mavsumiy
(iqtisodiyot tarmoqlari — qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat
sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘chish),
mayatniksimon
(mokisimon) (ertalab ishga, o‘qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib
kelish) migratsiya turlari bo‘ladi. Ma’lum vaqt davomida hududga ko‘chib kelgan
va ko‘chib ketgan kishilar soni o‘rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba’zan
migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni
ham kiritadilar, lekin turar joyni o‘zgartirmagani uchun ularni aholi migratsiyasiga
kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to‘xtovsiz o‘sib
borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga
nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy jihatlardan to‘la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning
qurilishi, 50—60-y. larda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren,
Olmaliq, Yangier va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi
kadrlar bilan ta’minlash maqsadida sho‘rolar davrida SSSRning markaziy sanoat
rayonlaridan aholini ommaviy ko‘chirib keltirish hisobiga bo‘ldi. Natijada bu
shaharlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko‘pchiligi Respublika
tashqarisidan yo‘llanma bilan kelgan kishilar bo‘ldi. 1966 y. gi Toshkent zilzilasidan
so‘ng Toshkent shaxri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida o‘z
yurtlaridan qochoq bo‘lganlar va badarg‘a qilinganlar ham O‘zbekistonda qo‘nim
topdilar.
Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an’analar ham ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyo xalqlarida, jumladan o‘zbeklarda tug‘ilib o‘sgan joyga mehri
balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust. Shuning uchun davlat migratsiyaga
oid siyosat yuritish jaroyonida axolining tarixiy va milliy xususiyat va ananalarini
inobatga olsa bu siyosatning samaradorligi yuqori bo‘ladi.
O‘zbekistonda mustaqillik sharofati bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan
bog‘liq tub o‘zgarishlar birinchi navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli
ta’sir ko‘rsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga
126
asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan
ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan ob’ektiv jarayonlar oqibatida
minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, o‘zlarining daromad manbaidan ajraldi.
Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy ta’lim tizimi
mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib
chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali
moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga
talab o‘rtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari
o‘rnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila
daromadining yakkayu-yagona manbai bo‘lgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy
fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani ta’minlash
choralarini izlashga majbur qildi.
O‘zbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus
olishining hamda
sobiq ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yanada asoratliroq kechishining inkor
etib bo‘lmaydigan o‘ziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-sobiq sovet tizimidan meros bo‘lib qolgan ijtimoiy sohaning beo‘xshovligi;
-sovetlar hukumatining sun’iy yaratilgan, lekin ish haqi o‘ta past, turmush
darajasini ta’minlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish
o‘rinlari tashkil etish vositasida aholining to‘la bandligini ta’minlash siyosati;
-sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral
(gorizontal) iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi;
-murakkab demografik vaziyat;
-oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;
-bozor munosabatlariga o‘tish davri qiyinchiliklari ta’siri ostida ishlab
chiqarish mutlaq hajmining qisqarishi;
-iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi;
-eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;
127
-bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga
almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va
hokazolar.1
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy
munosabatlarini shakllantirish hamda o‘tish davrining tabiiy qiyinchiliklari
oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish,
imkon qadar uning ko‘lamini jilovlashning, ya’ni ishsizlik muammosini oqilona hal
qilishning ikki yo‘li bor edi.
Birinchi yo‘l – bu mamlakatda ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratish va o‘tish
davri qiyinchiliklari hamda tizimli o‘zgarishlar oqibatida barcha ishdan
bo‘shaganlarni yangidan yaratilgan ish o‘rinlariga joylashtirish. Muammoning
yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va
xususiy tadirkorlikka keng yo‘l ochib berish, unga imtiyozlar berish, qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini ko‘rish siyosatini tutdi. Lekin,
endigina mustaqillikka erishgan va o‘tish davri inqirozini boshidan kechirayotgan
mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy
imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan
shug‘ullanish va uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi.
Ikkinchi yo‘l – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari,
oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrog‘i mehnat migratsiyasiga yo‘l
ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir
qismi, aniqrog‘i nomigagina bandlikda bo‘lib, maosh olib yurganlar yoki ishdan
bo‘shab, ishsizlar toifasiga mansub bo‘lganlar mana shu ikkinchi yo‘lni tanlashga
majbur bo‘lishdi.
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari qanchalik murakkab, uning
ildizlari qanchalik chuqur bo‘lmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har
1
Gulyamov S.S., Muhammedov M.M. Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini qanday
bartaraf
etish
yo‘llari
bor?//
https://yuz.uz/news/mehnat-migratsiyasi-va-uning-salbiy-
oqibatlarini-qanday-bartaraf-etish-yollari-bor
128
birimizning unga nisbatan munosabatimiz, uning kelajagiga nisbatan aniq
strategiyamiz shakllanmog‘i lozim. Mehnat migrantlari yana qancha vaqt begona
yurtlarda muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan hayotiy savolga aniq
javob mana shu strategiyada o‘z aksini topmog‘i lozim.
Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni
xalqimiz uchun yurt xazinasini to‘ldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati
tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi
O‘zbekistonga to‘rt tomonlama manfaat keltiradi. Bu:
|