Ijtimoiy sug‘urta tizimini islox qilishning asosiy yo‘nalishlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

9.3.Ijtimoiy sug‘urta tizimini islox qilishning asosiy yo‘nalishlari 
Mustaqillikka 
erishguniga 
qadar 
1918—91 
y. 
larda 
O‘zbekiston 
Respublikasida sug‘urta faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona bo‘lgan 
davlat 
sug‘urta
 idorasi («Gosstrax») va uning ittifoqdosh respublikalardagi boshqarmalari 
amalga oshirgan. 1991 y. dan O‘zRda o‘tkazilgan chuqur 
iqtisodiy islohotlar
 
jarayonida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlarida davlat sug‘urta 
organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda bo‘la oladigan turli mulkchilik 
shaklida sug‘urta kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. Sug‘urta xizmati 
bozori, sug‘urta faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, huquqiy qonunchilik asoslari 
yaratildi. 1993 y. 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta to‘g‘risida» 
qonuni qabul qilindi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 y. 25 
fevraldagi farmoniga 
2
ko‘ra Moliya vazirligi huzurida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 
Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi 
shaklida qayta tashkil etildi, «Kafolat» sug‘urta kompaniyasi, «Madad» sug‘urta 
agentligi, «O‘zbekinvest» eksportimport milliy sug‘urta kompaniyasi va boshqalar 
o‘z faoliyatini boshladi. 
1
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta to‘g‘risida» qonuni //
https://lex.uz/docs/1247836?twolang=true 
2
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 y. 25 fevraldagi farmoni.// Xalq so‘zi gazetasi, 
1997y. 26 fevral.


114 
O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi
1
qonuni ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat bo‘lib, bir qator asosiy tushunchalar keltirib o‘tilgan. 
Ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha 
majburiyati qonunning 4-moddasida aniq va qat’iy tarzda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib 
bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda 
shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning 
o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu qonunda 
belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shartligi belgilab quyilgan. 
Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotni uzluksiz 
rivojlanishini 
ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, 
mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo‘g‘inini rivojlantirishga katta 
e’tibor berilyapti. 2002 yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat 
darajasida bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, 2002 yilning 31 yanvarida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish 
va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da»gi
2
Farmonining e’lon qilinishi 
sug‘urta tizimini taraqqiy ettirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga 
muvofiq, mulk shaklidan qat’i nazar barcha sug‘urta tashkilotlari 2002 yilning 1 
fevralidan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish cho-ra-tadbirlari tug‘risida» 2002 yil 27 noyabrda qabul qilgan 
Qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etd
i. 2002 yilning 5 aprelida 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» yangi qonun 
qabul qildi. Bu qonunning qabul qilinishi sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi 
tomonlarning huquq va manfaatlarini qonuniy jihatdan himoyalashga muhim hissa 
1
«Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni.//
https://lex.uz/docs/1471197
2
https://lex.uz/docs/342368 


115 
bo‘lib qo‘shildi. Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari 
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet el 
mamlakatlaridagidek, bizda ham sug‘urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni 
sug‘urta qilish bilan bog‘liq xizmatlar bozori va umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. 
Hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug‘urta turlarini 
o‘tkazish, aksincha, umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar 
hayotni sug‘urtalash huquqiga ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, 
ayniqsa uzoq muddatli sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. 
Bu sug‘urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta tashkilotlariga 
ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat 
hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda emas, balki korxona va 
tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyo-riy sug‘urta turlarini o‘tkazishda 
ham muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va 
ularning salohiyatli mijozlari bo‘lmish ko‘p ming sonli aholi, yuridik shaxslar 
rahbarlarining o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda 
tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish lozim. 
Bu, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish, targ‘ibot 
ishlarini olib borishni talab qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 
avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma’qullangan 
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish 
kiritish to‘g‘risida»gi1 qonuniga asosan, MJtKning 492-moddasiga ko‘ra ish 
beruvchilar tomonidan belgilangan majburiyatni bajarmasligi - mansabdor 
shaxslarga nisbatan eng kam oylik ish haqining o‘n barobaridan o‘n besh 
barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi, xuddi shunday 
huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida 
1
Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma’qullangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonuni 
//https://www.lex.uz/docs/4492008


116 
takroran sodir etilgan bo‘lsa o‘n besh barobaridan o‘ttiz barobarigacha jarima 
solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 
Mamlakatimiz sug‘urta bozorida ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar 
xususida so‘z yuritsak, istiqlolning ilk davrida yurtimizda atigi bitta davlat sug‘urta 
tashkiloti mavjud edi. U ham davlat muassasasi sifatida faoliyat yuritardi. Bugungi 
kunga kelib esa, turli mulkchilik shaklidagi 29 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida joylashgan 1170 ta bo‘linmasi jismoniy hamda yuridik shaxslarga 130 dan 
ziyod sug‘urta xizmatlarini taklif etmoqda. 
Yuqoridagilardan ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston sug‘urta bozori kun 
sayin o‘sib kelmoqda. Shunday bo‘lsada, mamlakatimiz aholisining hammasida ham 
sug‘urtaga bo‘lgan ishonch va tushuncha to‘liq shakllanmagan. Bunga sabab 
sug‘urta faoliyati haqidagi ma’lumotlar Respublikamizning aksariyat joylariga 
bormayotganligi va rivojlanmaganidir. Bu esa sug‘urta faoliyatining rivojlanishi 
YaIM dagi ulushining o‘sishiga hamda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy 
barqarorligi oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘urta faoliyatidan asosan 
Respublikamizda Toshkent shahrida istiqomat qiladigan aholi keng foydalanmoqda. 
Boshqa viloyatlarda bu ko‘rsatkich bir muncha pastroq. Buning sababi sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning afzalliklari haqida tushuncha boshqa 
Respublikamizning aksariyat viloyatlarida shakllanmagan. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy sug‘urta tizimini islox qilishning asosiy yo‘nalishlari

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish