58
“Ijtimoiy muxofaza”- "ijtimoiy himoya" tushunchasi asosan XX asr boshlarida
muomilaga kirib kelgan. «Aholini ijtimoiy himoyalash" tushunchasining mazmuni
ikki xil, ya’ni keng va tor ma’noda keltiriladi.
Keng ma’noda, "ijtimoiy himoya" deganda mamlakat aholisining ijtimoiy va
moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar
majmui tushunilsa, tor ma’noda, davlat va
jamiyatning aholining yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari
bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolarga
ko‘rsatilayotgan g‘amxurligi nazarda tutiladi.
"Ijtimoiy himoyalash" tor ma’noda davlat siyosatini bildirib, hayot darajasiga
mos ravishda inson hak-huquqlarini himoya qiladi va ijtimoiy kafolatni ta’minlaydi.
Bir vaqtning o‘zida ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi keng ma’noga
ega bulib,
aholini ijtimoiy himoyalashga fakatgina davlat jalb qilinmaydi, balki jamiyatda
mavjud bo‘lgan barcha aholi qatlamlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar ham jalb
etiladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
shakllantirishning birinchi bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda Yevropa
mamlakatlarida ijtimoiy muhofaza kilish bo‘yicha bir qator qonunlar ishlab chiqildi.
Ularda aholini ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish
maqsadida ijtimoiy
sug‘urtalash masalalari ko‘rildi. XX asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlarida
iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Natijada aholi o‘rtasida ishsizlar soni oshdi, aholi
daromadlari pasayib, turmush sharoiti yomonlashdi. Bunday muammolarni hal etish
maqsadida Yevropa mamlakatlari va AQShda aholi turmush sharoitini o‘rganuvchi
maktablar yaratildi. 1930-1940 yillarda AQShda "aholishunos olimlar maktabi"ning
namoyondalari E.Meyo, F.Retlisberg, M.Follet va boshqalar tomonidan aholini
ijtimoiy himoyalash bo‘yicha aholi o‘rtasida tadkikot ishlari olib borildi. Ularning
fikricha, sanoatda texnologiyalarni insonlar boshqaradi, shu sababli sanoatga yangi
texnologiyalarni olib kirish ishchilar mehnatini yengillashtiradi.
Ikkinchi jahon
urushidan keyin kator mamlakatlarda ijtimoiy ta’minotning yagona tizimi
shakllandi. Endilikda aholining faqat faol qismi emas, balki barcha aholi qatlami
haqida qayg‘urish, ularni ijtimoiy ta’minlash, hamda
bemorlarga tekin tibbiy
59
yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi. Rivojlangan mamlakatlarda aholini
ijtimoiy himoyalash tizimida davlatning o‘rni oshib bordi. Ishlab chikaruvchi va
ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarni boshkarish va nazorat etish,
aholini ijtimoiy
himoyalash tizimini takomillashtirish borasida davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib
bordi. Bu siyosatni yuritishda ijtimoiy tafovutlarni o‘rganish va taxlil qilish muxim
axamiyat kasb etadi.
Mustaxassislarning e’tiroficha, ijtimoiy tafovvutlar quyidagi guruhlar
o‘rtasidagi ijtimoiy farqlarda o‘z ifodasini topadi:
- boylar va kambag‘allar orasida;
- aholi etnik guruhlari orasida;
- aholi diniy guruhlari orasida;
- markaz va mintaqalar orasida;
- erkaklar va ayollar orasida ;
- turli avlodlarga mansub odamlar orasida. Bunday tafovutlar davlat tomonidan
o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari bartaraf qilib
borilsa yuritilayotgan
ijtimoiy siyosat o‘z samarasini beradi.
Hozirda dunyo mamlakatlarida quyidagi ijtimoiy himoya modellari
shakllangan va rivojlanmoqda: