38
Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki
sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi
mumkin: belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; oldindan berilgan
maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani
qaytarib olish uchun; mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun; xodim
tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun; intizomiy jazo
tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga
rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.