14.2.Xorij davlatlarida oilaviy qon-qardoshlik munosabatlari tarixi.
Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ilmiy-
uslubiy qo‘llab-quvvatlashda dunyoning rivojlangan davlatlarida ijobiy natijalar
bergan yondashuvlarni o‘rganish va joriy qilish – davr talabidir. Bunda oila
muammolarini o‘rganish va hal qilishga ijtimoiy ish nuqtai nazaridan yondashish
sohani modernizatsiyalashtirish, rivojlantirish shartlaridan biridir.
Kezi kelganda shuni aloxida takidlash lozimki,Yevropada er-xotin orasidagi
itoatning qulchilikdan farqi bo‘lmagan. Ulardagi xotinning eriga itoat qilishi savdo
shartnomasiga o‘xshash bo‘lgan. Er o‘z xotinini sotishi, sotib olishi, ijaraga berishi
yoki vaqtinchalikka berib turishi joriy odat bo‘lgan. Fransiya inqilobidan keyingina,
1791 yili chiqarilgan qonun bo‘yicha, bu qoida bekor qilindi. Yangi qonunning 213-
moddasiga binoan, xotin eriga itoat qilishi va u turgan joyda turishi lozim, deyildi.
Mazkur qonunning 1388-moddasiga binoan, itoat vojibligiga xilof bo‘lgan har
qanday shartni bekor, deyildi. 1804 yildagi «Fransiya grajdanlik kodeksi»
166
chiqquncha, er xato qilgan xotinini qamash va xodimga o‘xshash muomala qilish
huquqiga ega edi.
Xorij davlatlarida oila va oilaviy qon-qardoshlik munosabatlarini tartibga
solishda nikoh shartnomasining axamiyati katta bo‘lgan Avvalo, shuni aytish
joizki, nikoh shartnomasi tarixi uzoq moziyga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi
davrda Vavilonda nikoh shartnomasiga amal qilingani haqida ma’lumotlar mavjud.
O‘sha paytda agar turmushga chiqqan ayol biror-bir sabab bilan eridan voz kechsa,
oila sha’nini yerga ursa yoki oilada isrofgarchilikka yo‘l qo‘ysa, nikoh
shartnomasiga muvofiq bunday xotinni eri qul sifatida sotishga haqli bo‘lgan.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, ming yil muqaddam qadimgi Gresiya va
Rimda kelin-kuyov oila qurishdan avval, albatta, kelishuv shartnomasini
rasmiylashtirib olgan. Unda mol-mulk munosabati va merosxo‘rlar masalasi uzil-
kesil hal qilingan. Eng muhimi, bunday hujjatni tuzish va imzolash hech kimga
noqulaylik tug‘dirmagan, uyat ham sanalmagan.
XVII asr oxiri XIX asr boshlariga kelib Fransiya, Angliya, Germaniya,
Avstriya kabi rivojlangan davlatlarda nikoh shartnomasi instituti faoliyati qayta
tiklangan.
1982 yilga qadar Angliyada er-xotinning mol-mulki “Umumiy qoida” (“com-
mon law”)ga muvofiq butunlay erning ixtiyorida bo‘lgan. Turmushga chiqqan ayol
o‘z mol-mulkiga ega bo‘lish yoki uni tasarruf etish u yoqda tursin, hatto bunday
erkinlikdan amaliy jihatdan butunlay mahrum etilgan. Boshqacha aytganda, nikoh
tuzilishi bilan kelinning mol-davlati erning shaxsiy mulkiga aylangan. Ya’ni ayol
shaxs sifatida ham, mol-mulk egasi sifatida ham inon-ixtiyorini butunlay erga
topshirgan.
1
Albatta, bunday ahvol uzoq davom etishi mumkin emas edi. Shunday ham
bo‘ldi. XVII asrga kelib, Angliyada “umumiy qoida” mulkdorlar toifasi
manfaatlariga
to‘g‘ri kelmay qoladi. Natijada turmush qurgan ayol
qarindoshlarining mulkiy huquqini himoya qilish, avloddan-avlodga o‘tib
1
Mirzaeva Z . Nikoh shartnomasi
tarixi.//https://surxondaryo.adliya.uz/surxondaryo/uz/publikatsii/detail.php?ID=121
167
kelayotgan mol-dunyoni saqlab qolish maqsadida ayolning alohida shaxsiy mulki
institutini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. Shu maqsadni ko‘zlab, bora-bora “adolat
sudlari” (“equity”) mol-mulkning bir qismiga nikoh shartnomalarini haqiqiy, deb tan
oladigan bo‘lishdi. “Adolat sudlari” tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalar
odatdagi oilaviy ashyolarga emas, balki shaxsiy mulkka, aniqrog‘i, har qanday
ko‘rinishda boylikka daxldor edi. Qisqasi, XIX asr oxirlarigacha Angliyada
ko‘pchilik aholiga tegishli bo‘lgan — (“common law”) va (“equity”) oliy tabaqalar,
ya’ni mulkdorlik toifasi uchun alohida-alohida oilaviy mol-mulk qonun-qoidalar
amalda hukm surib keldi.
Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida nikoh shartnomalarini tuzishda nihoyatda
jiddiy me’yoriy talablar mavjud bo‘lib, agar unga amal qilinmasa, shartnoma haqi-
qiy emas, deb topiladi. Buning oqibatida bir qator ko‘ngilsizliklar kelib chiqishi
mumkin.
Yana bir qiziq tomoni shundaki, manfaatdor shaxslar nikoh shartnomasi bilan
batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmasada, lekin uning tuzilganligi to‘g‘risida
istalgan vaqtda aniq axborot olishi mumkin.
Germaniyada nikoh shartnomasiga mol-mulk huquqi va qarilik ta’minoti
masalalari kiritilgandagina notarial idora tasdig‘i talab qilinadi, boshqa hollarda
bunga hojat yo‘q. Shuningdek, bu mamlakatda er-xotinning nikohdan oldingi yoki
nikohdan so‘ng orttirgan mulki shaxsan o‘ziniki hisoblanadi. Uni har biri o‘zi
xohlaganidek tasarruf etadi. Oilada er-xotin bir-birining qarzi uchun javobgar emas
va o‘ziga tegishli mulkdangina kafolat vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Faqat
oila ta’minotini ular birgalikda amalga oshiradilar.
1
Bundan tashqari, mamlakatda mabodo nikoh bekor qilinishiga borib yetsa, er-
xotinning nikohgacha va undan keyingi mulki alohida-alohida hisoblab chiqilib,
taqqoslanadi. Agar ular farq qilsa, pul shaklida biridan ikkinchisiga olib berib,
tenglashtiriladi.
1
https://surxondaryo.adliya.uz/surxondaryo/uz/publikatsii/detail.php?ID=1215
168
Shvesiyada esa nikoh shartnomasi okrug sudi tomonidan ro‘yxatga olinadi va
mamlakat bo‘yicha yagona reestrga kiritiladi. Faqat nikoh shartnomasida mol-mulk
va uni boshqarish masalasidan boshqa hech narsa qayd etilmaydi.
Italiyada esa kelin-kuyov bor-yo‘g‘i ikki xil turdagi nikoh shartnomasidan
bittasini tanlab olishi mumkin. (Communione dei beni) — to‘ydan keyin orttirilgan
mol-mulk ajralish vaqtida teng ikkiga bo‘linadi; (Separazione dei beni) — ajralish
vaqtida har kim o‘ziga tegishli mulkni oladi. Nikohgacha er-xotin ega bo‘lgan mulk
bo‘linmasdir. Italiya Konstitutsiyasi nikohga asoslangan oilani tan oladi va uning
huquqlarini kafolatlaydi.
1
Turmush qurish degan tushuncha bor ekan, xohlaymizmi-yo‘qmi ajralish degan
tushuncha ham hayotda mavjud. Shunday ekan, nikoh shartnomasi — qonuniy hujjat
sifatida inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri – AQShda oila va oilaviy
munosabatlarni takominlashtirish borasida ilmiy asosda amalga oshirilgan
islohotlarning ayrim xususiyatlari o‘rganish katta axamiyatga ega.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy ijtimoiy ishchilar jamiyati, ijtimoiy xizmat,
odamlarga, guruhlarga yoki jamoalarga ijtimoiy vazifalarni yaxshilash va o‘z
maqsadlariga muvofiq ijtimoiy sharoit yaratish uchun professional faoliyat uchun
yordam beradi. Oila masalalari bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy ishchilar oilaviy
terapevt bo‘lib, kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi va bakalavr darajasiga ega
bo‘lganlar amaliyotchi, ya’ni umumiy ijtimoiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatishi
taqozo qilinadi.
“Aralashuv” — atamasi oilaning yoki uning atrofidagilarning iltimosiga binoan
yoki biror muayyan muammoli vaziyatga javoban mijoz va ijtimoiy xodim bilan
hamkorlikdagi faoliyatini ifodalaydi. U oila va ijtimoiy xodimning faol, maqsadga
muvofiq yo‘naltirilgan hamkorligiga xizmat qiladi. Oila bilan ishlash jarayoni bir
nechta asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) oiladagi muammolarni aniqlash va aloqa o‘rnatish;
2) ma’lumot, axborot yig‘ish va ularni baholash;
1
O‘sha joyda.
169
3) reja va shartnoma tuzish;
4) zarur chora-tadbirlar yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, aralashuvning muqobil
variantlarni aniqlash;
5) yakuniy baholash bosqichi va jarayonning yakunlanishi.
1
AQShda ijtimoiy ishning turli usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu usullar
muayyan maqsadga erishishga xizmat qiladi. Ijtimoiy xodim albatta, bir qobiqda
emas, yangi, innovatsion, ta’sirchan shakllarini va oilaviy pedoterapiya, psixologik
va ta’lim maslahat, “hamkasb bilan tandem ish” kabi ijtimoiy ish usullari, “oila
profili” kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda “oilada ijtimoiy ishchi” kabilarni
kiritishi mumkin. AQShda ushbu soha o‘zining chuqur ilmiy asosga egaligi ko‘zga
tashlanadi.
Hozirgi kunda Qo‘shma Shtatlarda oilaning an’anaviy modelidan uning
alternativ shakllariga o‘tish tendensiyasi mavjud. Ushbu o‘zgarishlar «oila»
tushunchasini aniqlashda yangi yondashuvlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu
bois ijtimoiy ishchilar uchun maqbul bo‘lgan quyidagi ta’rif oilaviy shakllarning
xilma-xilligini o‘zida aks ettirmoqda: "Oila — ikki yoki undan ortiq kishilarning
yashash muhiti bo‘lib, bunda ular hayot maydonini, majburiyat va mas’uliyatlarni,
rollarni birgalikda baham ko‘rib, taqsimlashadi va o‘zlarini oila deb bilishadi.
Oilaning ma’naviy funksiyalarini baholashda amerika nazariyotchi olimlarining
aksariyati tizimli yondashuv pozitsiyasida turishadi. Ushbu nazariya nuqtai
nazaridan qaralganda oila - bu tizim, uning barcha a’zolari bir-biriga ta’sir
ko‘rsatadilar va ta’sirlanadilar. Har bir oila muhiti o‘z xususiyatlariga ega va bir
qator ichki qoidalar, muayyan rollar, huquq va mas’uliyatning taqsimlash tuzilmasi,
nizolarni hal etishning o‘ziga xos shakllari bilan boshqariladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda AQShda amalda bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy ish
shakllari ishlatiladi: naqd pul yordami tizimlari (imtiyozlar, to‘lovlar,
kompensatsiyalar, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash), natural yordam
tizimlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, shuningdek, dori-darmonlar, xayriya
1
Quronov M. Oilalar bilan ijtimoiy ishlash tendensiyalarining ilmiy asoslariga bir nazar
(AQSh tajribasi) // file:///C:/Users/User/Downloads/3107
170
dasturxonlari, xotin-qizlar uchun huquqiy maslahatlar, uy-ro‘zg‘or xizmatlari uchun
imtiyozlar, kreditlar, imtiyozli ish o‘rinlari va boshqalar), gumanitar yordam shular
jumlasidandir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda oila muammolarini
kompleks o‘rganish va hal qilish dunyoning rivojlangan davlatlarida ushbu sohada
qilinayotgan yangiliklarni ilmiy asosda o‘rganish va samarali natijalar bergan
ijtimoiy texnologiyalarni mamlakatimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, joriy qilish bu
boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
|