Soyib raupov ijtimoiy siyosat




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

 
10
.
2.Demografik siyosatning xususiyatlari.
Demografik siyosat davlat organlari va ijtimoiy institutlarning axolini takror 
hosil jarayonlarini tartibga solish soxasidagi aniq maqsadni ko‘zlagan faoliyatidir. 
Uning tarkibi siyosiy faoliyat boshqa soxalarida bo‘lgani kabi ikki muxim va o‘zaro 
bog‘lik tarkibiy qismlardan: demografik maksadlarni belgilash xamda ularni amalga 
oshirishdan iborat. Demografik siyosatning maqsadi va vazifalari, koida buyicha, 
qonunlar, hukumat karorlari, siyosiy va strategik dasturlar, joriy rejalarda o‘z 


120 
ifodasini topadi. Demografik siyosatning ob’ekti - umuman mamlakat yoki uning 
mintaqalari axolisi, oilalar, uy xo‘jaliklaridir. 
Demografik siyosatning asosiy yo‘nalishlari, odatda, quyidagilarni qamrab 
oladi: 
- oila, ona va bolalarga davlat tomonidan yordam kursatish; 
-ayollarning oilaviy vazifalarni bajarishlarini ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
hayotda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; 
- axolining kasallanishi va o‘lim darajasini kamaytirish, umr ko‘rish 
davomiyligini uzaytirish uchun zarur choralarni ko‘rish; 
- axolining turmush darajasi va turmush sifatini oshirish; 
- axolining joylashishi, urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish; 
- migratsiya jarayonlarini tartibga solish. 
Ushbu yo‘nalishlar ijtimoiy siyosatning ish bilan bandlikni ta’minlash, 
sog‘likni saqlash, ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, turarjoy qurilishi, xizmat ko‘rsatish 
soxalarini rivojlantirish, nogironlar va mexnatga layokatsizlarga ijtimoiy yordam 
ko‘rsatish kabi maqsad va vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Demografik 
siyosatni o‘tkazish quyidagi shart-sharoitlarga rioya qilishni talab etadi: 
-demografik siyosat strategiyasi, maqsadlari va vazifalari, belgilangan rejalarni 
amalga oshirish muddatlari belgilangan yaxlit konsepsiyaning mavjudligi; 
- qabul kilingan konsepsiya barcha tadbirlarini moliyalashtirish manbalarining
mavjudligi; 
- demografik siyosatni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va 
ijtimoiy institutlarning mavjudligi. 
Davlatning demografik siyosatini o‘tkazishda ma’muriy-huquqiy iqtisodiy va 
ijtimoiy-psixologik uslublardan foydalaniladi. 
Ma’muriy-huquqiy uslubda axolining takror hosil bo‘lishini tartibga solishga 
qonunlar va me’yoriy-huquqiy xujjatlar, davlat organlari va ijtimoiy institutlar orqali 
ta’sir ko‘rsatiladi. Oila-nikox munosabatlari, oila, onalik va bolalikni muxofaza 
qilish, gender siyosatiga doyr qonun xujjatlari, xukumat dasturlari va boshqalar 
shular jumlasidandir. 


121 
Iqtisodiy uslub tug‘ilish darajasini oshirishni rag‘batlantirish, umr ko‘rish 
davomiyligini uzaytirishga qarartilgan shart sharoitlarni yaxshilashni moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlash, axolining ijtimoiy himoyaga muxtoj katlamini moddiy 
jixatdan qo‘llab-quvvatlash kabi tadbirlarni qamrab oladi. 
Davlatning demografik siyosatini amalga oshirishning ijtimoiy-psixologik 
uslubi axolini “demografik tarbiyalash”, deb xam ataladi. U fuqarolarning oilaga, 
oila tarkibiga, sog‘lom turmush tarziga munosabatini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Ayniksa, ota-onalarning “demografik savodxonligi”ga katta e’tibor beriladi. 
Demografik tarbiyaning yana bir muhim yo‘nalishi aholining demografik 
mayliga ta’sir ko‘rsatishdir. Demografik tarbiyalash, asosan, ijtimoiy institutlar, 
ta’lim va targ‘ibot muassasalari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga 
oshiriladi. 
XVII asrdayok Fransiya Yevropada birinchilardan bo‘lib o‘z axolisi soni 
ko‘payishini rag‘batlantirish siyosatini amalga oshira boshlagan. Bunga ko‘p 
jixatdan Fransiyaning Germaniya bilan 30 yillik (1618-1648 yillar) urushda katta 
talafot ko‘rgani sabab bo‘lgan. XVIII asrda esa manufaktura ishlab chiqarishining 
kengayishi bilan ishchi kuchiga talab kuchaygan va sanoati rivojlanayotgan 
davlatlarda tug‘ilishni ko‘paytirish qo‘llab-kuvvatlangan. 
XIX asrning oxirgi choragida urushlar natijasida Germaniya va Belgiyada xam 
katta yo‘qotishlar oqibatida aholining jiddiy ravishda kamayishi boshlandi. Bu 
ushbu mamlakatlar hukumatlarini tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun maxsus davlat 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga undadi. Ayni paytda sog‘likni 
saklash va axoliga ommaviy tibbiy yordam ko‘rsatish davlat dasturlari qabul qilindi. 
XX asr davomida turli davlatlarda demografik siyosatdagi ustuvorliklar 
maxalliy sharoit va vaziyatlardan kelib chiqqan holda o‘zgarib turdi. Lekin 
jaxondagi barcha mamlakatlarga xos bo‘lgan demografiya siyosatining ikki eng 
muxim yo‘nalishi: sog‘liqni muxofaza qilish va o‘lim darajasini kamaytirishga 
investitsiyalarni ko‘paytirish xamda tug‘ilishni davlat tomonidan rag‘batlantirishdan 
bosqichma-bosqich bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va farzandlar soniga 


122 
bog‘liq ravishda aholining iqtisodiy tengsizligi darajasini pasaytirishga o‘tishni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Umuman, Ikkinchi jaxon urushidan keyin demografik siyosatga aloxida e’tibor 
qaratila boshladi. Bunda demografik jarayonlarga ikki xil yondashuvni kuzatish 
mumkin. Masalan, Fransiya urush oqibatidagi demografik inqiroz tufayli 1946 
yilning o‘zida oilada farzand tug‘ilishini, ayniqsa uchinchi bola ko‘rishni 
rag‘batlantirish maqsadida oilalarga mablag‘ ajratish tizimini joriy etdi. 1960-1970-
yillarda tug‘ilishni rag‘batlantirish choralari ko‘pgina boshqa rivojlangan 
mamlakatlarda ham joriy qilindi. Shu bilan birga “uchinchi dunyo”da 1950-1960-
yillarda “oilani rejalashtirish” siyosati amalga oshirila boshladi. Bunga ikkinchi
jahon 
urushidan 
keyin 
davlat 
mustakilligiga 
erishgan 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi oila darajasida amalda tartibga solinmaydigan tug‘ilishning 
nihoyatda yuqori darajasi bilan bog‘lik “demografik portlash” sabab bo‘ldi. Ushbu 
davlatlarda aholi sonining jadal sur’atlarda ortishi rivojlanayotgan milliy 
iqtisodiyotlari uchun jiddiy muammoga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishni 
murakkablashtirayotgan axoli soni ortishining jadal sur’atlaridan tashvishga tushgan 
mamlakatlarda tug‘ilishni nazorat qilish siyosati qo‘llab-quvvatlana boshladi. 
Hindiston rivojlanayotgan davlatlar orasida birinchi bulib 1951 yilda oilani 
rejalashtirish milliy dasturini rasmiy davlat siyosati sifatida tasdiqladi. Bu yerda 
nikoh tuzish yoshi jiddiy ravishda uzaytirildi, oilada to‘rt a’zo bo‘lishi - “Biz ikki 
kishimiz - bizga ikki bola” shiori ostida keng targ‘ib qilindi. 1975 yilga kelib, Afrika, 
Osiyo va Lotin Amerikasining 34 mamlakatida tug‘ilish va aholi soni ortishi 
sur’atlarini kamaytirishga qaratilgan oilani rejalashtirish davlat dasturlari amal qila 
boshladi. Xitoy Konstitutsiyasida esa oilada rejali farzand ko‘rish zarurligi belgilab 
qo‘yildi. Bu mamlakatda tug‘ilishni rejalashtirish bo‘yicha qo‘mita tashkil qilindi, 
oilada farzand ko‘rish uchun ruxsat olish tartibi joriy etildi. Shu bilan birga, nikox 
tuzish yoshi uzaytirildi, davlat demografiya siyosatining asosiy shiori sifatida “Bir 
oilada - bir farzand” qabul qilindi. Xitoyda 2002 yil sentyabrida bu demografiya 
siyosatiga ayrim o‘zgarishlar kiritilib, fukarolarning 13 toifasiga ikkinchi farzand 
ko‘rishlariga ruxsat berildi. 


123 
Demografiya siyosatiga xalqaro hamjamiyatning ham e’tibori kuchaydi. 1969 
yilda Birlashgan Millatlar tashkilotining Axolishunoslik soxasidagi jamg‘armasi - 
YuNFPA tashkil etildi. Mazkur jamg‘arma jahonning 140 tadan ko‘proq 
mamlakatida faoliyat yuritmokda. YuNFPA o‘z asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilarni belgilab olgan: 
- reproduktiv sog‘liqni muxofaza qilish soxasidagi xizmatlardan hammaning 
foydalana olishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratish; 
- xamma uchun majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etilishi va ta’lim soxasida 
jinsiy tengsizlikka barxam berilishini ta’minlash; 
-onalar o‘limini kamaytirish; 
- bolalar o‘limini kamaytirish; 
- umr ko‘rish o‘rtacha davomiyligini uzaytirish; 
- VICh bilan zararlanish xolatlarini kamaytirish, 
Umuman, demografiya muammolari Birlashgan Millatlar tashkilotining 
doimiy diqqat markazidadir. 
O‘zbekistonning demografik siyosati oila institutini mustahkamlash, onalik va 
bolalikni muxofaza qilish, aholining umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga 
qaratilgan. Mamlakatda buning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Uzbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, “Bola xukuklari kafolatlari 
tugrisida”gi konun, umuman 80 dan ortik normativ-huquqiy hujjatlar davlat 
demografiya siyosati maqsadlarini xayotga joriy etishga yo‘naltirilgan. Shu bilan 
birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib demografiya 
masalalariga doir xalqaro hujjatlar - BMTning Onalikni muxofaza qilish 
tug‘risidagi, Bolalar mexnatining eng yomon shakllari tug‘risidagi, Ayollar 
huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barxam berish to‘g‘risidagi, 
Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, Ishga qabul qilish uchun eng kichik 
yosh to‘g‘risidagi va boshqa xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan. Davlatning 
demografik siyosatini amalga oshirishda O‘zbekistonda ijtimoiy muammolarni hal 
etishga qaratilgan maqsadli davlat dasturlarining qabul qilinishi ham muxim 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Jumladan, “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar 


124 
yili”, “Soglom avlod yili”, “Ona va bola yili”, “Sixat-salomatlik yili”, “Xomiylar va 
shifokorlar yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”, “Soglom bola yili”,
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” va boshqa 
maqsadli davlat dasturlari tub moxiyati jihatidan xuddi shu maqsadlarga 
yo‘naltirilgan. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish