2. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti. Mamlakatimizda 2004 yil 2
dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
1
asosida jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi joriy qilindi. Bundan maqsad fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
tizimiga qo‘shimcha ravishda, ish beruvchilarning pensiya yoshiga yetgan xodimlari
moddiy ahvolini yaxshilash, shu asosda pensionerlarga amaldagi pensiya
to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish, keksalik
chog‘ida fuqaroning o‘z farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishdir. Ushbu
tizimda fuqarolarning ajratmalari ular pensiyaga chiqqunlariga qadar jamg‘arib
boriladi va pensiyaga chiqqanidan keyin to‘lab beriladi. Jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimida fuqarolarning jamg‘armalari ixtiyoriy va majburiy pensiya
badallaridan shakllanadi. 2005 yildan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobraqamlariga majburiy har oylik badallar jismoniy
shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i
summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish
haqi (daromadi)ning 2 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Demak,
O‘zbekistonda pensiya ta’minotining har ikkala tizimi
pensionerlarning turmush farovonligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar
yaratishga qaratilgan.
Tayanch so‘z va iboralar: pensiya ta’minoti, ijtimoiy himoya,
yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi,
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi,. mehnatga layoqatsiz axoli, jamg‘arib
boriladigan pensiya, davlat majburiy pensiya ta’minoti, qo‘shimcha pensiya
ta’minoti tizimi, shaxsiy sug‘urtaviy pensiya ta’minoti
Nazorat uchun savollar : 1.Pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy moxiyati va axolini ijtimoiy
himoya qilish tizimida tutgan o‘rni nimalarda ifodalanadi?
2.Jaxon mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimlarini turlari va ularning
o‘zgarish tendensiyalarini izoxlab bering?
1
https://lex.uz/docs/857300
139
3.O‘zbekistonda pensiya tizimining shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy
tendensiyalarini taxlil qilib bering?
4. Davlat pensiyalarining qanday turlari mavjud?
5. Fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti nimani anglatadi?
6. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotining moxiyati nimada?