151
«mini-ro‘yxatga olish»lar jamoatchilik fikrini o‘rganish emas, ular faqat masalaning
amaliy tomoni bilan bog‘liq, ya’ni, siz qancha daromad olasiz, qancha sarf qilasiz
va hokazo.
Uchinchi yondashuv
– bu daromad
va xarajatlarning jismoniy
ko‘rsatkichlarini emas, balki moddiy boyliklari, moddiy
muammolari va turmush
tarzi ko‘rsatkichlarini baholovchi ommaviy so‘rovlardir.
Kambag‘allikni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Mutloq kambag‘allik
.
Shaxsning o‘z topayotgan daromadiga asosiy ehtiyoji iste’mol, turar joy,
kiyim
kechagiga bo‘lgan talabini qondira olmasligi yoki minimal xarakterdagi yashashini
ta’minlashga ehtiyojini qondira olishi.
Nisbatan kambag‘allik
. Mazkur jamiyatda qabul qilingan hayot,
yashash
sharoiti, tarzi standart talablari ko‘rsatkichlari, farovonligi standart talablarining
ayrim mezonlariga nisbatan kambag‘alligi
Ob’ektiv kambag‘allik
. Mamlakatdagi mavjud
ijtimoiy iqtisodiy tizim
sharoitida insonning turmush shart-sharoiti. Jamiyat ob’ektiv xarakterdagi omillar
ta’siri oqibatida ijtimoiy muvozanatlik, tartibning buzilish holatlari. Kambag‘allik
darajasini aniqlashda “ob’ektiv” ilmiy ma’lumotlardan foydalanish.
Sub’ektiv kambag‘allik.
Har qanday shaxs o‘zining ijtimoiy
muammolarini
shaxsan baholashi. Sub’ektiv kambag‘allik insonlarning daromadlarini taqqoslash
orqali va ular tafovuti orqali aniqlash.