180
munosabatlarni bajarish, ularga rioya qilish, ulardan foydalanishni o‘rganadi. Shu
bois ijtimoiy munosabatlar inson hayotida juda katta o‘rin tutadi. Mana shunday o‘ta
muhim va inson hayotiga o‘z ta’siri o‘tkazadigan, insonning kundalik turmushiga
chambarchas bog‘lanib, uning uzviy tarkibiy
qismiga aylangan ijtimoiy
munosabatlarning xususiyatlaridan biri bu – konfliktlar sanaladi. Binobarin,
konflikt insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonining o‘ziga xos
oqibatlari majmuidan iborat bo‘lgan natijaviy hodisa va voqelikdir.
“Konflikt”
(conflictus) lotincha so‘z bo‘lib, ma’nosi “ixtilof”, “to‘qnashish”
deganidir. Atama sifatida quyidagi mazmunlarda qo‘llaniladi:
1) qarshi tomonlar, fikrlar va kuchlar to‘qnashuvi;
2) adabiyot va san’atda- asar mohiyatidagi ziddiyat
yoki personajlarning
o‘zaro ixtilofi. Umuman, konfliktologiya nazariyasida quyidagilar asosiy
masalalar hisoblanadi: -shaxslar o‘rtasidagi ziddiyatlar;
-guruhlar orasidagi
ixtiloflar; -tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar; -g‘oyalar o‘rtasidagi
to‘qnashuvlar; -davlatlar o‘rtasidagi kurashlar; -mintaqalararo raqobatlar.
Konfliktologiya nazariyasida ziddiyatlarini sabablari, oqibatlari va ko‘lamini
o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini topish masalalari muhim o‘rin tutadi.
Konfliktlarni bartaraf qilishning samarali omillaridan biri konsensusdir.
Ijtimoiy sheriklikning nazariy va tashkiliy asoslaridan biri bo‘lgan konsensusni
nemis sotsiologi Yu.Xabermas demokratiyaning muqobili sifatida talqin qiladi.
Uning talqinida demokratik usul jamoa va jamiyatni ikkiga: ko‘pchilik va ozchilikka
bo‘lib qo‘yadi. Konsensus esa bo‘lingan jamoa va jamiyatni birlashtiradi. Bunga u
hal qilinayogan muammoga nisbatan ko‘pchilikning fikrini aniqlash yo‘li bilan
emas, barcha tomonlar qarshi bo‘lmagan yechimni topish yo‘li bilan erishadi.
Konsensusga erishish uchun manfaatlari va yondashuvlari bir-biriga unchalik mos
kelmayotgan tomonlar hech bir tomon qarshi bo‘lmagan yechimni topishga harakat
qilishlari va topishlari kerak.
Konsensus mohiyatan kelishuvni bildiradi. Lekin uning XX asrgacha mavjud
bo‘lgan
kelishuvlardan farqi shundaki, u kelishuvga erishishning yangi samarali
amaliyotini yaratdi. Unga ko‘ra manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan tomonlar
181
o‘zaro munosabat
va muzokaraga kirishar ekan, ular avvalo bir-birlariga yon
bosishlari kerak. Qolaversa, ular barchani qoniqtiradigan, hech bo‘lmaganda hech
qaysi tomonda qarshilik uyg‘otmaydigan yechimni topishga harakat qilishlari va
topishlari lozim. Bunday yechimning topilishi konsensusga erishganlikni bildiradi.
Ijtimoiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning bir kismi sifatida shaxs, axoli ijtimoiy
guruxlari va jamoalarining xayotiy muxim manfaatlari, xukuklari va erkinliklarining
buzilishi taxdidlaridan ximoyalanganlik xolati bo‘lib, uni ta’minlashda
davlat
ijtimoiy siyosati muxim rol o‘ynaydi. Mustakillik yillarida O‘zbekistonda amalga
oshirilgan ijtimoiy-iktisodiy islohotlar va davlat ijtimoiy siyosatining amalga
oshirilishi natijasida mamlakatimizda ijtimoiy xavfsizlik ta’minlandi. Buni
mamlakatimizda axoli turmush darajasi-ning o‘sib borishi
va ijtimoiy-iktisodiy
barkarorlikning ta’minlanganligida ko‘rish mumkin. Ammo xozirgi vaktda ijtimoiy
soxada bir talay muammolarning mavjudligi, jumladan, ishsizlik, inflyatsiya, axoli
tashki mexnat migratsiyasining va kam ta’minlangan axoli katlami-ning xamda
ijtimoiy soxa tarmoklari rivojlanishidagi muammolarning ijtimoiy xavfsizlikni
ta’minlash masalasining xamon dolzarbligicha kolayotganligidan dalolat beradi.