|
O‘zbekistonda pensiya tizimining shakllanishi, rivojlanishi vaBog'liq 12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB748313.O‘zbekistonda pensiya tizimining shakllanishi, rivojlanishi va
zamonaviy tendensiyalari.
O‘
zbekistonning davlat mustaqilligi ijtimoiy sohalar taraqqiyotida yangi sahifa
ochdi. Bozor munosabatlariga o‘tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish
davrida aholini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi.
Fuqarolarning alohida toifalariga jamiyatning boshqa a’zolari bilan teng
imkoniyatlar yaratib berish orqali ularning to‘laqonli hayot kechirishini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui shakllantirildi, ijtimoiy ta’minot
masalalari takominlashtirildi. O‘z navbatida, ijtimoiy ta’minotning markazida
pensiya ta’minoti turadi.
Shu o‘rinda, qayd etish lozim mamlakatimizda 1993 yil 3 sentyabrda qabul
qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi qonuni
1
bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi (2-
modda):
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Mazkur pensiya ta’minoti tizimi doirasida yoshga doir pensiyani
takomillashtirish masalalari dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy jihatdan ikki shakli
mavjud.
1.
Fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti.
Ushbu tizimning mohiyati shundaki, ijtimoiy sug‘urta asosidagi pensiya
tizimi «avlodlar birdamligi» prinsipiga asoslangan«taqsimlovchi»elementlardan
tarkib topgan bo‘lib, bunda ish beruvchilar va ishlovchilar Pensiya jamg‘armasiga
1
https://lex.uz/docs/112314
137
majburiy to‘lov va badallarni to‘lab boradi, shakllangan mablag‘lar hisobidan
pensionerlarga pensiyalar to‘lab boriladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi.
Pensiyaning miqdori fuqaroning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. O‘rtacha ish haqi ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, fuqaroning
pensiya olish uchun murojaat qilgandan oldingi oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati
davomidagi fuqaro tomonidan tanlangan ketma-ket keluvchi besh yildagi umumiy
ish haqi hisobidan olinib, tuzatish koeffitsientlari inobatga olingan holda
hisoblangan yig‘indini 60 (5 yildagi oylar soni)ga bo‘lish orqali hisoblab chiqariladi.
Agar fuqaroning ish staji umuman bo‘lmasa yoki 7 yildan kam bo‘lsa, bunday
hollarda ayollarga 60 yoshga va erkaklarga 65 yoshga to‘lganda yoshga doir nafaqa
tayinlanishi mumkin.
Avlodlar birdamligiga asoslangan davlat pensiya ta’minoti bo‘yicha: harbiy
xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan
bo‘lgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga
(harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining pensiya ta’minoti; imtiyozli
shartlardagi pensiyalar; yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiya olish huquqi; umumiy
belgilangan yoshni 1, 5 va 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish
huquqi; liliputlar va pakanalarga pensiyalar; yoshga doir pensiyalarni muddatidan
oldin tayinlash; pensiyalarni va ish haqini hisoblab chiqish tartibi; pensiyalarga
ustama haqlar; boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan fuqarolarga pensiyalar hisoblab
chiqarish; chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish; pensiyalarni
qayta hisoblash va to‘lash tartiblari O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3
sentyabrdagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni
1
hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi «Davlat
pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 252-sonli Qarori
2
va boshqa
qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
1
https://lex.uz/docs/112314
2
https://lex.uz/docs/1865473
|
| |