Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

 
13.3. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan 
guruhlanishi.
Jahon xo‘jaligi deganda milliy iktisodiyotdagi xo‘jaliklarning o‘zaro iqtisodiy 
munosabatini tushunamiz. Jahon xo‘jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik 
jamiyatining butun tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining 
necha ming yillar davomidagi evolyusiyasi natijasidir. Jahon xo‘jaligining 
shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘ziga hos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi 
ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga 
oluvchi bosqich buyuk geografik kashfiyoglar davrigacha davom eggan. Buyuk 
geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin yer 
sharining boshqa mintaqalarini ham qamrab oddi. Mintaqalar o‘rtasida mahsulot 
ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltirdi. Ushbu bozor transport rivojlanishi 
bilan yanada ham (kengaydi. Chunki, dengiz transporti barcha materiklarni’ 
birlashtirish imkonini berdi. Jahon xo‘jaligi XX asr arafasida to‘liq shakllanib 
1
https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1879&context=interfinance 


155 
bo‘ldi. Jahon xo‘jaligi iqtisodiy kategoriyadir. Chunki u to‘g‘ridagi tushuncha 
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiy integratsiya tushunchalari 
bilan aloqadordir. 
XX asrning ikkinchi yarmida keng miqyosda temir yo‘llarning barpo etilishi va 
dengiz transportining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni 
bog‘ladi hamda jahon savdosi va jahon xo‘jaligining shakllanishini ta’minladi. Uzoq 
tarixiy jarayonlar natijasida XX asr boshlarida jahon xo‘jaligi tarkib topdi.1 Ushbu 
davrda kapitalistik ishlab chiqarish usulining qaror topishi bilan bozor munosabatlari 
har bir mamlakat taraqqiyotining ajralmas bir omiliga aylandi. XIX asr oxiri XX asr 
boshlarida ko‘plab yirik mamlakatlarning monopolistik bosqichiga o‘tishi jahon 
xo‘jalik tizimining asoslarini yaratdi. Jahonni iqtisodiy jihatdan bo‘lib boshlash 
monopolistik kapitalning nafaqat o‘z hududida, balki o‘zga davlatlar yerida ham eng 
ko‘p foyda olish imkoniyatlarini ta’minladi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida bir 
to‘da yirik monopolistik davlatlar jahondagi ko‘plab erkin mamlakatlarni asoratga 
solish jarayonini yakunladilar. Yirik kolonial imtiyozlar paydo bo‘ldi, jaqon 
xo‘jaligi ham tubdan o‘zgarib ketdi. Xususan, mustamlaka mamlakatlar 
koloniyalarining roli boshqacha tus oldi. Agar XVI asrlarda kichik davlatlar yerlari 
yirik davlatlar uchun tovarlarni sotish maydonchasi rolini o‘ynagan bo‘lsa, XIX 
asrda bu yirik hukmronlar ushbu mamlakatlar hududida nafaqat tovar sotish, balki 
xom ashyolar, ishchi kuchini tashib ketish, muhim harbiy plasdarm maydoniga 
aylandi. Koloniyalardan katta hajmdagi soliqlar undirildi va ularning boyliklari 
boshqa turli yo‘llar bilan o‘zlashtirildi. Shu tariqa rivojlangan mamlakatlar bilan 
qaram mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar borgan sayin kuchayib bordi va dunyoni 
qaytadan bo‘lib olish uchun birinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Ammo bu urush 
kapitalistlar o‘ylaganidek ularga katta foyda keltirmadi. Aksincha yirik ishlab 
chiqarish strukturalari qattiq zarbaga uchradi. Qaram mamlakatlardagi norozilik 
borgan sayin kuchayib bordi. Natijada qaror topgan jahon xo‘jaligi inqirozga 
uchradi. Ya’ni, Rossiyada inqilob g‘alaba qildi. Jahon xo‘jaligi ikki qarama-qarshi 
1
www.ziyouz.com kutubxonasi


156 
yo‘nalish girdobiga tushib qoldi. Bir tomondan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
kapitalistik xo‘jalik, ikkinchi tomondan rejali iqtisodiyotga asoslangan sotsialistik 
xo‘jalik o‘rtasida keskin kurash bordi. XX asrning o‘rtalarida ikkinchi jahon urushi 
tugagandan so‘ng kapitalistik mamlakatlar bilan koloniyalar o‘rtasida o‘zining eng 
yuqori nuqtasiga chikdi. Qaram mamlakatlar birin-ketin erkinlikka chiqib, mustaqil 
rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bu jarayon asosan 60-yillarda o‘z nihoyasiga yetdi. 
Mustaqillikka erishgan mamlakatlar oldida asosan ikkita iqtisodiy taraqqiyot 
yo‘li mavjud edi. Bu bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyot yo‘li edi. 
Shu tariqa jahon xo‘jaligi yangi-yangi mamlakatlar hisobiga tobora kengayib bordi. 
Shuningdek, jahon xo‘jaligida raqobat keskinlashdi, chunki jahon xo‘jaligi bir-
biriga 
zid 
yo‘nalishlardan rivojlanishning turli bosqichlarida to‘rgan 
mamlakatlardan tashkil topgan edi. Bu hol 1991 yilgacha davom etdi. 1991 yildan 
sotsialistik tizim barham topdi va bozor iqtisodiyoti jahon bozorida hukmron 
yo‘nalish bo‘lib qoldi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanib barcha 
mamlakatlarni qamrab oldi. Hozirgi zamon jaqon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning o‘ziga xos tomonlaridan biri iqtisodiy taraqqiyotning turli 
bosqichlarida turgan davlatlarning bab-baravar iqtisodiy munosabatlarga qatnashuvi 
bo‘lsa, ikkinchi muhim xususiyati mamlakatlar bo‘yicha ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvi tobora chuqurlashib bormoqda. 
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘idir. U har qanday 
xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning 
barcha sanoat tarmoqlarida 400 milliondan ziyod ishchi va xodimlar ishlaydi. 
Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko‘ra 3 guruhga 
bo‘linadi: 
1- guruhga sanoatning eski tarmoqlari - toshko‘mir, temir rudasini qazib 
chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi. 
2- guruhga yangi tarmokdar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangli metallurgiya, 
plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. 


157 
3 - guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron 
hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, 
mikrobiologiya va boshqalardir. Hozirgi davrda uchinchi guruh sanoat tarmoqlari 
eng tez va barqaror rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lib asosan postindustrial 
mamlakatlarda rivojlanmoqda. Yoqilg‘i energetika sanoati xususiyatlaridan biri 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish geografiyasi o‘rtasidagi farqning 
kattaligidir. 
Hozirda rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlarini shartli ravishda uch 
gurug‘ga bo‘lish mumkin: 1.Rivojlangan mamlakatlar – AQSh, YeI davlatlari, 
Xitoy, Yaponiya va boshqalar. 
2.Sobiq sotsialistik davlatlar. 
3.Rivojlanayotgan mamlakatlar – XX asr o‘rtalarida milliy mustaqillikni 
qo‘lga kiritgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari. 
Bu davlatlarning taraqqiyot darajasi bu yerda yashayotgan axolining turmush 
darajasini, shu jumladan, kambag‘allik darajasini ko‘rsatadi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish