• Aktiv bandlik siyosati
  • Bandlik siyosati
  • Besh tamoyil
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Milliy xavfsizlik, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi 
    omillar, ijtimoiy xavfsizlikning mezonlari, ijtimoiy xavfsizlikka tahdidlar, ijtimoiy
    xavfsizlikning asosiy turlari, ijtimoiy siyosat, konfliktlar, konsensus.
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Ijtimoiy xavfsizlik tushunchasining moxiyatini tushuntirib bering? 
    2.Ijtimoiy xavfsizlikning mezonlari nimalardan iborat? 
    3.Ijtimoiy xavfsizlikka doir tahdidlarni izoxlab bering? 
    4.Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda konfliktlarni boshqarishning qanday 
    axamiyati bor? 
    5.Konsensusning moxiyatini nimalarda namoyon bo‘ladi? 
     
    Atama va tushunchalarning izohli lug‘ati 


    182 
     
    Adolat
    (arabcha — odillik, to‘g‘rilik) — axloq va huquqning asosiy 
    kategoriyalaridan biri; 2) qonun oldida barchaning tengligi va qonunning 
    barchaga barobarligi. 
    Aktiv bandlik siyosati
    - bu davlat tomonidan ishsizlik darajasini pasaytirish 
    maksadida olib boriladigan hukukiy, tashkiliy va iktisodiy chora-tadbirlar 
    yig‘indisidir. 
    Axoli daromadlari
    — barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) 
    tushumlar hamda ko‘rsatilgan bepul xizmatlar summasi. 
    Axoli migratsiyasi
    — aholining yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq ko‘chishi. 
    Bandlik siyosati - 
    jamiyat va uning har bir a’zosining ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi chora tadbirlar yig‘indisidir. 
    Barqarorlik (ijtimoiy)
    - 1) jamiyat haѐtining osoyishtaligi; 2) ijtimoiy tuzum 
    elementlarining uyg‘unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birliklar (millatlar, turli 
    ijtimoiy qatlamlar va boshqa) vakillarining hamkorligi va hamjihatligi. 
    Besh tamoyil
    — O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 
    tomonidan asoslab berilgan jamiyatni isloh etishning asosiy ustuvor 
    tamoyillari. Ular O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiѐt yo‘lini, o‘zbek 
    modelining asosini belgilaydi. 
    Davlat
    - jamiyatning oliy siyosiy instituti bo‘lib, shu jamiyat yashayotgan 
    mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Davlat 
    mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada 
    bo‘ladi, qonunchilik bilan shug‘ullanadi va hokazo. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish