib turadigan
jihatlari nimada?//https://uza.uz/uz/posts/davlat-zhamiyat-inson-zhanubi-shar-iy-osiye-
mamlakatlarining-03-05-2020
82
fondi (JMF) tashkil etilib, unga har bir singapurlik har oyda o‘z maoshining
20 foizini o‘tkazishga majbur, uning ish beruvchisi ham shunday miqdorda
mablag‘ o‘tkazadi. JMFdagi mablag‘lar soliqqa tortilmaydi. Investitsi-on
banklarda esa ularga foizlar qo‘shib boriladi. Pensiya yoshiga yetgandan so‘ng
singapurlik ushbu mablag‘ni to‘liq qo‘lga kiritadi. Undan avval esa, fuqaro
JMFdagi mablag‘ning ¾ qismini kvartira sotib olish uchun, chorak qismini esa
zarurat tug‘ilganda kasalxonadagi davolanish haqini to‘lashga ishlatishi mumkin.
Kvartira olish uchun JMFda kvartiraning 20 foizini to‘plasa kifoya qiladi, qolgan
summani bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladi. Bunda «oilaviy moliyaviy alyanslar»
taqiqlanmaydi: ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar va opa-singillar JMFdagi
to‘plagan o‘z mablag‘larini birlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar. Davlat tomonidan
qurilgan kvartiraga ko‘chib o‘tilgandan so‘ng, besh yil ichida to‘liq haqqi
to‘lansa, uni hech qanday cheklovlarsiz bozor narxida sotib yuborish mumkin
bo‘ladi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu imtiyozli uy-joy qurilishi
dasturidan faqatgina Singapur fuqarolari foydalanish huquqiga egadirlar.Uy-joy
kommunal xo‘jaligi boshqarmasi o‘z shtatida bor-yo‘g‘i 12 ming kishiga ega
bo‘la turib, qurilish va ekspluatatsiya bilan bog‘liq katta hajmdagi ishlarni
amalga oshira oladi.
Bu hol faqatgina uy-joy qurilishini emas, balki sog‘liqni saqlashni
rivojlantirish, ijtimoiy ta’minot va pensiya dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash
imkonini beradi. Ushbu usul byudjet hisobidan xarajatlarni amalga oshirishdan
ko‘ra samaraliroqdir.Davlatning uy-joy qurilishi dasturi qurilish industriyasini
Singapurning iqtisodiy rivojlanishi generatoriga aylantirdi.
Janubi-sharqiy Osiyoning yetakchi mamlakatlari erishayotgan katta
yutuqlari bilan birga, ularning innovatsion taraqqiyotidagi istiqbollari borasida
ma’lum bir ishonchsizliklar mavjud. Bu mamlakatlar hozirgi davrda o‘z
taraqqiyoti cho‘qqisiga yaqin turibdilar. Singapur va Janubiy Koreyaning keskin
ravishda o‘sishi jadallashgan industrlashtirish va ishchi kuchini qishloq joylardan
sanoat ishlab chiqarish joylariga jalb qilishi hamda xorijning yetakchi
texnologiyalaridan andoza olishi bilan bog‘liq. Yetakchi texnologiyalardan
83
andoza olish texnologik uzilishlarni qisqartiradi. Shu bilan birga, ushbu choralar
uzoq muddat davomida innovatsion dinamikani ta’minlash uchun yetarli emasdir.
Chunki ushbu davlatlar doimiy ravishda inson kapitaliga va institutlarni
rivojlantirishga
investitsiyalarni
amalga
oshira
olmaydilar.
Natijada,
industrlashtirish evaziga erishilgan o‘sish yaqin kelajakda sekinlashishi (yoki
to‘xtashi) muqarrardir.
Masalan: Hindistonni misol tariqasida keltirish mumkin.. O‘z vaqtida bu
mamlakat ishlab chiqarishni emas, balki xizmatlarni rivojlantirishga urg‘u bergan.
Natijada hozirgi vaqtda Hindistonning kol-markazlari (call centre) va
dasturlovchilari butun jahonga mashhurdir. Ammo iqtisodiyotni bunday lokal
sektorlar yordamida rivojlantirish Hindistonning ijtimoiy siyosatida muammolarni
keltirib chiqaradi. Mamlakat barcha aholisini ish o‘rinlari bilan ta’minlay
olmaydi, bunga yana bir sabab – barcha fuqarolarning ko‘nikmalari va
ma’lumotlari yetarli emasligidir.
1
O‘zbekiston milliy taraqqiyot yo‘lining samarali mexanizmlarini ishlab
chiqishda yuqorida tilga olingan davlatlarning boy tajribasi juda asqatadi, deb
hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatda innovatsion taraqqiyotni amalga
oshirish uchun turli mamlakatlarning ijobiy tajribalari singdirilgan milliy
ijtimoiy siyosat tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ushbu tizimni
shakllantirishda boshqa modellardan ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, balki
mentalitet, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi, geo-grafik joylashuv, asrlar
davomida o‘rnatilgan hamkorliklar, mamlakatning salohiyati e’tiborga olinishi
zarurdir
|