113
uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish ob’ekti hisoblanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida
ish beruvchi u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan yoki ish beruvchilar - jismoniy
shaxslar uchun mehnat shart-nomasi tuzilgan sanadan boshlab 15 ish kunidan
kechikmay mehnatda shikastlanish, kasb kasalligi yoki uning mehnat
majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘ligining boshqacha shikastlanishi
munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash
bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi shartligi belgilangan.