• 14.1.Oila tushunchasi, uning turlari va shakllari.
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

     
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Kambag‘allik, istemol savatchasi, mutloq kambag‘allik, nisbatan 
    kambag‘allik, ob’ektiv kambag‘allik,sub’ektiv kambag‘allik, “kuchsiz” 
    kambag‘allik, “kuchli” kambag‘allik, qayd qilingan kambag‘allik, suzib
    yuruvchi kambag‘allik, kuchli ijtimoiy siyosat, temir daftar.
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Kambag‘allik tushunchasini izohlab bering? 
    2. Kambag‘allikning qanday ko‘rinishlari va turlari mavjud? 


    162 
    3.Dunyoning 
    rivojlangan 
    mamlakatlarida 
    kambag‘allikka 
    qarshi
    kurashishning qanday zamonaviy tajribalarini bilasiz? 
    4.Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish jihatdan qanday gruhlarga 
    bo‘linadi? 
    5.O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning asosiy 
    yo‘nalishlari nimalarda ifodalanadi?
     
     
    14-mavzu: DAVLATNING OILAGA QARATILGAN SIYoSATI 
    Reja: 
    14.1.Oila tushunchasi, uning turlari va shakllari. 
    14.2.Xorij davlatlarida oilaviy qon-qardoshlik munosabatlari tarixi. 
    14.3.Davlatning oila institutiga qaratilgan ijtimoiy siyosati. 
    14.1.Oila tushunchasi, uning turlari va shakllari. 
    Oila-inson tafakkurining oliy mahsuli. Zotan, bu mo‘jaz maskan umrimizga 
    mazmun, hayotimizga fayz beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida 
    muhim o‘rin tutadi. Ayni chog‘da oiladagi totuvlik va ahillik kishining ongu 
    shuurida hayotga muhabbat, kasbga sadoqat, atrofdagilarga nisbatan hurmat va 
    e’tibor singari yuksak insoniy fazilatlarni ham shakllantiradi. 
    Sog‘lom muhit qaror topgan oilalar yurt koriga yaraydigan, el xizmatiga 
    kamarbasta bo‘la oladigan farzandlarni tarbiyalab, kamolga yetkazishning eng 
    asosiy omillaridan biridir. Shu boisdan ham mamlakatimizda oilalar 
    mustahkamligini ta’minlash, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash 
    davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. 
    Oilaning quyidagi turlari mavjud: 
    1. Katta patriarxal oila, bunda ota-onalar, bolalar, nevaralar bir oilada 
    yashaydilar; 
    2. Ikki avloddan – ota-ona va bolalardan iborat oila; 
    3. Noto‘liq, ya’ni oilada biror sababga ko‘ra ota yoki ona yo‘qligi; 


    163 
    4.Faqat er va xotindan tashkil topgan oila; 
    5. Aralash, yaqin yoki uzoq qarindoshlar bir xonadonda istiqomat qiladigan 
    oila; 
    6. Baynalmilal, turli millat vakillari tuzgan oila: 
    7. Qayta qurilgan oila.1 
    Bu oilalarni er va xotinning kelib chiqishi ma’lumoti, kasb-hunariga, moddiy 
    va ma’naviy boyligiga, qaerda yashashiga qarab ham turlarga bo‘lish mumkin. 
    Oilaning tarkibi turli xil bo‘lishiga qaramasdan, oila bajarishi zarur bo‘lgan umumiy 
    vazifalar mavjud. Oilaning vazifalari: iqtisodiy-xo‘jalik, reproduktiv (naslning 
    davom ettirilishi), tarbiyaviy (mehnat, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, g‘oyaviy, 
    jismoniy, aqliy, ruhiy, jinsiy, axloqiy, estetik, diniy), nazorat etish, oila a’zolarining 
    mavqeini, hurmatini, or-nomusini, sha’nini himoya etish, dam olishni, bo‘sh vaqtni 
    unumli tashkil etish, yosh avlodni oila qurishga tayyorlash, yordam berish, ruhiy-
    emotsional, muloqot (kommunikativ), qari bobolar-momolar, ota-onalar haqida 
    g‘amxo‘rlik. 
    Tadqiqotlarda oilaning turlicha tariflari keltiriladi. 
    Oila — insonlarning tabiiy biologik, nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, 
    huquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan, turmush birligi va o‘zaro 
    javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir2. 
    Oila — jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, u qo‘yidagi qat’iy belgilar bilan 
    ajralib turishi kerak: 
    - erkak va ayolning o‘zaro ittifoqi, kelishuvi;3 
    - ixtiyoriy va erkin holda nikoh tuzilishi; 
    - er-xotinning birgalikda umr kechirishi;4 
    - birgalikda ro‘zg‘or yuritishi; 
    1
    Vatan tuyg‘usi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996, 82-b.
    2
    Bo‘rieva M.R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. T.: “Universitet”. 1997. - 5-bet. 
    3
    1948 yilda qabul qilingan BMT Bosh assambleyasi Inson huquqlari deklaratsiyasining 16-
    moddasi. 
    4
    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2017 yil № 
    4, 2017 www.iqtisodiyot.uz 3


    164 
    - hukumat tomonidan belgilangan va jamiyatda amal qilinadigan huquqiy
    normativ hujjatlar asosida nikoh munosabatlariga kirishishi; 
    - farzand ko‘rish, uni moddiy ta’minlash va tarbiya berishga birgalikda intilishi 
    (Oila demografik jarayonlarning rivojlanishida eng asosiy o‘choq hisoblanadi); 
    - nikohning doimiyligiga intilish, hayotning har qanday qiyinchiliklariga 
    qaramay oilani saqlab qolishga intilish1. 
    Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda oilalarning tuzilishi, tarkibi va boshqa 
    ko‘rsatkichlariga ko‘ra bir nechta toifalarga bo‘linganini ko‘rish mumkin. Ya’ni: 
    - nikoh birligiga ko‘ra (poligam – ko‘p nikohli, monogam – bir nikohli); 
    - oilada istiqomat qiluvchilar tarkibiga ko‘ra (oddiy (bir ota-ona va turmush 
    qo‘rmagan farzandlar bilan), murakkab (ikki yoki undan ortiq oilalar birga istiqomat 
    qiladigan (yoki bobo-buvi, ota-ona, o‘g‘il-kelin tarzida)), (agar ota-onalar hayot 
    bo‘lib birga yashashsa, tugal oila, agar ulardan biri vafot etgan bo‘lsa, yoki faqat biri 
    farzandlar bilan yashashi tugalmas oila deb tavsiflanadi); 
    - oilalarda oila a’zolarining miqdoriga ko‘ra, (kichik oilalar – 2-4 kishidan, 
    o‘rta oilalar – 5-6 kishidan, katta oilalar – 7 va undan ortiq kishidan iborat) va 
    boshqalar. 
    Shuningdek, oila a’zolarining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi, ijtimoiy guruhga 
    mansubligi bo‘yicha tarkibi va boshqa qator indikatorlari ham bor. Oila nikoh va 
    tug‘ilish jarayonlarini o‘zida aks ettiruvchi manba hisoblanadi. Ular bir-biri bilan 
    o‘zaro zanjirdek bog‘langan bo‘lib, jamiyat rivojlanishini, davomiyligini 
    ta’minlovchi asosdir. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholining qator 
    demografik ko‘rsatkichlari — tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sish bir xilda kechmagan. 
    O‘tgan davrda bu ko‘rsatkichlarning ortib borishini ham, kamayib borish holatlarini 
    ham ko‘rish mumkin. Bu jarayonlarda oilalar va ulardagi farzandlar soni muhim rol 
    o‘ynagan faktorlardan hisoblanadi. Shu o‘rinda ko‘p bolali oilalar, umuman oiladagi 
    bolalar soni nuqtainazaridan oilalar miqdorini aniqlash bo‘yicha ilmiy xulosalarga 
    tayanadigan bo‘lsak, bu tushunchaning barcha birdek qabul qilgan me’yori yo‘q. 
    1
    Deklaratsiya «Moskovskogo demograficheskogo sammita: Semya i buduщee chelovechestva». 
    4 iyul 2011 g. 


    165 
    Oilaning miqdori nisbiy tushuncha bo‘lib, uning birinchi navbatda qaysi millatga, 
    elatga mansubligi, ularning yashash mentalitetiga bog‘liqdir. 
    Xulosa qilib shuni aytish kerakki, birinchidan, oila – jamiyatning muhim 
    hujayrasi bo‘lib, jamiyatning normal rivojlanishi, aholining ko‘payishini, yosh 
    avlodning jismoniy va ma’naviy tarbiyasini, insonning tabiiy ehtiyojlari – sevgi, 
    muhabbat va muloqotni ta’minlaydi. Ikkinchidan, bugungi kunda oila – o‘zining 
    tarbiya yo‘nalishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘zaro uyg‘unlik kasb etgan. 
    O‘z an’analarini avlodlarning boy tajribalari asosiga qurgan va ularni muntazam 
    boyitib borishga odatlangan, sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitga ega bo‘lgani 
    natijasida 
    har 
    qanday 
    ijtimoiy-iqtisodiy 
    shart-sharoitda 
    ham 
    o‘zligini 
    yo‘qotmaydigan, o‘z davri bilan hamisha hamnafas va hamkor oiladir. Odatda 
    bunday oilada oilaviy munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ota-ona va 
    farzandlar, bobo-momolar va nabiralar o‘rtasida bir-birini tushunish, anglash, 
    hurmat qilish, o‘zaro yordamlashish, mehr-muruvvat ko‘rsatish tamoyillari 
    uyg‘unlik kasb etgan bo‘ladi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish