Mexnat bozorining modellari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

12.3.Mexnat bozorining modellari.
Mehnat bozori bozor iqtisodiyoti tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu, 
birinchi navbatda, bozor munosabatlari sharoitlarida amal etadigan turli: xom ashyo, 
materiallar, yokilg‘i, tayyor buyumlar, loyihalar, ilmiy ishlanmalar, xizmatlar, turar 
joy, investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar va boshka bozorlar bir-birlaridan farq qilsa 
ham ularni asosiy sub’ekt -inson birlashtirib turishi bilan izohlanadi. 
Mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasining maqsadi mazkur sohalarda 
ro‘y berayotgan voqea va jarayonlarni ilmiy holda ifoda etishdir. Bu nazariya amaliy 
ahamiyatga ega: u mazkur sohalarga oid bilimlarni integratsiyalashtirar va 
umumlashtirar ekan, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va inson hayoti faoliyatining 
boshqa jabhalarida real tarzda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Davlat mehnat bozorida ikki turdagi siyosatni amalga oshirishi mumkin: 
1
IKTISOD VA MOLIYa / EKONOMIKA I FINANSЫ 2017, 7 


145 
1. Passiv siyosat ish izlayotgan fuqarolarni ruyxatga olish, ishsizlik nafaqasini 
tayinlash, uni taqdim kilish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oilalarini 
qo‘llab-quvvatlashning pulsiz shakllarini amalga oshirish bilan cheklanadi. 
2. Faol siyosat bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat qilayotgan aholi 
ehtiyojlariga ko‘p darajada javob beradi. Uning maqsadi mehnat qilishni istagan har 
kanday inson o‘z talablariga mos ish joyini topishidan iborat. To‘lik bandlikni 
ta’minlashga qaratilgan aktiv siyosat olib borish rivojlangan mamlakatlar mehnat 
bozoridagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bu siyosat asosiy 
tadbirlariga quyidagilar kiradi: 
• davlat tomonidan iqtisodiyotga investitsiyalarni rag‘batlantirish, bu yangi ish 
joylarini yaratishning asosiy sharti hisoblanadi; 
• tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘lik ishsizlarni qayta o‘qitish va malakasini 
oshirishni tashkil etish; 
• mehnat bozorida vositachilik qilayotgan mehnat birjalari va bandlik 
xizmatlarini rivojlantirish, friksion ishsizlik va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘lik 
ishsizlikni pasaytirish maqsadida vakant ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, 
taxlil qilish va bartaraf qilish borasida choralar ishlab chikish; 
• kichik va oilaviy tadbirkorlikka ko‘maklashish, bu ko‘plab mamlakatlarda 
aholi bandligini ta’minlashning muhim uslubi sifatida o‘rganilmokda; 
• ish beruvchilar tomonidan alohida aholi guruhlari - yoshlar, nogironlarga ish 
joylarini taqdim etishni davlat tomonidan rag‘batlantirish (soliq va qonunchilik 
tadbirlari orqali); 
• zarurat tug‘ilganda ish topish uchun yashash joyini o‘zgartirishda 
ko‘maklashish; 
• bandlik muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlik, xalqaro mehnat 
migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish; 
• davlat sektorida - ta’lim, tibbiy xizmatlar, kommunal xo‘jaligi, jamoatchilik 
binolari va inshootlarini qurish sohalarida ishchi o‘rinlarini yaratish; 
• jamoat ishlarini tashkil kilish. 


146 
Mehnat bozorida faol siyosat olib borishda bandlar, band bo‘lmagan va ishsiz 
fuqarolarning yosh-jinsiy tarkibi, kishilarning o‘rtacha yoshi, mazkur tarmoq 
mehnat salohiyatini tashkil qiluvchilar, ularning malaka darajasi, yollanib 
ishlashdan oladigan oila daromadi, mustaqil bandligi, yakka mehnat faoliyati hamda 
mehnat muassasalarini (tadbirkorlar, ishlovchilar, kasaba uyushmalari tashkilotlari) 
rivojlantirish va uning samaradorligini hisobga olish zarur. 
Mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasi uning vazifalarida 
konkretlashadi. Bu mehnat bozori va ish bilan bandlik rivojlanishi qonuniyatlari va 
tendensiyalarining tahlili asosida mazkur sohalarning tub muammolarini aniqlash va 
ularni hal etish yo‘llari va usullari yuza-sidan ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash, 
mehnat bozori samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan modellar ishlab chiqish, 
mehnat resurslari prognozlari asosida mamlakat va mintaqani iktisodiy-ijtimoiy 
rivojlantirish istiqbol rejalariga aniqliklar kiritish buyicha xulosalar tayyorlashdan 
iboratdir. 
Mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasida umumiy, alohida va xususiy 
qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ular mehnat bozoridagi talab va taklifning ish haki 
mikdoriga bog‘liqligi, ishsizlik va iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligining o‘zaro 
bog‘likligi, ish bilan bandlik tarkibining xo‘jalik yuritish shaklidagi bog‘liq ravishda 
o‘zgarishi, ilmiy-texnikaviy va texnologik taraqqiyot natijasida tarkibiy 
ishsizlikning paydo bo‘lishi kabi jarayonlarda o‘z ifodasini topadi. 
Mehnat bozorida faol siyosatni amalga oshirish mintaqalarda iqtisodiyot 
tarkibiy o‘zgarishlar va uni tartibga solishning samarali usullarini shakllantirish 
bilan bog‘liq 
Mehnat bozorini tartibga solish deganda, tashqi mehnat bozoriga ta’sir 
ko‘rsatadigan chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi. Bu tadbirlar iqtisodiy, ma’muriy, 
tashkiliy, qonuniy va mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlari majmui 
hisoblanadi. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
maqsadlari ishsizlarni mehnat faoliyati jarayoniga yanada jadalrok jalb etish, 
tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirishni xohlovchilarga ishchi o‘rinlarini takdim 
etish va ishdan bo‘shatilayotgan ishlovchilarni qayta taqsimlashdan iborat. Band 


147 
bo‘lmagan fuqarolarni ijtimoiy muhofazalash, egiluvchan mehnat bozorini huquqiy 
ta’minlash hamda ishga joylashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘li 
bilan rivojlantirish bu faoliyatning asosiy yunalishlari hisoblanadi. 
Mehnat bozorlarida boshqa bozorlardagidan farqli ravishda iste’molchi 
extiyojini qondiradigan tovar emas, balki muayyan mahsulot ishlab chiqarish 
(xizmat turi kursatish) uchun talab etiladigan ishchi kuchi xarid qilinadi. Ya’ni 
ishchi kuchiga talab tovar va xizmatlarga talabdan kelib chiqadi, bu esa mehnat 
bozori tovar bozorlari bilan uzviy bog‘likligini ko‘rsatadi. Ayni paytda ishchi 
kuchiga talab kapital bozoridagi holat investitsiya muxitidan ham kelib chiqadi. 
Mehnat va kapital bir-birini to‘ldira oluvchi va bir-birining o‘rnini bosa oluvchi 
ishlab chiqaruvchi omillar hisoblanadi. Shuning uchun kapital qiymatidagi har 
qanday o‘zgarish mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bu omillar mexnat, 
tovar va kapital bozorlari o‘zaro alokada amal qilishini ko‘rsatadi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish