3.Ijtimoiy xavfsizlikka doir tahdidlar




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

15.
3.Ijtimoiy xavfsizlikka doir tahdidlar.
Ijtimoiy xavfsizlikka taxdid deganda kimningdir manfaatlariga zarar 
yetkazuvchi yuz berayotgan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan potensial voqeliklar, 
harakat, jarayon yoki hodisa tushuniladi. Umuman tahdid deganda xavfsizlikni 
buzuvchi sabab tushuniladi. 
Milliy ijtimoiy xavfsizlikning asosiy turlari kuyidagi guruxlardan iborat: 
1) tashki (bir mamlakatning boshqasining raqobatdoshligini kuchsizlantirishi, 
uziga buysundirish, vayron kilishga intilishi tufayli vujudga keladi) va ichki (jamiyat 
va davlatning o‘zining holatiga bog‘liq); 
2) real va potensial; 
3) global, milliy, regional va lokal. 
Bizning 
nazarimizda 
mamlakatda 
ijtimoiy 
xavfsizlikka 
tahdidlar 
quyidagilardan iborat: jamiyatdagi ijtimoiy barkarorlik, axoli guruxlari o‘rtasidagi 
ijtimoiy totuvlik va kelishuvni buzadigan darajada kambag‘al va qashshoq, 
aholining aholi umumiy sonidagi ulushining o‘sishi; axolining daromadlar va mulk 
bo‘yicha tabakalanishining kuchayishi; - ishsizlikning o‘sishi; uy-joy bilan 
ta’minlashning past darajadaligi; ijtimoiy xizmatlarga erishish darajasi bo‘yicha 
jamiyatning tabaqalanishi; nokonuniy migratsiyaning kengayishi. 
Bu tahdidlar quyidagi ko‘rinishdagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
yirik ijtimoiy nizolarning vujudga kelishi; axolining depopulyatsiyaga uchrashi;
1
Osadchaya G.I. Sotsiologiya sotsialnoy sferы: ucheb. posobie dlya vыssh. shk. - M.: 
«Akademicheskiy Proekt», 2003. -S. 34-36. 


179 
jamiyatning kriminalizatsiyalashuvi; giyoxvandlik; foxishabozlikning kuchayishi 
va x.k. 
Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muxim o‘rin 
tutadi. Davlatning ijtimoiy siyosati deganda, davlatning jamiyatdagi ijtimoiy 
muammolarning xal kilinishiga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy infratuzilmalar 
samarali va bir maromda amal qilishini ta’minlashga qaratilgan kundalik davlat 
faoliyati, ijtimoiy axamiyatga molik vazifalarning bajarilishi ta’minlanishidagi 
strategiya va taktik yondashuv nazarda tutiladi. Davlatning ijtimoiy siyosati bozor 
iktisodiyoti sharoitida ijtimoiy soxani davlat tomonidan tartibga solishga 
yunaltiriladi. Ijtimoiy soxani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari 
kuyidagilardan iborat: 
1) mulkchilik shaklidan kat’iy nazar ishchilar uchun eng kam ish xaki darajasi, 
pensiya, ish kunining davomiyligi, mexnat ta’tilining davomiy-ligini konunda kat’iy 
belgilash; 
2) byudjet xodimlari uchun va davlat tashkilotlaridagi ishchilar uchun 
mexnatga xak to‘lash tizimi tariflarini urnatish; 
3) pensiya, nafakalar, stipendiyalar darajasini o‘rnatish, imtiyozlar tizimini 
o‘rnatish; 
4) ishchilar uchun progressiv solik stavkalarini o‘rnatish; 
5) ijtimoiy soxa tarmoqlari o‘rtasida davlat byudjeti xarajatlarining eng optimal 
proporsiyasini o‘rnatish; 
6) ko‘proq ijtimoiy-zaruriy maxsulot va xizmatlarning yuqori narxlarini 
o‘rnatish, davlat ijtimoiy soxa xodimlarining daromadlarini indeksatsiyalash. 
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatda yuqorida 
keltirilgan omillarning inobatga olinishi ijtimoiy xavfsizlikning ta’minlanishiga 
xizmat qiladi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish