Tayanch so‘z va iboralar:
ijtimoiy muxofaza, Skandinavcha model , Bismark modeli, Beverij modeli,
davlat, totalitar davlat, avtoritar davlat, liberal davlat, demokratik davlat,
monarxiya, respublika, ijtimoiy himoyaning asosiy vazifasi, ijtimoiy muommolar.
Nazorat uchun savollar:
1.Axolini ijtimoiy muxofaza qilish tushunchasining moxiyati nimada?
2.Davlat va uning xususiyatlarini izoxlb bering?
3.Axolini ijtimoiy muxofaza qilishning qanday mexanizm va yo‘nalishlarini
bilasiz?
4.Axolini ijtimoiy muxofaza qilishda davlatning o‘rni nimalarda ko‘rinadi?
5.Ijtimoiy muammolar nimalarda namoyon bo‘ladi va ularni qanday hal qilish
mumkin?
6-mavzu: IJTIMOIY SIYoSATNI AMALGA OShIRIShNING JAHON
TAJRIBASI
Reja:
6.1.Ijtimoiy siyosat tarkibi va rivojlanish modellarining metodologik
masalalari.
6.2.AQSh liberal ijtimoiy siyosatining mazmuni va amalga oshirish yo‘llari.
6.3.Yevropa davlatlarida ijtimoiy siyosatining xususiyatlari.
6.4.Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy siyosatining xususiyatlari.
6
.
1.Ijtimoiy siyosat tarkibi va rivojlanish modellarining metodologik
masalalari.
Davlatning ijtimoiy siyosati amalda asosan ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. Ijtimoiy himoya mustaqillikning moddiy va
ma’naviy asoslarini mustahkamlash va bozor islohotlarini amalga oshirish davrida
69
aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‘jalikda amal qiladigan
iqtisodiy, hukuqiy, ijtimoiy va xatto, siyosiy chora-tadbirlar majmui bo‘lib, xususan,
aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy holati hamda hayot kechirishning zarur
vositalariga ega bo‘lmaganligi sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat
tashkilotlari va jamg‘armalarning yordami hisoblanadi
1
.
Ijtimoiy siyosat bu davlatning axoli turmush darajasini oshirish uchun uning
barcha guruxlariga bergan kafolatlari va ayrim muxtoj tabakalarga beriladigan
imtiyoz va moddiy yordamlari majmuidan iborat bo‘lib, axoli farovonligini oshirish
davlatning zimmasidan asta-sekin tadbirkorlar guruxlariga, nodavlat-notijorat
tashkilotlari va ayrim kungilli fuqarolarga o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
Jaxon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, u har bir davlatning o‘ziga
xos xususiyatlarida kelib chiqqan holda rivojlanadi. Eng mashhurlari qatoriga
Avstriya, Germaniya, Shvesariya, Shvesiya, AQSh va Yapon modellari
kiritilgan. Mazkur modellar ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi, amalga
oshirilish innovatsion mexanizmlari, me’zonlari bilan ajralib turadi.
Ushbu modellarning o‘zaro bir-biridan farqi va o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlash uchun chuqur, tizimli tahlil talab etiladi.
Joriy demografik vaziyat, aniqrog‘i, odamlar soni ko‘payishi, aholi yosh va
ijtimoiy tuzilmasi o‘zgarishi sharoitida mavjud ijtimoiy himoya tizimini saqlab
qolish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Chunki byudjetga, byudjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasiga, sog‘liqni saqlash tizimiga, farmasevtika tarmog‘iga yuk
izchil ko‘payib borayapti. Shu sababli mutlaqo yangi ijtimoiy siyosat modellarini
ishlab chiqish hayotiy zaruratdir.
Bugungi kunda dunyo amaliyotida, jumladan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida
bir qator ijtimoiy himoya modellari amal qiladi. Deylik, Niderlandiya, Germaniya,
Belgiya va Fransiyada kontinental model joriy qilingan. Buning zamirida
sug‘urtalashning turli shakllari, shu jumladan, tibbiy sug‘urta, pensiya sug‘urtasi,
shuningdek, vaqtinchalik ishsizlik sug‘urtalarini joriy qilish g‘oyasi mujassam.
1
Ernazarov Dilmurod Zuxriddinov. Nodavlat sektorida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida
jahon.
70
Ijtimoiy himoya darajasi hamda mehnat faoliyati staji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
mazkur modelning asosini tashkil etadi.
Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh va Yaponiyada ijtimoiy himoyaning liberal
modeli qo‘llaniladi. Ushbu tizimga binoan, jamiyatning barcha a’zosi, ayniqsa,
ehtiyojmandlar moddiy ko‘mak bilan qamrab olinadi. Lekin nafaqalar
kambag‘allikni butunlay yo‘q qilish uchun emas, balki uni ushlab turish uchun
tayinlanadi. Chunki bunday siyosat tarafdorlarining fikricha, odamning
kambag‘alligi har bir shaxsning o‘z ixtiyori natijasi hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning Janubiy Yevropa modeli Italiya, Ispaniya, Gresiya
hamda Portugaliya singari davlatlarda amal qiladi. Bunda ijtimoiy himoya u
darajada yaxshi bo‘lmaydi. Ijtimoiy ta’minotda oila a’zolari va qarindoshlar
zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
Daniya, Shvesiya, Finlyandiya hamda Norvegiyada qo‘llaniladigan sotsial-
demokratik model mamlakatning barcha aholisi uchun ijtimoiy himoyani
kafolatlaydi. Bunda fuqaroning ishlagani yoki sug‘urta to‘lovlari hech qanaqa
ahamiyatga ega emas. Mazkur amaliyot kambag‘allikning oldini olishda ayni
muddao bo‘lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan barcha davlatlar o‘z vaqtida turli demografik
muammolarni, iqtisodiyotni liberallashtirish bilan bog‘liq islohotlarni boshidan
o‘tkazishgan. Bunday islohotlar, aslida, O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlardan
keskinroq bo‘lgani bor gap. Pirovardida mazkur mamlakatlar samarali va barqaror
ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish zarur, degan xulosaga kelishgan.
Yurtimizning ijtimoiy himoya siyosati liberal modelga yaqinroq, deyish
mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, ilgari shakllangan ijtimoiy himoya tizimi hamda
sotsial dasturlar bugungi o‘zgarishlarga qadar mavjud bo‘lgan iqtisodiy modelga
asoslangan. Oqibatda ushbu omil qaysidir ma’noda iqtisodiyot va jamiyatdagi
o‘zgarishlar uchun bugungi imkoniyatlarni cheklamoqda. Jamiyatda keng ko‘lamli
o‘zgarishlarni amalga oshirish, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qatlami uchun uzoq
istiqbolda barqaror ijtimoiy himoya tizimini ta’minlash zarur bo‘ladi.
71
Bugungi kunda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish uchun muayyan asos
shakllangan. Misol uchun, aholining daromadlari o‘sgan, bandlik hamda daromad
manbalarining yangi shakllari paydo bo‘ldi va keng qo‘llanilmoqda. Kasanachilik,
tadbirkorlik, shaxsiy bandlik singari imkoniyatlar ijtimoiy yordamga bo‘lgan
ehtiyojni aniqlashda har doim ham inobatga olinmaydi.
Shu sababli xorij tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy ijtimoiy himoya
konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilishning vaqti keldi,
deyishga asoslarimiz yetarli. Jumladan, ushbu yo‘nalishda liberal modelga tayangan
holda, mavjud tartib-taomillarni takomillashtirish, bu boradagi yondashuvlarni jadal
o‘zgarib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga, mamlakatimizdagi demografik
tendensiyalarga moslashtirish lozim. Bunday konsepsiya ijtimoiy himoya bo‘yicha
qonunchilikni takomillashtirish bilan bir qatorda, undagi mavjud qarama-
qarshiliklarni bartaraf etish singari masalalarni qamrab olishi ayni zaruratdir.
O‘zbekistonda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati
Asosiy Qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Uning 39-moddasiga asosan, pensiyalar,
nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari miqdori rasman belgilab qo‘yilgan
tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. Shuni qayd
etish kerakki, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor o‘tgan davr mobaynida aniq
belgilanmagan.
Gap tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor yoki “iste’mol savatchasi” haqida
borar ekan, ular har bir hudud uchun alohida, ya’ni poytaxt hamda viloyatlar aholisi
daromadlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Yangi ijtimoiy himoya
konsepsiyasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va respublikaning har bir
hududi uchun standartlar, qoida hamda normativlar tizimi shakllantiriladi. Bu
choralar ijtimoiy sohaga ajratilgan byudjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishining
oldini olish uchun juda zarurdir. Masalan, bugungi kunga qadar davlat tomonidan
ko‘rsatilayotgan bepul tibbiy xizmatlar samaradorligi tahlil qilinmagan. Vaholonki,
ushbu yo‘nalishdagi samaradorlik monitoringi har bir soha uchun zarur va maqbul
investitsiya hajmlarini belgilab bergan bo‘lardi.
72
Umuman, sug‘urtalashning yangi usullari, tibbiy, ijtimoiy va pensiya
sug‘urtalari joriy qilinishi, mohiyatiga ko‘ra, boqimandalik kayfiyatiga barham
berib, ijtimoiy adolatni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi, jamiyatning
har bir a’zosida o‘z kelajagi, oilasi taqdiri uchun shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
|