183
Demografik bashorat -
ma’lum hudud aholisining soni,
yosh-jinsiy tarkibi va
demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash.
Demografik jarayonlar
-tug‘ilish, o‘lim,
nikoh va ajralish, oilaning demografik
xususiyatlari, aholining
yosh-jinsiy va oilaviy tarkibi, demografik mayl va
ularning omillarini o‘rganish.
Demografik siyosat
- davlat organlari va ijtimoiy institutlarning aholini takror hosil
qilish jarayonlarini tartibga solish soxasidagi aniq maqsadni ko‘zlagan
faoliyatidir.
Demokratiya
- (yunoncha xalq hokimiyati) fuqarolarning
ozodligi va tengligi
tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli.
Demokratik institutlar
— ijtimoiy haѐtning demokratik tamoyillarga asoslanishiga
xizmat qiladigan tashkilot va tuzilmalar majmui.
Demokratik prinsiplar
— huquqiy demokratik jamiyat
asosini belgilaydigan
demokratik qonun-qoidalar majmui.
Dogmatizm
(yunoncha — fikr, ta’limot, qaror) — biror bir fikr, ta’limotni
o‘zgarishiga shubha bilan
qarovchi oqim tarafdorlari, aniqrog‘i, aqidalarga
ko‘rko‘rona ishonish,
unga yopishib olish, har qanday sharoitda ham uning
o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish.
Jabrlanuvchi —
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq
holda mehnatda
mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovonini
olish huquqiga ega bo‘lgan xodim.