Soyib raupov ijtimoiy siyosat




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

Tayanch so‘z va iboralar: 
Oila, oila instituti, oilaning vazifalari, oilaning turlari, oilaning shakllari, nikoh 
shartnomasi, nikoh munosabatlari, Oila kodeksi, ijtimoiy ish, ijtimoiy siyosat. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Oila tushunchasini izohlab bering? 
2. Oilaning qanday turlari va shakllari mavjud?
 


174 
3. Xorij davlatlarida oilaviy qon-qardoshlik munosabatlari nimalarda
ifodalanadi? 
4. Nikoh shartnomasi nima? 
5. Davlatning oila institutiga qaratilgan ijtimoiy siyosati nimalarni qamrab
oladi? 
 
 


175 
15-mavzu: IJTIMOIY SIYoSAT VA IJTIMOIY XAVFSIZLIK. 
Reja: 
15.1.Ijtimoiy xavfsizlik tushunchasiga doir turli xil yondoshuvlar. 
15.2.Ijtimoiy xavfsizlikning mezonlari. 
15.3.Ijtimoiy xavfsizlikka doir tahdidlar. 
15.4.Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda konfliktlarni boshqarishning o‘rni. 
 
15.1.Ijtimoiy xavfsizlik tushunchasiga doir turli xil yondoshuvlar. 
Xar bir mamlakat uchun milliy xavfsizlikni ta’minlash muxim xayot-mamot 
masalasi xisoblanadi. Milliy xavfsizlik jamiyat xayotining barcha soxa va 
jabxalaridagi mamlakat milliy manfaatlarining ichki va tashki taxdidlardan 
ximoyalanganlik xolatini ifodalaydi. Uning namoyon bulish shakllari xilma-xil 
bo‘lib, davlat mudofaaviy, iqtisodiy, energetik, ekologik, mafkuraviy, madaniy, 
axborot, ijtimoiy soxadagi xavfsizlik uning muxim shakllari xisoblanadi. 
Ijtimoiy sohadagi xavfsizlik bevosita axoli, uning ijtimoiy guruxlari, har bir 
kishining hayoti, turmush sharoitlari va darajasi, sifati, ish bilan bandligi, ta’lim va 
sog‘likni saqlash xizmatlari va uy-joy bilan ta’minlanganligi bilan bevosita bog‘lik 
bo‘lganligi uchun ham muxim ahamiyatga ega. Ijtimoiy soxadagi muammolar, 
kishilar xayotining yomonlashuvi bilan bog‘liq ziddiyatlar, ularning o‘z vaktida hal 
etilmasligi oqibatida ijtimoiy taxdidlar kuchayadi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy 
beqarorliklar, larzalar vujudga keladi. 
Ijtimoiy xavfsizlikning mumtoz mazmuni -mamlakat va axolining ijtimoiy 
soxadagi manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda ijtimoiy tuzilmalar va 
munosabatlar, xayot ta’minoti tizimlari va kishilarni ijtimoiylashtirish, hozirgi va 
kelajak avlodlar ehtiyojlari taraqqiyotiga muvofiq turmush tarzini rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi. Ijtimoiy xavfsizlik milliy 
xavfsizlikning bir qismi sifatida shaxs, aholi ijtimoiy guruhlari va jamoalarining 
hayotiy muhim manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining buzilishi taxdidlaridan 
himoyalanganlik holatidir. Demak, ijtimoiy xavfsizlik - pirovard natijada davlatning 
o‘zining bosh boyligi bo‘lgan insonga g‘amxurlik munosabatidir. 


176 
Mazkur atama xalqaro va milliy ilmiy muomalaga yaqinda kirib keldi. 1995 
yilda bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Umumjaxon konferensiyasida 
qabul qilingan Umumjaxon deklaratsiyasida ijtimoiy xavfsizlik atamasi 
qo‘llanilgan. Unda, xususan «Biz shunday jamiyat qurishni taklif etamizki, unda 
ovqatga bo‘lgan huquq ovoz huquqi kabi muqaddasdir, unda boshlang‘ich ta’lim 
olish huquqi narx erkinligi huquqi kabi hurmatga loyiqdir, unda rivojlanish huquqi 
insonning asosiy fundamental huquqlaridan biri sifatida qaraladi» 
1
deyilgan. 
Deklaratsiyada ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashning minimal vazifalari 
belgilangan: 
- katta yoshdagi axoli o‘rtasida savodsizlikni ikki barobarga qisqartirish, 
shuningdek, ayollar savodsizligi erkaklar savodsizligi darajasidan oshmasligi kerak; 
- barcha uchun elementar tibbiy yordam, bolalarni vaksinatsiyalash 
ustuvorligini ta’minlash; 
- o‘tkir to‘yib ovkatlanmaslik (yarim ochlik) holatlarini bartaraf etish; 
- barcha xohlovchilar uchun oilani rejalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; 
- barcha uchun xavfsiz ichimlik suvi va sanitariya; 
- barcha uchun o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini ta’minlash 
2

Ushbulardan kelib chiqib, fikrimizcha, davlatning ijtimoiy xavfsizlikni 
ta’minlash bo‘yicha bosh vazifasi aholining kam ta’minlan-gan qatlamlarini aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan kompleks iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar 
orqali ijtimoiy himoyalash, har bir fuqaroning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, 
uning huquq va erkinliklari, sog‘lig‘i va mulkini himoya qilishdan iborat bo‘ladi. 
Ijtimoiy xavfsizlik tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: kambag‘allik va qashshoqlikning oldini olish, ular ko‘lamini kiskartirish;
ishsizlikdan himoyalash; aholi daromadlari va turmush darajasini ko‘tarish;
aholining daromadlar va mulk bo‘yicha tabaqalari o‘rtasidagi farqlarning kattalashib 
ketishining oldini olish; har bir ish o‘rnida ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini 
1
Sotsialnaya bezopasnost. //https://textbooks.studio/ uchebnik-mejdunarodnie-
otnosheniya/sotsialnaya-bezopasnost-24614.html 
2
Sotsialnaya bezopasnost. //https://textbooks.studio/ uchebnik-mejdunarodnie-
otnosheniya/sotsialnaya-bezopasnost-24614.html 


177 
ta’minlash; xizmat ko‘rsatish va iste’mol xavfsizligi; ekologik xavfsizlik;
jamoat tartibini o‘rnatish va jinoyatchilikning oldini olish; xotin-qizlar xavfsizligini 
ta’minlash. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish