Tayanch so‘z va iboralar:
bandlik, bandlik tamoillari, ishsizlik, mexnat bozori, mehnat shartnomasi,
majburiy mehnat, ishsiz fuqarolar, bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, passiv
bandlik siyosati, faol bandlik siyosati.
Nazorat uchun savollar :
1.Bandlik, uning moxiyati va shakllarini izohlab bering?
2.Ishsizlik nima?
3. Ishsizlikning asosiy turlarini sanab bering?
4.Mexnat bozorining qanday modellari mavjud?
5.Mehnat bozorini tartibga solish deganda nimani tushunasiz?
13-mavzu: KAMBAG‘ALLIK MUAMMOLARI VA ULARNI HAL
QILISh YO‘LLARI.
Reja:
148
13.1.Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari .
13.2.Dunyoning
rivojlangan
mamlakatlarida
kambag‘allikka qarshi
kurashishning zamonaviy tajribalari.
13.3.Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi.
13.4.O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning asosiy
yo‘nalishlari.
13.1. Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda
Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy
rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.«Kambag‘allikni
kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati
va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha
kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir»
1
, deb
ta’kidlangan edi murojaatda.
Kambag‘allik – bu hayot uchun muhim bo‘lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni
qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirishi mumkin
bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhni iqtisodiy holatining o‘ziga xos xususiyatidir.
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag‘allik kambag‘allikni keltirib
chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi.
Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash
uchun yetarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag‘al aholi esa sifatli pullik ta’lim va
tibbiyot xizmatlarga qurbi yetmasligi sababli inson salohiyati pasayib,
kambag‘allikdan qochib qutula olmaydilar.
Ikkinchidan, kambag‘al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste’mol
bozorining sig‘imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat
mollari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo‘lgan talab pasayib
boradi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi, byudjet
1
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidan.//Xalq
so‘zi, 2020 yil 25 yanvar.
149
daromadlarini kamaytiradi va kambag‘allarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon ko‘rinishiga keladi.
Uchinchidan, aksariyat hollarda kambag‘allarning dunyoqarashi daromad
yuqori bo‘lganlardan farq qiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, ular
orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning yetishib chiqishi
ehtimoli kamroq. Shuningdek, odatda kambag‘al oila a’zolari orasida jinoyatchilik
ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, kambag‘allikni keltirib chiqaruvchi omillar
mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
Kambag‘allik nisbatan bir tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy
hayot standartlariga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan kambag‘allik me’yorlarining asosini,
pul ta’minoti ko‘rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada
imkoniyati bo‘ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol xarajatlarining minimal
miqdori kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta’minlash, elektr
energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida
belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan
mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutloq va
nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutloq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar
biologik tirik qolishni ta’minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari
mumkin.
1990 yildan boshlab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi
farovonlik» ma’ruzalari e’lon qilinadi. 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan
ma’ruzada asosiy ko‘rsatkich kambag‘allikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun
kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanligini kщrsatib berdi. Biroq kambag‘allik bo‘yicha
yangi ta’rif va o‘lchamlar kiritilmoqda. Jumladan, ijtimoiy kambag‘allik. Bu
ko‘rsatkich mutloq va nisbiy kambag‘allik konsepsiyasini birlashtiradi. Bundan
tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv,
150
elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta’lim olish imkoniyatini aks ettirmagani
uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos
ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan
taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq.1
Kambag‘allikni o‘lchashda uchta asosiy yondashuv mavjud. Ulardan
biri
asosiy oziq-ovqat, asosiy ehtiyoj va kiyim-kechak iste’molini aholi tomonidan
baholashdir.Bu, eng qo‘pol va iste’molning turli darajalarini inobatga olmaydigan
yondashuvdir. Bu, albatta, o‘tgan asrlardagi ko‘rsatkichlarga o‘xshaydi, biroq
mahsulot va tovarlarning real iste’mol qilinishini hisobga olinsa, iste’mol savatchasi
va iste’mol (yashash uchun) minimumi deb ataladigan tushuncha kelib chiqadi.
Iste’mol savati– respublikada yuzaga kelgan muayyan shart-sharoit va
xususiyatlarga tayangan holda, ma’lum bir vaqt mobaynida, insonning ma’lum
funksional ehtiyojlariga javob beradigan, ilmiy jihatdan asoslangan tovar va
xizmatlar majmuidir. Iste’mol savatini yaratishda uning vakillik tamoyilidan
foydalaniladi. Unda mavjud bo‘lgan imtiyozlar va xizmatlar insonning normal
hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha iste’mol majmualarini ifodalaydi. Iste’mol
savatchasi quyidagi mahsulot va xizmatlarni o‘z ichiga oladi:-Oziqlantirish;–
Kiyim, choyshab, poyabzal;– Dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari;– Mebel,
madaniy – maishiy va xo‘jalikda foydalaniladigan buyumlar;– Uy-joy va kommunal
xizmatlar;– Madaniy-ma’rifiy tadbirlar va dam olish;– Maishiy xizmatlar, transport,
aloqa;– Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari uchun xarajatlar;– To‘lovlar va
majburiy badallar.
Minimal iste’mol byudjeti, iste’mol bahosidagi o‘sishni hisobga olgan holda,
zarur bo‘lganda qayta ko‘rib chiqiladi, lekin har chorakda kamida bir marta, har
chorakning so‘nggi oyidagi o‘rtacha narxlar qo‘llaniladi.
|