185
Istiqlol
(arab. — ozodlik, mustaqillik, erkin bo‘lish) — inson, millat, davlatning
erkin rivojlana olish imkoniyatini ifoda etuvchi tushuncha.
Ixtiyoriy sug‘urta
-sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning o‘zaro
roziligi va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi
Ish haqi
– yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish
krbiliyatiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish
shakli.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa
— xodimning u mehnat shartnomasi bo‘yicha
o‘z vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi
bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha
tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish
zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha
yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Kambag‘allik –
bu hayot uchun muhim bo‘lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni
qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirishi mumkin
bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhni iqtisodiy holatining o‘ziga xos
xususiyatidir.