• Mavzu yuzasidan test savollari 1. “Reja” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi nima
  • 2. …. bu berilgan matnda ko‘rib chiqilayotgan asosiy fikrlar, holatlarni ma’lum bir ketma-ketlikda sanab o‘tish.
  • 4. Rejaning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
  • Mavzu: Reja. Reja va uning turlari amaliy ko‘nikma




    Download 395,92 Kb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi395,92 Kb.
    #244262



    MAVZU:

    Reja.Reja va uning turlari


    AMALIY
    KO‘NIKMA


    Akademik yozuv

    1-topshiriq.


    “Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati”, “Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar”, “Insonning asosiy huquqlari va erkinliklari”.
    2-topshiriq.
    Mavzu yuzasidan test savollari
    1. “Reja” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi nima?
    a) lotin tilidan olingan bo‘lib “sayyora”, “plankton” ya’ni “adashgan” (fikrlar) degan ma’noni anglatadi
    b) arab tilidan olingan bo‘lib “sayyora”, “fikrlar” degan ma’noni anglatadi
    c) fors-tojik tilidan olingan bo‘lib “kir yoyiladigan ip” , “arqon” degan ma’nolarni anglatadi
    d) lotin tilidan olingan bo‘lib “holat”, “muammo” degan ma’noni anglatadi
    2. …. bu berilgan matnda ko‘rib chiqilayotgan asosiy fikrlar, holatlarni ma’lum bir ketma-ketlikda sanab o‘tish.
    a) kirish so‘zlar b) reja
    c) annotatsiya d) xulosalovchi so‘zlar
    3. Rejaga berilgan ta’riflardan qaysi biri noto‘g‘ri?
    a) asar qurilishini ochib beradi
    b) muallif fikrining ketma-ketligini kuzatish imkonini beradi
    c) reja tuzish jarayonida o‘quvchi asar mazmuniga chuqur kirib borolmaydi
    d) reja e’tiborni jamlaydi, xotirada o‘qilganlarni tiklashga yordam beradi
    4. Rejaning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
    a) javoblarning aniqligi b) aniqlik
    c) qisqalik d) maqsadga yo‘naltirilganlik

    5. Nutq bo‘yicha reja turlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
    a) savolli, tematik, tezisli b) savolli, atov, tezisli
    c) matnli, savolli, atov d) erkin, tezisli, matnli

    3-topshiriq.


    Sodda va murakkab rejani farqlarini tushuntirib bering va siz ko’proq qaysi reja turidan foydalasiz? Nima uchun?
    4-topshiriq.
    Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari
    Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi.

    Koinot nima?


    Bizni o`rab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida bo'lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. O'z hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, adog`i ham yo`q. Ko`pchilik munajjimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd. yil muqaddam sodir bo`lgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar «Katta Zarba» deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, o`sha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi. Koinotning chek-chegarasi bo`lmasa kerak. Boz ustiga, u tobora kengaymoqda, ya'ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, yulduzlar va quyosh sistemalari o`z o`rnini ozgartirib, barcha yo`nalishlar bo`yicha markazidan uzoqlashib bormoqda. Hatto eng zamonaviy astronomik vositalarning ham butun Koinotni qamrab olishga kuchi yetmaydi. Vaholonki, ular bizdan 2 milliard yorug`lik uzoqligida bo`lgan yulduzlar nurini ham ilg`ash quvvatiga ega. Balkim, o`sha yulduzlar so`nib ketgan bo`lishi mumkin, lekin teleskop ularni ko`radi (sababi, ularning shu'lasi Yerga yetib kelgunga qadar milliardlab yillar o`tadi). Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning ko`lamini yorug`lik yillari bilan o`lchashga majbur bo`lishadi. Yoruglik yili yorug`lik bir yil davomida bosib o`tadigan masofani anglatadi. Yorug`lik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorug`lik yili 9 500 000 mln. km.ga teng.Odamzot Koinotning haqiqiy o`lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog`li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho`zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer —Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi. Bizning butun Quyosh sistemamiz o`z navbatida «galaktika» deb ataluvchi boshqa bir katta sistemaning kichik qismidir. Galaktika million-million yulduzlardan tashkil topgan bo`lib, o`sha yulduzlarning ko`pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o`z quyosh sistemalariga ega. Shunday qilib, biz Somon yo`li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi «quyoshlar»dir. Ularning o`rtasidagi masofa kilometrlar bilan emas,yoruglik yillari bilan o`lchanadi. Yorug`lik bir yil davomida 9 500 000 000 000 km masofani bosib utadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz bo`lmish Sentavr Alfasi Yerdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan. O`z navbatida bizning galaktikamiz ham undan-da kattaroq sistemaning kichik bir bo`lagidir. Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo`lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o`rtasidagi masofa 2 000 000, eng uzog`i bilan bizning galaktikamiz o`rtasidagi masofa esa trillionlab yorug`lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma'lum bo`lgan Koinotning faqat bir bo`lagidir. Haqiqatda esa uning o`lchamlari bundan ham katta bo`lishi mumkin!
    Yuqoridagi mavzularni o’qib chiqing va ularga reja shakllantiring!
    Download 395,92 Kb.




    Download 395,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Reja. Reja va uning turlari amaliy ko‘nikma

    Download 395,92 Kb.