O‘zbekistonda axoli daromadlarini oshirishga qaratilgan siyosat




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

4.O‘zbekistonda axoli daromadlarini oshirishga qaratilgan siyosat. 
O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan jadal ijimoiy iqtisodiy 
islohotlarning maqsadi aholining turmush darajasini oshirishga, uning daromadlarini 
oshirib, turmush kechirish sifatini takomillashtirishga qaratilmoqda. 
Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan daromadlar siyosati 
daromad turlarini diversifikatsiyalash, tadbirkorlik faoliyati va mulkiy egalik 
huquqlaridan foydalanish jarayonlarini yanada erkinlashtirish orqali aholi 
daromadlari tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishni rag‘batlantirmoqda. Ayniqsa, 
aholining o‘z bo‘sh turgan mablag‘ va resurslarini investitsiya jarayonlariga 
yo‘naltirish orqali daromadlarini oshirish uchun real shart-sharoitlar yaratilmoqda. 
Islohotlarning yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlari uzoq yillar davomida, ayniqsa, 
mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar hukm surgan ma’muriy buyruqbozlik 
tizimining salbiy ta’siri natijasida vujudga kelgan muammolarni hal etish zarurati 
tufayli olib borilmoqda. Aholi daromadi tarkibining yetarli darajada samarali va 
optimal emasligi, olib borilayotgan daromad siyosati tarkibida moliyaviy bozorlarda 
ishtirok uchun daromadlarni rag‘batlantirish tadbirlarining sustligi, ichki 


42 
investitsiyalarda aholi ishtiroki faol emasligi kabi muammolar shular jumlasidandir. 
Masalan, keyingi yillarda aholi daromadlari hajmining oshishi yaqqol namoyon 
bo‘lsada, bu o‘sishda investitsiyalardan olingan daromadlarning ulushi juda past. 
Aholining umumiy daromadlari hajmi sezilarli darajada oshishi asosan umumiy 
daromadlar tarkibida 59,6 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan 
daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band 
bo‘lishdan olingan daromadlar) va 32,2 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan 
daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan1. 
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda aholi bo‘sh mablag‘laridan foydalanish 
bo‘yicha ta’sirchan mexanizmining yaratilmagani, ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar 
bozori, investitsiya institutlarining yetarli darajada samarali tashkil etilmagani, bir 
tomondan, aholi tomonidan mulkiy va tadbirkorlik daromadini kengaytirish 
imkoniga ega bo‘lmaslik holatini keltirib chiqarsa, boshqa tomondan 
iqtisodiyotimizdagi investitsiyalarning qo‘shimcha ichki manbalari cheklanishiga 
sabab bo‘lib kelmoqda. Mazkur holatlarga tanqidiy yondashgan holda, 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida 
“Iqtisodiyotni rivojlantirishda aholi qo‘lida to‘plangan mablag‘larni investitsiya 
shaklida harakatga keltirish, odamlarda tadbirkorlik hissini kuchaytirish muhim 
vazifalarimizdan biridir” 2 deb alohida ta’kidlab o‘tdi. Mazkur vazifalarni amalga 
oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan daromad siyosati orqali ichki 
investitsiyalarda aholi ishtirokini faollashtirish yo‘nalishlarini belgilab olishni 
taqozo etadi. 
Aholi umumiy daromadlari tarkibida bozor daromadlarining ulushi deyarli 40 
foizni tashkil etmoqda. Bu esa, bir tomondan, mamlakatimizda tadbirkorlik va 
mehnat faoliyati erkinligining oshib borishi, boshqa tomondan esa, daromadlar 
diversifikatsiyasi natijasida uning an’anaviy turlari qatoriga yangi turlarining kirib 
kelishi orqali izohlanadi. Biroq o‘z o‘rnida ta’kidlash zarurki, ayrim daromad 
1
O‘zbekistonda aholi o‘rta hisobda qancha daromad oladi? - http://uza.uz/uz/society/o-
zbekistonda-o-rta-hisobda-aholi-qancha-daromad-oladi-16-04- 2018
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – 
Xalq so‘zi, 2018 yil 23 dekabr


43 
turlarining salmog‘i hali jahon amaliyotida tarkib topgan o‘rtacha darajadan 
sezilarlicha ortda qolmoqda. Masalan, mol-mulkdan olingan daromadlar jami 
daromadlarning atigi 4,2 foizini tashkil etishi hali oldimizda o‘rta mulkdorlar 
qatlamini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida muhim ishlarni amalga oshirish 
vazifasi turganligidan dalolat beradi. 
Mamlakatdagi ichki investitsiyalarda aholi ishtirokini faollashtirish daromad 
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanishi zarur. Fikrimizcha, aholi 
mablag‘larini iqtisodiyotdagi turli investitsiya ob’ektlariga yo‘naltirish va shu orqali 
uning daromadlarini oshirish bo‘yicha sezilarli natijaga erishish uchun tizimli 
ishlarni yo‘lga qo‘yish, xususan, mazkur jarayonlarning maqsadga muvofiq tarzda 
borishini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Yana bir e’tiborli jihat – aholi o‘z daromadlaridan investitsiya 
tavsifidagi yo‘nalishlarda foydalanish hududlarning iqtisodiy salohiyati va 
rivojlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu borada o‘ta yuqori notekislikni kuzatish 
mumkin. Bu holat chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahalliy hokimiyat organlari va 
boshqa mutassadi idoralarning bu boradagi hududiy dasturlarini ishlab chiqishi va 
izchil amalga oshirishi zarurligini ko‘rsatadi. 
Umuman 
olshanda, 
O‘zbekistonda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning 
samaradorligini ta’minlash aholi real daromadlarini oshirishga yo‘naltirilgan 
daromadlar siyosati bilan uzviy bog‘liq. Keyingi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy 
siyosat chora-tadbirlari ta’sirida aholi umumiy daromadlari tarkiban o‘zgarib, sifat 
jihatidan takomillashib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari 
tarkibida tadbirkorlik va mol-mulkdan olingan daromadlar ulushini sezilarli 
ravishda oshirishga o‘rta mulkdorlar qatlamini tarkib toptirish va rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan vazifalarni hal etish orqali erishish mumkin. Aholi daromadlari 
tarkibiy tuzilishining hozirgi holati mamlakatimizda aholi daromadlari siyosatida 
barqaror va muhim daromad manbai bilan birga uning mamlakat iqtisodiyotidagi 
ijobiy o‘zgarishlardan manfaatdorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jiddiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Aholi mablag‘larini iqtisodiyotdagi 
turli investitsiya ob’ektlariga yo‘naltirish va shu orqali uning daromadlarini oshirish 


44 
bo‘yicha sezilarli natijaga erishish uchun mazkur jarayonlarning maqsadga muvofiq 
tarzda borishini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish maqsadga 
muvofiq. Aholi o‘z daromadlaridan investitsiya tavsifidagi yo‘nalishlarda 
foydalanish hududlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasiga bog‘liq 
bo‘lib, bu borada o‘ta yuqori notekislik mavjud. Mazkur muammoni bartaraf etish 
uchun aholi mablag‘larining ichki investitsiya manbai sifatida yo‘naltirilishini 
ta’minlovchi hudud bilan bog‘liq chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahalliy hokimiyat 
organlari va boshqa mutassadi idoralar tomonidan hududiy dasturlarni ishlab chiqish 
va izchil amalga oshirish zarur. Aholi daromadlari siyosatini mamlakat bo‘yicha 
yaxlit holda, shuningdek hududlar bo‘yicha alohida holda olib borishda ichki 
investitsiya resurslari sifatida qo‘shimcha daromad keltirish tavsifiga ega turlariga 
ustuvorlik berish hamda ularni rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy 
etish pirovardida aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga sezilarlicha ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda axoli daromadlarini oshirishga qaratilgan siyosat

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish