Axolini ijtimoiy muxofaza qilish mexanizmi va yo‘nalishlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

 
3.Axolini ijtimoiy muxofaza qilish mexanizmi va yo‘nalishlari.
Ijtimoiy himoyaning asosiy vazifasi ijtimoiy qiyin ahvolda qolgan aholi 
qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yoki kutilayotgan moddiy qiyinchiliklar 
hakida ogohlantirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotining xususiyati shundan 
iboratki, shaxsning iqtisodiy hayotda qay tarzda ishtirok etishi hakida o‘zi mustakil 
qaror qabul qiladi. Har bir shaxs, avvalombor, sug‘urtalash masalasi bo‘yicha o‘zi 
javob beradi. Agar bu shaxs ijtimoiy sug‘urtalanmagan bo‘lsa, daromadi 
vaqtinchalik kam bo‘lgan taqdirda davlat uni ijtimoiy yordam orqali himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida vujudga kelayotgan ijtimoiy 
muammolarni hal etish uchun kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. 
Bunday siyosatning mohiyati shundaki, davlat aniq ishlab chiqilgan va bozor 
munosabatlariga o‘tishni yumshatadigan, aholining u yoki bu sabablarga ko‘ra 
daromad ishlab topish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qatlamlarini ijtimoiy himoya 
qilish tizimi bilan qamrab olishga harakat qiladi. Ko‘rib turganimizdek bu yerda 
faqat aholining ishsiz yoki mehnatga layoqatsiz qismigina e’tiborga olinmokda. 
Bundan kelib chiqib, aholini ijtimoiy himoyalash jarayonida asosiy e’tiborni 
uning kasb maxorati, mexnat qilish qobiliyatiga karatish kerak. Ayniksa, bozor 
iqtisodiga o‘tish sharoitida, bozor munosabatlari o‘rganilib, asosiy e’tiborni 


65 
mexnatga layokatli va mexnat qilish layokatini yuqotgan aholi qatlamlarini ish bilan 
ta’minlash, ularning moddiy extiyojlarini qondirish, kam ta’minlangan oilalarni 
moddiy qo‘llab-quvvatlash, xamda ijtimoiy-iqtisodiy axvolni rivojlantirishga 
qaratish kerak. Mexnatga layokatsiz va kam ta’minlangan aholi qatlamlariga 
pensiya, nafakalar, stipendiyalar berish va soliqlarni qisqartirish yo‘li bilan ularni 
ijtimoiy himoyalash maqsadga muvofiqdir. 
"Ijtimoiy ximoya" deganda davlat tomonidan axolining yashashi va mehnat 
qilishi uchun qulay sharoit yaratish, kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlarga 
ko‘maklashish maqsadida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy kafolatni amalga 
oshirish jarayoni tushuniladi. 
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi deganda mam-lakatda aholi 
turmush sharoiti darajasini oshirishga qaratilgan mexanizmni ko‘z oldimizga 
keltirishimiz mumkin. Bunda axolini ijtimoiy ximoya kilish iktisodiy isloxatlar 
dasturidagi uzluksiz ustuvor yunalishlardan biriga, ya’ni isloxatlarning hamma 
boskichlaridagi muxim vazifaga aylandi. Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib 
boriladi. Kuchli ijtimoiy siyosat, o‘z navbatida, istiqlol va taraqqiyot yo‘lining 
yetakchi tamoyillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Bu tushunchani ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yaxlitlilik doirasida 
izoxlab, axolini ijtimoiy himoyalash tizimi ijtimoiy kafolatlar majmuasi bo‘lib, u 
insonlarning qonunda o‘rnatilgan haq-huquqlari, hamda ularning amalga oshishini 
ta’minlovchi elementlarni o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy himoyaning asosiy ko‘rinishlari : arzon turar joylar bilan ta’minlash ;
bepul maktablarning mavjudligi; kam ta’minlangan oiladagi talabalarga stipendiya, 
shartnoma to‘lovlarga chegirma nogironlarni reabilitatsiya qilish dasturlari ;
harbiylarni adaptatsiya dasturlari (turar joy, ish bilan ta’minlash); onalar va bolalar 
uchun moddiy yordamlar ; bepul yoki imtiyozli tibbiy xizmat. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axolini ijtimoiy muxofaza qilish mexanizmi va yo‘nalishlari

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish