13.4.O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning
asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambag‘allikni
qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul yechimdir. Mazkur siyosat
mehnatga layoqatli aholini imkon qadar ish bilan ta’minlash va bir vaqtning o‘zida
muhtoj odamlarni kambag‘allik chegarasidan chiqarishga qaratilgan davlat
tomonidan ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.Shu bilan birga, qashshoqlikni
zudlik bilan bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan sharoitda kam ta’minlanganlarni
ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi
uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish muammosini hal qilishga hukumat
tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda
kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi,
158
kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son qarori
3-ilovasida “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi" to‘g‘risida nizom qabul qilindi. Bu nizomda umumiy
qoidalar, vazirlikning tuzilishi, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy
vazifa va funksiyalari keltirilgan.1
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur
vazirlik
fuqarolarning
o‘zini
o‘zi
boshqarish
institutlari
faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam
ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday
mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo‘lib, u o‘z
fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng ko‘lamda amalga oshirilishini
nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy
ne’matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a’zolari foydasiga
taqsimlash demakdir. O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda boshqa ko‘plab
mamlakatlardan farqli o‘laroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha
ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonda haqiqatan
ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli
tanlanganini ta’kidlash mumkin. Ming yillar davomida xalqimiz yashab turgan
zaminimizda odamlar bir-biriga yordam berishi, og‘ir hayotiy vaziyatlarda qolgan
qashshoq va zaif aholi qo‘ni-qo‘shni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim,
degan an’anaviy dunyoqarash shakllangan. O‘zbekistonda ijtimoiy shartnoma
ijtimoiy axloqning ko‘p asrlik tamoyillariga asoslangan.
1
http://yangiobod.jizzax.uz/yangiliklar/300-kambaallik-chegarasi-va-uni-bartaraf-etish-
choralari.html
159
Shunday bo‘lsada, uzoq vaqt davomida, kambag‘allikning mavjudligi siyosiy
sabablarga ko‘ra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambag‘allikni
aniqlashning qonuniy tasdiqlangan mezonlari yo‘q edi, bu holda samarali ijtimoiy
siyosat olib borish juda mushkul masala edi. Biroq, kambag‘allik muammosi
yo‘qolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli strategiyani ishlab
chiqishga harakat qilindi. BMT, Jahon banki va OTB bilan birgalikda «2008-2010
yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi» ishlab
chiqildi Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qo‘mitalari orqali
kambag‘allarni real ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida tub o‘zgarishlar amalga
oshirilmadi.
Moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15
fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar
va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»
1
bilan
belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi
bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror qabul
qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yig‘ini yoki komissiyaga belgilangan.
Komissiya fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanib
kelgan. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi esa – o‘z
vakolatlarining butun muddati davomida saylangan. Ushbu komissiya a’zolarining
soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim.
Mazkur mexanizm, komissiya a’zolari o‘zlari yashayotgan mahallalarda
qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj aholini bilgan holda ob’ektiv qarorlar qabul qilishni
nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, jamoaviy qaror qabul qilishning bunday
mexanizmi juda murakkab, yetarlicha shaffof emasligi va berilgan vakolatlar
suiiste’mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, ko‘plab jarayonlar ortiqcha
hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir,
ijtimoiy yordam ajratish mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta’sirida
Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto adolatsiz moddiy yordam ajratish
amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi. O‘zbekiston
1
https://lex.uz/docs/2134701
160
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan
ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmonida
1
Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish,
ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash, ularga
yechim topishga qaratilgan tizim joriy qilindi.
Xuddi Xitoydagi kabi O‘zbekistonda ham “manzilli yondashuv” — ijtimoiy
himoya tizimining asosiy elementlaridan biridir. Yordamga muhtoj barcha fuqarolar
tarmoqlar va mahalla yig‘inlari rahbarlari tavsiyasi bilan “Temir daftar”ga kiritiladi.
Aslida, bu “SAXOVAT.ARGOS.UZ” elektron dasturi bo‘lib, unga kiritilgan
fuqarolarga davlatning maqsadli yordam ko‘rsatishi “qat’iy kafolatlanadi”.“Temir
daftar”ga ish o‘rinlari va daromad manbalarini yo‘qotganlarning barchasi,
shuningdek, nogironligi bo‘lgan kishilar, yakka-yolg‘iz qariyalar va kam
ta’minlanganlar kiritiladi.
“Temir daftar”dagi oilalarni tanlash ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan
kategorial baholash usuliga asoslanadi. Bunda aholining ayrim guruhlariga ijtimoiy
yordamga muhtoj shaxslar sifatida qaraladi.
Bizning holatda “Temir daftar”ni yuritish 5 ta toifadagi oilalarni nazarda tutadi:
1) ehtiyojmand, nochor va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
2) nogironligi bo‘lgan va surunkali kasallikka chalingan kishilar;
3) 5 va undan ko‘p farzandi bor oilalar;
4) yakka-yolg‘iz keksalar, bevalar va o‘zgalar qaramog‘iga muhtojlar;
5) karantin choralari natijasida o‘zining daromad manbaini yo‘qotgan oilalar.
Bugungi kunda “Temir daftar”ga kiritishning asosiy mezoni — daromad va
ishlab pul topish vositalarining mavjud emasligi hamda mehnatga layoqatlilikning
cheklanganidir.
Tuman yoki shahar sektorlari rahbarlari mahalla raislari bilan birgalikda
oilalarning moddiy va uy-joy sharoitlarini o‘rganish va umumlashtirish uchun uyma-
1
https://lex.uz/docs/4166958
161
uy yurmoqda, agar maqsadga muvofiq, deb topilsa, yangi aniqlangan
ehtiyojmandlar ham dasturga kiritiladi.
Ushbu dasturning afzalligi shundaki, undan tuman, viloyat va umuman, respub-
likadagi mavjud ijtimoiy vaziyat haqida aniqroq tasavvur yuzaga keladi. Ya’ni,
tuman hokimidan tortib, Prezidentgacha ishlar ko‘lami va erishilgan natijalar
borasida, real yordam ko‘rsatilayotgan oilalar va ism-shariflargacha, aniq va yaxlit
tasavvurga ega bo‘ladi.
Oddiy qilib aytganda, “Temir daftar”da umumiy ko‘rsatkichlar emas, balki har
bir oila, har bir fuqaroning muammolari va ularning yechimlari aks etadi. Bularning
barchasi har bir fuqaroning ijtimoiy muammolariga, uning o‘ta zaruriy
muammolarini hal etishga yordam beradigan yo‘l va vositalarga e’tibor qaratish
imkonini beradi.
So‘nggi yillarda kambag‘allikni yengishga hissa qo‘shadigan boshqa sohalarda
ham salmoqli sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga yangi ish o‘rinlari yaratish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq joylari va qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani takomillashtirish, sog‘liqni saqlash,
kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini yaxshilash hamda iqtisodiy migratsiya kiradi. Bu
sohalarda
oxirgi
yillarda
amalga
oshirilayotgan
ijobiy
o‘zgarishlar
mamlakatimizning uzoq muddatli kambag‘allikni qisqartirish dasturining muhim
qismi hisoblana
di.
|