• Ijtimoiy sug‘urta
  • Ijtimoiy siyosat
  • Ijtimoiy xizmatlar
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Ijtimoiy adolat - 
    real xalq hokimiyatidan va barcha fuqarolarning qonun oldida 
    tengligidan, millatlarning amalda teng huquqligidan, shaxsning hurmat 
    qilinishidan iborat. 
    Ijtimoiy mehnat jarayonlaridagi ziddiyatlar
    - ijtimoiy munosabatlarning negizini 
    tashkil etuvchi munosabatlar, ya’ni ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar 
    manfaatlarining mos kelmasligi natijasida vujudga kelgan. 


    184 
    Ijtimoiy sug‘urta
    – davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va 
    kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqasizlarni ta’minlash, yordam 
    ko‘rsatish tizimi. 
    Ijtimoiy ta’minot
    — keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va boquvchisini 
    yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 
    davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. 
    Ijtimoiy siyosat
    - qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni oshirish
    ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar, jamoa 
    va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. 
    Ijtimoiy hamkorlik
    - turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning 
    umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligini ifodalaydi. 
    Ijtimoiy himoya tizimi – 
    kambag‘allik va tengsizlikni kamaytirish, aholining 
    ijtimoiy zaif qatlamlari farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va 
    dasturlar majmuasidan iborat davlat siyosatidir 
    Ijtimoiy xizmatlar
    - fuqarolarning barcha ijtimoiy huquq, manfaat va
    ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat, xususiy va nodavlat sektorlari 
    tomonidan pullik, qisman pullik yoki beg‘araz ko‘rsatiladigan xizmatlar
    majmuasiga aytiladi 
    Ijtimoiy xodim
    — ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita 
    ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega bo‘lgan shaxs. 
    .

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish