142
Qonunning 5- moddasida aholi bandligi sohasidagi asosiy tamoillar
quyidagilardan iborat deb belgilandi:
bandlik turini tanlashning ixtiyoriyligi va erkinligi;
aholi bandligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi;
shaffoflik va ochiqlik;
ishsizlikdan himoya qilish va ishga joylashishda, kasbga tayyorlashdan, qayta
tayyorlashdan hamda malaka oshirishdan o‘tishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish,
mustaqil ish izlash va ishga joylashish uchun huquqni ta’minlash;
kasb egallash va ishga kirishdagi, mehnat qilish va bandlikni ta’minlash
sharoitlaridagi, mehnatga haq to‘lashdagi, xizmat pog‘onalari bo‘yicha
ko‘tarilishdagi imkoniyatlar tengligining kafolati;
majburiy mehnatni taqiqlash, ya’ni biron-bir jazo qo‘llash tahdidi bilan ish
bajarishga majburlashni taqiqlash.
1
Ana shu tamoillar asosida amalga oshiriladigan
bandlik siyosati o‘zining samarasini beradi.