Jaxon mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimlarini turlari va




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

11.2.Jaxon mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimlarini turlari va 
ularning o‘zgarish tendensiyalari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning turli institutlarini 
qamrab oluvchi pensiya tizimining turli modellari – davlat pensiya ta’minoti, 
majburiy ijtimoiy sug‘urta, shaxsiy ijtimoiy sug‘urta va boshqalar – qo‘llaniladi.
Bunda “jamg‘ariladigan” va “taqsimlovchi” modellar ham bo‘lib, asosan, 
“kombinatsiyalashgan” model amal qiladi. 
Ijtimoiy ta’minot tizimi birinchi marta 1889 yilda Germaniyada Bismark
tomonidan yaratilgan. Ushbu tizim to‘liqligicha sug‘urtaga asoslangan bo‘lib, 
to‘lovlar miqdori ish haqiga bog‘liq bo‘lgan. Germaniyaning pensiya tizimi 
“avlodlar birdamligi” tamoyiliga asoslanadi, ya’ni hozirda ishlovchilar
pensionerlarning pensiyalarini to‘lash uchun davlat pensiya fondiga ijtimoiy
sug‘urta badallarini to‘laydilar va bu pensionerlarga pensiya to‘lanadi. 


132 
Ilk pensiya ta’minoti Fransiya harbiy dengiz floti ofitserlari uchun 1673 yilda 
joriy etilgan. 1790 yildagi “Buyuk fransuz inqilobi” davrida Davlat xizmatchilari
uchun fuqarolik pensiyasi haqidagi qonun qabul qilindi. U 30 yil mehnat qilgan
va ellik yoshga to‘lganlar uchun mo‘ljallangan edi. 
Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shakllantirilgan pensiya 
ta’minoti tizimini ikki yirik modelga ajratish mumkin: 

pensiya ta’minotining (milliy) universal tizimi; 

sug‘urta munosabatlari asosida shakllantirilgan sug‘urtaviy pensiya tizimi. 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ijtimoiy soha byudjetining 60 foiz mablag‘lari 
sug‘urta ajratmalari hisobidan shakllanadi. Bu esa o‘z o‘rnida, pensiya ta’minotini 
amalga oshirishda ijtimoiy sug‘urta munosabatlarining shakllanganlik darajasini 
anglatadi. Sababi, xorijiy tajribada ijtimoiy soha faoliyatini tashkil etishda sug‘urta 
munosabatlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Qolaversa, pensiya ta’minotini ijtimoiy 
sohaning yirik bo‘g‘inlaridan biri ekanligi hamda uning rivojlanish bosqichlari 
borasida turli fikrlar mavjud. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urtaviy pensiya 
ta’minoti tizimi quyidagi tamoyillar asosida shakllandi: 

iqtisodiy faol aholini sug‘urtalash; 

pensiya to‘lovlarini ishchilar va sug‘urtalanganlarning sug‘urta badallari 
hisobidan moliyalashtirish; 

amalga oshirilayotgan pensiya to‘lovlarining sug‘urtalanuvchining avvalgi 
daromadlari va sug‘urta stajiga bog‘liqligi. Ushbu mexanizmdan Yevropaning 
Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Gresiya kabi mamlakatlarida keng 
foydalanildi. Mazkur mamlakatlarda pensiya ta’minoti tizimi yagona konsepsiya 
asosida faoliyat yuritsada, ularning ba’zi farqli jihatlari mavjud. Xususan, 
molishlashtirish, tashkiliy tuzilma va funksional vazifalari shular jumlasidandir. Shu 
boisdan, sug‘urtaviy pensiya modeli Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aralash 
shakllarda namoyon bo‘ladi. Mohiyatan bir-biridan farqli tarzda yuzaga kelgan 
bo‘lsada, lekin amaliyotda ular o‘zaro aralash holda ham amalga oshadi. Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlarida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu 
ikki modelning integratsiyasini kuzatish mumkin. Jumladan, bir qator 


133 
mamlakatlarda universal pensiya ta’minoti tizimlari vujudga kelib, amalga 
oshayotgan tub iqtisodiy o‘zgarishlar sug‘urtaviy pensiya ta’minotini yuzaga 
kelishiga imkon bermoqda. Yoki qo‘shimcha pensiya ta’minoti tizimining majburiy 
(Buyuk Britaniya) shakli joriy etilishi kabilar bunga misol bo‘ladi. Jahon tajribasida 
hech bir davlatda to‘liq jamg‘ariladigan yoki taqsimlanadigan pensiya ta’minoti 
mavjud emas. Qayd etish lozim, barcha pensionerlarning yashash minimumini 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni takomillashtirish natijasida pensiya 
ta’minotining umumiylikka ega bo‘layotganligini ko‘ramiz. Umuman olganda, 
jahon tajribasida pensiya ta’minoti tizimini nazariy jihatdan ikki yirik guruhga 
ajratiladi: 
1. O‘rnatilgan to‘lov tizimi. 
2. O‘rnatilgan badal tizimi.
1
O‘rnatilgan to‘lov tizimida pensiya ta’minoti ishtirokchilari muayyan hajmdagi 
pensiya va nafaqalar bilan ta’minlanishi kafolatlanadi. Mazkur holatda to‘lov 
miqdori aktuar hisoblar yordamida oxirgi yildagi mehnat faoliyati uchun ish haqlari 
va oldingi staji asosida hisoblanadi. Pensiya to‘lovi pensionerning umri davomida 
annuitet shaklda amalga oshirilib boriladi. 
O‘rnatilgan badal tizimida pensiya to‘lovining miqdori oldingi to‘langan 
badallarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu borada, ushbu turdagi pensiya fondining 
mablag‘laridan investitsion faoliyat yordamida olingan daromadlar ham pensiya 
miqdorini oshirishi mumkin yoki aksincha. Mazkur tizimda har bir ishtirokchi 
alohida hisobraqamga ega bo‘ladi va unda badallar jamg‘arib boriladi. Ushbu 
tizimning farqli xususiyatlaridan biri pensiya to‘lovlarini olishda riskning 
mavjudligidir. 
Pensiya ta’minotini quyidagi klassifikatsiya yordamida yanada oydinlashtirish 
mumkin: 

davlat majburiy pensiya ta’minoti; 
1
Ijaeva A.R. Konsepsiya razvitiya pensionnoy sistemы Rossiyskoy Federatsiya v postkrizisnыy 
period: avtoref. … k.e.n. – Moskva: FGBOU VPO 


134 

qo‘shimcha pensiya ta’minoti tizimi, xo‘jalik sub’ektlari tomonidan ishchi-
xodimlari uchun pensiya sug‘urtasini to‘lash orqali yuzaga keladi; 

shaxsiy sug‘urtaviy pensiya dasturlari.
1
Qayd etib o‘tilgan uch tabaqali pensiya ta’minoti tizimi Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlari uchun xarakterli bo‘lib, ularni tashkil etuvchi quyidagi tamoyillarni 
qayd etish mumkin: 

pensiya ta’minoti tizimini aholini qamrab olish miqyosi; 

pensiya to‘lovlarini olishda mavjud bo‘lgan shartlar; 

moliyalashtirish manbalari va tamoyillari. Masalan, hozirgi kunda Buyuk 
Britaniyada pensiya ta’minoti xizmatining aholini qamrab olish darajasi 
quyidagicha: 

davlat majburiy pensiya ta’minoti – 65 foiz; 

qo‘shimcha pensiya ta’minoti tizimi (xo‘jalik sub’ektlari tomonidan 
ta’minlanadigan pensiya sug‘urtasi) – 25 foiz; 

shaxsiy sug‘urtaviy pensiya ta’minoti – 10 foiz.
2
Pensiya ta’minotining muhim jihatlaridan biri – bu aholini qamrab olish 
miqyosi. Shu boisdan, universal pensiya ta’minoti tizimi mamlakatda doimiy 
istiqomat qiluvchi aholini ta’minlanishini nazarda tutsa, bundan tashqari, Daniya va 
Niderlandiya kabi davlatlarda nafaqat doimiy yashovchi o‘z fuqarolarini, balki 
doimiy yashovchi boshqa davlat fuqarolarini ham yashash davrida qamrab olishni 
ko‘zda tutadi. Pensiya ta’minoti aholi qamrab olishi nuqtai nazaridan uch qismga 
bo‘linadi: birinchidan, pensiya sug‘urtasi faqat shartnoma asosida faoliyat 
ko‘rsatuvchi kishilarni nazarda tutadi (Daniya va Shvesiya). Ikkinchidan, shartnoma 
asosida ishlovchilardan tashqari o‘z xususiy faoliyatiga ega bo‘lganlarni qamrab 
oladi (Avstriya, Italiya va Niderlandiya). Uchinchidan, barcha band bo‘lgan aholini 
pensiya ta’minotini o‘zida ifoda etuvchi tizim (Fransiya, Buyuk Britaniya va 
1
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2015 yil 5 
www.iqtisodiyot.uz 
2
www.interfinance.uz


135 
Shvesiya). Pensiya ta’minoti tizimini mamlakatdagi pensionerlarni qamrab olishida 
ba’zi murakkabliklar yuzaga keladi. Bular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

mehnatga layoqatli aholining o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi; 

aholining mehnatga layoqatsiz qismining katta ulushni tashkil etishi; 

davlat majburiy pensiya tizimi bo‘yicha imtiyozlarning (asosan yoshga 
nisbatan) sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi; 

mehnatga layoqatli aholining doimiy ish joyiga ega bo‘lishida 
muammolarning yuzaga kelishi; 

iqtisodiyotda norasmiy ish haqlarining sezilarli darajada ko‘payib ketishi. 
Keltirilgan birinchi ikki muammoning vujudga kelishida ijtimoiy sohaning 
boshqa bir bo‘g‘ini – sog‘liqni saqlash tizimi muhim rol o‘ynaydi. Boshqacha 
aytganda, optimal tibbiy xizmatlarni rivojlantirish natijasida aholining o‘rtacha umr 
ko‘rish davomiyligi uzayadi.
Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy va demografik o‘zgarishlar sezilarli darajada yuz 
berayotganligi pensiya ta’minoti qamrovi miqyosiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu 
boisdan, pensiyaga chiqish yoshining qanday belgilanishi muhim hisoblanadi. Ba’zi 
Yevropa Ittifoqi davlatlarida pensiya yoshiga yetgandan so‘ng ham ish faoliyatini 
davom ettirish holatlariga ruxsat berilgan. Bu esa, pensiya yoshidan o‘tgandan 
keyingi mehnat faoliyati pensiya miqdorini oshirishga xizmat qilishi mumkin. 
Masalaning ikkinchi jihati, ba’zi hollarda mehnatga layoqatlilar bilan pensionerlar 
o‘rtasidagi nisbatning oshishiga sabab bo‘ladi. 
Qayd etish lozim, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tug‘ilishlar sonining 
sezilarli kamayishi va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining uzayishi natijasida 
pensiya ta’minoti tizimida murakkabliklar yuzaga kelmoqda. YeI mamlakatlarida 
yuzaga kelayotgan bu kabi murakkabliklar ijtimoiy sohada moliyaviy 
qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga ta’sir etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida, pensiya 
ta’minoti tizimiga davlat xarajatlari hajmini oshishiga olib kelmoqda. Xususan, 
pensiya yoshidagi aholining jamiga nisbatan ulushi oshayotganligi tizimda 
nobarqarorlik omilini aks ettirsa, ikkinchi tomondan yoshi katta aholining tibbiy 


136 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji 2 barobardan ziyod oshadi. Bu esa, ijtimoiy sohaning 
rivojlanishida kompleks moliyaviy islohotlarni talab etadi. 
11.

Download 2,13 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jaxon mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimlarini turlari va

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish