Soyib raupov ijtimoiy siyosat




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

.
 
4.4.Axoliga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takominlashtirish yo‘llari. 


52 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar mazmun-
mohiyati bilan insonni ulug‘lashga, uning sha’ni, qadr-qimmatini oshirishga va 
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan qimmatlidir. 
Zero, Asosiy Qonunimizning 13-14-moddalariga asosan O‘zbekiston 
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra 
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy 
qadriyat hisoblanadi. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, 
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. 
Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab mamlakatimizda aholini 
ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qismi bo‘lmish nogironlarga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar 
yaratib berish masalasi dolzarb masalalardan biriga aylandi. 
Shu maqsadda 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining 
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi
1
Qonunining qabul qilinishi nogironlarga ularning huquq va erkinliklarini ro‘yobga 
chiqarishda boshqa barcha fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lish, ularning 
turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni to‘laqonli hayot 
kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, 
o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit 
yaratishni ta’minlashda zamin yaratdi. 
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyuldagi O‘RQ-162-
sonli “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
2
o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilindi. 
Yangi tahrirdagi Qonunda nogironlarning ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga 
to‘sqinliksiz kirishi, transportdan, aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz 
foydalanishi uchun sharoitlar yaratish, ularni reabilitatsiya qilish, kasbga tayyorlash,
1
https://andijon.adliya.uz/main/uz/publikatsii/detail.php?ID=25476
2
https://lex.uz/docs/1372495 


53 
ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor 
qaratilgan. 
Jumladan, mazkur Qonunning 6-moddasida ko‘ra nogironlarni ijtimoiy himoya 
qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash nogironlarni 
ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari biri etib 
belgilandi. 
Shu munosabat bilan respublikamizda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish 
maqsadida yagona institutsional va huquqiy baza yaratildi, nogironlarga turli 
sohalarda imtiyozlar belgilab berildi. 
Jumladan, “ Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi
1
Qonunning 22-
moddasiga asosan nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va bolalikdan 
nogironlar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan 
foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish 
vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanish, shuningdek kasb-kor egallash va 
qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga ega. 
Nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish, o‘z uylarida parvarish 
qilinish, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironlar va surunkali 
ruhiy xastaliklarga chalingan nogironlar esa ijtimoiy ta’minot muassasalarida 
yashash huquqiga ega. 
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika 
muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra I va II guruh 
nogironlari, bolalikdan nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va 
qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil 
AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron shaxslar Tibbiyot 
muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi. 
1
https://www.lex.uz/acts/26013 


54 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi 
PF-3214-son Farmoniga binoan bolalikdan nogironlar, va II guruh nogironlari, 
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan 
shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar respublika ixtisoslashtirilgan markazlari 
tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatishda 
imtiyozlarga ega. 
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida nogironlar tashkilotlari, ularga davlat 
tomonidan yaratib berilgan imtiyozlar va ularning huquq va majburiyatlari ham 
belgilab berilgan. 
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunning
1
32-moddasida nogironlar o‘zlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, ular uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni 
ta’minlash maqsadida tashkilotlar tuzishlari mumkin. 
Ushbu tashkilotlar esa nodavlat notijorat tashkiloti sifatida adliya organlari 
tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Hozirda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va nogironlar 
sohasida faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Milliy 
paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nogiron ishbilarmon ayollar milliy 
assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, 
Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda ta’lim olayotgan kam ta’minlangan 
oilalarning iqtidorli farzandlari va nogiron bolalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash 
“Mehr va muruvvat” jamoat fondi, O‘zbekistondagi falaj nogiron bolalar va 
o‘smirlarga yordam berish “Umr” jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar va ularning 
hududlarda bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. 
Mamlakatimizda bunday tashkilotlarning emin erkin faoliyat yuritishi uchun 
barcha imkoniyatlar yaratib berilgan va ushbu tashkilotlarning olib borayotgan 
faoliyatlari ham e’tibordan chetda qolmaydi. 
1
https://lex.uz/docs/1372495


55 
O‘zbekiston Respublikasining aynan nogironlar masalalalari bo‘yicha ijtimoiy 
yo‘nalishdagi siyosatining ishlab chiqilishida va uning amalga oshishida 
ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy 
assotsiatsiyasi huzurida nogironlar huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi va 
NNTlar harakatlarini birlashtiruvchi maslahat kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 
Qonun hujjatlarida nogironlarning mehnat qilish huquqini ta’minlashga ham 
alohida e’tibor beriladi. Xususan, yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasida 
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-25-moddalariga 
ko‘ra nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish 
yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning 
roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning 
xulosasiga ko‘ra nogironning sog‘lig‘i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan 
yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog‘lig‘i va mehnat xavfsizligiga 
tahdid qilgan hollar bundan mustasno. 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi 237-sonli “Keksalar va 
nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
1
qaroriga asosan 2016 yilning 1 
yanvaridan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashayotgan 
hamda yolg‘iz keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam 
ko‘rsatish yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi asosida 
amalga oshirish tartibi o‘rnatildi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining qarori (ro‘yxat raqami 2911, 
2017 yil 11 avgust) bilan Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan 
mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom tasdiqlandi
2

1
https://www.lex.uz/docs/2718856 
2
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/aholining_ijtimoiy_himoyaga_muhtoj_qatlamlarig
a_qanday_tibbiy_hizmatlar_kursatiladi 


56 
Bunga asosan 2017 yil 1 apreldagi PQ–2863-son “Sog‘liqni saqlash sohasida 
xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
qaroriga muvofiq aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan (stomatologiya va 
kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari, shu jumladan 
xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 
yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy 
ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan. Bunda bo‘shagan mablag‘lar ushbu 
muassasalarni zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlash va 
ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, 
materiallar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish 
uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, 
shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar 
ko‘rsatishga yo‘naltirilishi lozim. 
Belgilanishicha, xususiy tibbiyot muassasalari aholining quyidagi ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi: 

o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz 
yashovchi keksalar; 

I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; 

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar; 

ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar; 

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; 

1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga 
tenglashtirilgan shaxslar; 

1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb 
topilgan boshqa shaxslar. 
Yuqoridagi holatlar O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishning mavjud 
barqaror mexanizmi yaratilganligidan, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlari, 
ayniqsa, yolg‘iz keksa-qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlatning 
muhim maqsadlaridan bir ekanligi bilan izohlanadi. Mamlakatdagi ijtimoiy 


57 
islohotlar asosini tashkil qiluvchi aholining muayyan qatlamlarini ijtimoiy himoya 
qilishning samarali tizimiga o‘tilishi esa iqtisodiy taraqqiyotning strategik 
maqsadlariga mos keladi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish