143
• mexnatga xak to‘lash xarajatlarining yalpi ichki maxsulot xajmidagi
solishtirma ulushi. Bu ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotida ish bilan bandlik
soxasidagi iktisodiy siyosatning eng muxim indikator-laridan biri xisoblanadi;
• mexnat bozorida ish kuchi sifati va rakobatdoshligi darajasi.
Ishsiz kolgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-kuvvatlash, ularni ijtimoiy
muxofazalash mexnat bozoriga davlat siyosatining passiv shakliga kiradi.
Ishsiz
fukarolarni davlat kafolatlaydi:
• ishsizlik bo‘yicha nafaqalar ko‘rinishida ijtimoiy ko‘llab-kuvvatlash, moddiy
yordam va boshka ijtimoiy to‘lovlarni ta’minlash;
• bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlarga moliyaviy yordam ishsizlik buyicha
sug‘urta tizimi asosida amalga oshiriladi. aholining aloxida guruxlari, ishlovchilar,
tadbirkorlar xamda mexnatni tashkil etishning ma’lum unsurlari davlat ta’sir
ko‘rsatish ob’ekti xisoblanadi. Davlat ularga turli imtiyozlar, shu jumladan, solik
imtiyozlari takdim etadi, jamoat ishlarini tashkil kiladi, shu orkali mexnatga bulgan
talabni rag‘batlantiradi va bandlik muammolarini xal kiladi, korxona va ish joylarini
(davlat tadbirkorligi) o‘zi yaratadi va x,.k. Ta’sir ko‘rsatish ob’ekti xususiyatlaridan
kelib chikib, umumiy ta’sir ko‘rsatish choralarini va
maxsus tadbirlarni ajratish
mumkin.
Ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan talabni xam, taklifni
xam oshiradigan (kamaytiradigan), talab tarkibi va taklifning tarkibida aks etadigan,
ularning uzaro muvofikligi darajasini oshirishga karatilgan tadbirlar farklanadi.
Ta’sir ko‘rsatish shakliga ko‘ra, bevosita va bilvosita tartibga solish usullari
farklanadi. Birinchi guruhga davlat subsidiyalashi va turli imtiyozlar, shu jumladan,
soliqlardan imtiyozlar takdim kilish yo‘li bilan barcha mumkin bo‘lgan tashkiliy-
hukukiy shakllardagi, davlat bandlik xizmati bilan hamkorlik kiladigan va kandaydir
kasb bo‘yicha o‘qigandan keyin ishga kabul kiladigan
korxonalarda bandlikni
rag‘batlantirish kiradi. Ikkinchi guruhga demografik vaziyatni tartibga solish, davlat
xaridlarini ko‘paytirish, solik tusiklarini kamaytirish, amortizatsiyani jadallashtirish
144
va boshka tadbirlar, ya’ni mamlakat iktisodiyoti pasayish boskichida bo‘lgan
davrdagi ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantiradigan dastaklar kiradi.
1
Iktisodiyotni modernizatsiyalash boskichida O‘zbekistonda
aktiv bandlik
siyosatga o‘tish hayotiy zaruriyatdir. Aktiv bandlik siyosati - bu davlat tomonidan
ishsizlik darajasini pasaytirish maksadida olib boriladigan hukukiy,
tashkiliy va
iktisodiy chora-tadbirlar yig‘indisidir. Bu siyosat ish o‘rinlarini saklab kolish
maksadida
ishchilarni
kutilayotgan
bushatishlardan
ogohlantirish;
ish
izlayotganlarni o‘qitish, kayta tayyorlash va malakasini oshirish; yangi ish urinlarini
yaratishni moliyalashtirish; ish o‘rinlarini izlash va tanlash; jamoat ishlarini tashkil
etish tizimi orkali yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshkalarni kamrab oladi.
Bandlik sohasida faol davlat siyosatini olib borish aholini ish bilan ta’minlash
dasturini ishlab chikish va uni hayotga tatbik etish orkali amalga oshiriladi. Bu
dastur mehnat bozoridagi holat va uning rivojlanish
istikbollariga mos ravishda
shakllanadi.
Bandlikni xududiy tartibga solish hududlar rivojlanishining ko‘plab o‘ziga xos
jixatlarini xisobga olishni va ular asosida anik maksadga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar ishlab chikishni takozo etadi.