2.2.O‘rta asrlar va uyg‘onish davridagi ijtimoiy siyosiy g‘oyalar.
O‘rta asr siyosiy-huquqiy g‘oyalarining negizida xristian ilohiyotshunosligi
yotadi. O‘rta asr ijtimoiy siesiy fikri tarixida diniy an’analarning eng klassik
(mumtoz) ko‘rinishi katolik cherkovi asoschilari va da’vatchilaridan biri Avreliy
Avgustin (345—430)
1
ning siyosiy nazariyasida o‘z ifodasini topdi. A. Avgustin
Rimning varvarlar tomonidan istilo etilishidan ta’sirlanib yozgan „Iloh shahri“
hamda „Va’z, pandnasihat“ (,,Ispoved“) asarlarida dunyoviy davlat hokimiyatini
inkor etib, katolik cherkovi diniy hokimiyatining yer yuzida hukmronlik qilishi
lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Zo‘rlikning har qanday ko‘rinishini rad
etar ekan, insonlar bir-birining ustidan hukmronlik qilish, biri ikkinchisini itoat
etgirish, hukmronlikka intilish ishtiyoqida davlat va uning jazolovchi idoralarini
o‘ylab topganlar, deya hisoblaydi.
O‘rta asrlar allomalaridan yana biri F. Akvinskiy (1225—1274) yashagan davr
katolik cherkovining eng kuchli mavqega erishgan asrlariga to‘gri keladi. Uning
ijtimoiy siyosiy qarashlari aks etgan „Hukmdorlarning boshqaruvlari to‘g‘risida“,
„Ilohiyot majmuasi“ asarlarida,
2
qolaversa, Aristotelning asarlariga yozgan
sharhlarida ilohiyot va falsafa muammolaridan tashqari. huquq, axloq, davlatchilik
va iqtisodiyot masalalari ham qalamga olingan. Umuman, F. Akvinskiyning diniy-
siyosiy ruhdagi nazariyasi ijtimoiy tengsizlikning xudo tomonidan o‘rnatilganligi
to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qilishga asoslangan. Uning ta’limotiga ko‘ra, dunyoviy
hokimiyat ilohiy hokimiyatning yerdagi ifodasidir. Dunyoviy hokimiyat ilohiy
hokimiyat talablari asosida ish ko‘rsatsagina insonlarga yaxshilik va ezgulik olib
kelishi mumkin. Faqat hokimiyatning aiiq shakli, hokimiyatga ega bo‘lish usullari,
1
https://ziyouz.uz/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar-hikmati/354-430/
2
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-287480-1.html?page=5
22
uning tuzilishi va undan foydalanish xudoning g‘oyalariga zid, adolatsiz bo‘lishi
mumkin emas, deb hisoblaydi.
Qonun nazariyasining tahlili F. Akvinskiy merosida muhim o‘rin tutadi.
Xristian davlatining fuqarosi sifatida inson qonunlarning to‘rt turiga duch keladi: 1.
Abadiy qonun — koinotni boshqaruvchi ilohiy tafakkur. 2. Tabiiy qonun — ilohiy,
abadiy qonunning inson tafakkuridagi in’ikosi. 3. Inson qonuni — tabiiy qonun,
tabiiy huquqdan inson irodasi orqali kelib chiqadi. F. Akvinskiy xuddi Aristotel kabi
insoniyat yaratgan qonunlar barcha fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishi
kerak, bu qonun vakolatli hokimiyat tomonidan ishlab chiqilishi lozim, deb
hisoblaydi.
XIV asrga kelib, Yevropada cherkov hokimiyatiiing kuchsizlanishi, qirollar
dunyoviy hokimiyatining kuchayishi davri boshlandi va bu hol markazlashgan
milliy davlatlarning tashkil topish jarayonida yangi siyosiy- huquqiy nazariyalarni
paydo qildi. Jumladan, ingliz faylasufi V. Okkam (1300—1350) dunyoviy
hokimiyatning diniy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishi lozimligi g‘oyasini ilgari surdi.
Bu esa xalq huquqining demokratik nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Lekin, bu
nazariyada xalq individlar jamoasi tarzida tushunilmas, o‘rta asrga xos jamoa huquqi
tafakkuri ustunlik qilar edi.
Uyg‘onish davri ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari Yevropadagi Uyg‘onish (XIV—
XVI asrlar) va Reformatsiya (XVI asr) davrlari o‘rta asr tartiblari sharoitida yangi
burjua munosabatlarining paydo bo‘lishi, Petrarka va Bokkacho, Leonardo da
Vinchi va Nikkolo Makiavelli, Dyurer, Lyuter, Mikelandjelo va Myunserlar nomini
dunyoga tanitgan davrdir.
Uyg‘onish va Yangi davr siyosiy-huquqiy qarashlarida davlatning paydo
bo‘lishi va qaror topishi muammosini o‘rganish kuchayganligi ko‘zga tashlanadi.
Davlat, jamiyat va shaxs to‘g‘risidagi qarashlar tizimida individ-fuqaroga alohida
z’tibor berish boshlandi. Shuning uchun bu davrning siyosiy qarashlari „fuqarolik
to‘g‘risidagi qarashlar“ deb ham ataladi. Yangi davr siyosiy fanining asoschisi deya
tan olingan buyuk italyan gumanisti N. Makiavelli (1469—1527) diniy aqidalardan
xoli bo‘lgan Uyg‘onish davri siyosiy falsafasini yaratdi. U „Hukmdor“, „Florensiya
23
tarixi“ asarlarida siyosatni birinchi bo‘lib fan sifatida asoslab berdi va jamiyatning
ilohiy emas, balki tabiiy qonunlar asosida rivojpanishini ta’kidladi.
1
Makiavelli o‘sha davr siyosiy boshqaruvida foyda hamda kuch asosiy mezon
bo‘lganligidan kelib chiqqan holda hukmdor kuchli armiya to‘g‘risida qayg‘urishi
kerak va qaysi tarafning armiyasi kuchli bo‘lsa, taqdir o‘sha tarafga kulib boqadi,
degan fikrni olg‘a suradi.
Fransuz mutafakkiri Jan Boden (1630—1596)ning qarashlari ham muayyan
qiziqish uyg‘otadi. „Davlat to‘g‘risida olti kitob“
2
asarida u birinchi bo‘lib davlat
suvereniteti g‘oyasini ilgari surdi, davlat ilohiy tarzda kelib chiqmaganligini
ta’kidlab, uning manfaatlari din manfaatlaridan ustun bo‘lishi lozimligini va vijdon
erkinligi o‘rnatilishini targ‘ib etdi.
Xullas, Uyg‘onish davri ijtimoiy siyosiy ta’limotlari siyosiy- huquqiy
ta’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat
qildi.
Shuni e’tirof etish kerakki, G‘apb mutafakkirlari ko‘proq huquqiy , amaliy,
kundalik hayot muammolari nuqtai nazaridan fikr yuritib, Sharqdagidan ancha
farqli tarzda «erkinlik», «teng huquqlilik», «erk» tushunchalariga ko‘proq darajada
ahamiyat berganlar.
Sharqda esa ijtimoiy siyosat tushunchasi ishlatilmagan bo‘lsa xam ijtimoiy
adolatga katta e’tibor qaratilgan. Sharqona jamiyatlarda azaldan adolat
tushunchasiga hamohang tarzda «haq», «me’yor»,«hakiqat», «burch» tushunchalari
xam qadrlanib kelingan. Shuningdek, jamoa manfaati, oiladagi tartib-intizom,
e’tiqod va ma’naviylik yukori baxolangan.
«Adolat» tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to‘g‘risidagi ta’limotni
buyuk ajdodimiz Abu Nacp Forobiy xam yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir
adolat g‘oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tatbiqan qarab chiqqan. Bunda u
insoniyat jamiyatining kelib chikishida tabiiy extiyojlar yotishini, bu extiyojlarni
1
https://ziyouz.uz/jahon-nasri/nikkolo-makiavelli/nikkolo-makiavelli-hukmdor/
2
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%BE%D0%B4%D0%B5%D0%BD,_
%D0%96%D0%B0%D0%BD
24
uyg‘unlashtirish esa adolat tuyg‘usini shakllantirishini ta’kidlagan edi. Sharq
mutafakkiri Konfutsiyning g‘oyalarini davom etirgan holda Forobiy «adolat»
tushunchasi insoniyatning ma’rifiy davriga to‘g‘ri kelganligini ta’kidlaydi.
Forobiyning fozil jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, baxtsaodatga intiluvchi
jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot ana shu ustuvor tamoyil
asosida tuziladi. Shu ma’noda, fozil jamiyatda, avvalo, erkinlik mavjud buladi. Unda
adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari kun tartibida bulib, bu me’yorlar fozil
jamiyatning asosi bo‘ladi. Shy bilan birga, Forobiy fikricha, jamiyat davlat bilan
kuchlidir. U yetuklashgani sayin o‘z a’zolarini himoyaga ola boradi. Shuni ham
aloxida aytish kerakki, agar o‘tmish mutafakkirlari ijtimoiy kafolatlanish uchun
inson faolligi masalasini ilgari surgan bo‘lsalar, Forobiy qarashlarida insonni
ijtimoiy kafolatlashda jamiyatning roli aloxida uqtirila boshlandi.
Farobiy Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi bo‘lib,
jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab
chikdi. O‘rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat
boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini
asoslab berdi. «Har bir inson, — deydi Forobiy, — o‘z tabiati b-n shunday
tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga
muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish
uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi… Bunday jamoa a’zolarining faoliyati
bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur
bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar ko‘paydilar va yerning
aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi»
1
.
Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo‘lib uyushishining oliy shakli
bo‘lib, unda insoniy barkamol bo‘lib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar bo‘ladi.
Forobiy insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida o‘zaro birlashib, jamoani tashkil
qilganligini alohida ta’kidlaydi
.
Forobiy shahar davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt
saodatga eltishi, uning boshlig‘i esa adolatli, yuksak axloqli va ma’rifatli, o‘zida
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-f/forobiy-uz/
25
butun ijobiy xislatlarni to‘plagan bo‘lishi lozim. Lekin, shunday shahar yoki
mamlakatlar bo‘ladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikri zikri boylik
to‘plash bo‘ladi. Forobiy bunday shaharlarni johil shaxarlar deb ataydi. Johil
shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to‘plashga ruju qo‘ygan bo‘ladi.
«Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb ta’kidlaydi alloma, — rahbarlikni moldunyo
ko‘paytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo to‘plash
harakatida bo‘ladi. Bunday rahbarlarning qo‘l ostida bo‘lgan shahar xalqida har turli
buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini ko‘rolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik,
nizojanjallar paydo bo‘ladi».
1
Farobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish
uchun harakat qiluvchi, o‘zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil
shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan va birlashgan
kishilar fazilatli jamoa bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, Farobiy o‘zining ijtimoiy falsafiy,
siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini
o‘rganishni, axloqiy kamolot va baxt saodatga erishuv yo‘llarini ko‘rsatishni
qo‘yadi.
Adolatli davlat va fozil jamiyatping o‘zaro bog‘liqligi, siyosiy hokimiyat
masalalari G‘azzoliy, Nizomulmulk (XI asr) asarlarida ham qalamga olingan. Imom
G‘azzoliyning „Kimyoi saodat“ asarida davlat rahbari jamiyatning yuragi,
odamlarning dono va diyonatli rahbar atrofida uyushishi Haq taolo xohishiga
muvofiq, degan g‘oya ifodalangan.
Ammo, Abu Ali Xasan ibn Ali Tusiy-Nizomulmulk (1018—1092) o‘zining
„Siyosatnoma“ („Siyar ul-muluk“), „Dastur-ul-vuzaro“, „Qonun ul-mulk“ kabi
asarlarida adolat, insof, to‘g‘rilik va halollik kabi axloqiy kategoriyalarga urg‘u
bergan bo‘lsada, siyosat hodisasini real hayot bilan bog‘lab talqin etgan hamda
markazlashgan kuchli davlat g‘oyasini qat’iy himoya qilgan. Shohning jasur, dono,
tadbirkor va qat’iyatli bo‘lishi g‘oyasini ilgari surgan. Davlatni idora qilishda
amaldorlar katta o‘rin tutishlarini, ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga o‘ziga xos
talab darajasida qaragan. „Siyosatnoma“da amaldorlarni tarbiyalash, himoyalash va
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-f/forobiy-uz/
26
zarur bo‘lsa, jazolash bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalar berilganki, bu hol siyosatchi
va davlat rahbarlarining e’tiborini jalb etadi.
Uyg‘onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibi
Ahmad al-Beruniydan (973—1048) ilm- fanning turli sohalariga oid 160 dan ortiq
tarjimalar, turli hajmdagi asarlar, yozishmalar qolganligi ma’lum. Beruniyning
ijtimoiy-siyosiy qarashlari aks etgan asarlari orasida „Al osor al-boqiya an al-qurun
al-xoliya“ („Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") va „Hindiston“ asarlari
1
ayniqsa mashhurdir.
Mutafakkir davlat va huquqning paydo bo‘lishi, ularning vazifalari
masalalarini Forobiy kabi ehtiyojga bog‘lab, ma’rifatli shoh boshqaruvi g‘oyasini
ilgari suradi, ijtimoiy hayotni o‘ziga xos „shartnoma“ning natijasi deb biladi.
Beruniy fikricha, idora qilish va boshqarishning mohiyati boshliqning
zolimlardap aziyat chekkanlar huquqlaripi himoya qilishi, birovlarning tinchligi
yo‘lida o‘z tinchligiii yo‘qotishidir deb biladi. Qolaversa jamiyatni boshqaruvchi
shaxs qat’iyatli, ma’rifatparvar, yangilikka intiluvchi bo‘lmog‘i, oliy va quyi
tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o‘rnata olishi lozim. Har
qanday nizo-janjallar, toj-taxt talashish, zo‘ravonlik, bosqinchilik harakatlariga
qarshi turgan Beruniy, davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik
munosabatlarini olib borish g‘oyasini ilgari surgan.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980—1037) ham qomusiy olim bo‘lib,
umumiy asarlari soni 450 dan ortiq, lekin bizgacha faqat 160 taga yaqini yetib
kelgan. Jahonda „Shayx ur-rais“, ya’ni „Olimlar boshlig‘i”, „Tabiblar podshohi“
nomlari bilan ulug‘langan bu olimning „Kitob al-qonun fit-tibb“ („Tib qonunlari“)
asari XII asrdan boshlab Yevropada lotip tiliga tarjima qilingan va 30 martadan ortiq
nashr qilingan
2
. U ham Forobiy kabi haqiqiy ideal jamoaga mavjud dunyoda eriishsh
mumkin, jamiyat a’zolari o‘zaro kelishuv asosida qabul qilinadigan adolatli
qonunlarga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti
1
http://ferlibrary.uz/abu-rayon-beruniy-muammad-ibn-a
2
http://ferlibrary.uz/abu-ali-ibn-sino
27
podshoping o‘zi adolatsizlikka yo‘l qo‘ysa, xalqning unga qarshi qo‘zg‘oloni to‘g‘ri
va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmog‘i lozim deb bilgan.
Alloma jamiyatda kambag‘allar soni ko‘payishiga qarshi chiqib, odamlarni bir-
biriga o‘zaro yordam ko‘rsatishga, hamjihatlikka da’vat etadi. Xalqlar va davlatlar
o‘rtasida tinchlik bo‘lishi ma’rifatparvar shoh boshqaruvi, ilm-fan ravnaq topishini
orzu qiladi.
O‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi
ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘
siymolardan biri Amir Temurdir.
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari davlat mansablari, davlat xizmati,
ularni tashkil qilish, ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni yuridik jihatdan
tartibga solishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
1
. Shuning uchun u bugungi kunda ham
fuqarolarning, hatto rahbarlarning ma’naviy yuksalishda muhim o‘rin egallaydi.
Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining
barcha hududlarida axloqiy-ma’naviy mezonga aylangan. Ulug‘ ajdodimiz o‘z
tuzuklarida “...amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yo
biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi
yili undan hech nima olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini
olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”,2
deb yozadi. Ana shunday adolat asosida o‘rnatilgan tartib-taomillar mamlakatda
tinchlik-osoyishtalikni ta’minlagan, odamlarni halol mehnat qilishga, tadbirkorlik,
yaratuvchanlik ruhi bilan yashashga undagan.
“Tuzuklar”da fuqaro manfaati oldingi o‘ringa olib chiqilgan. El-yurt va xalq
manfaati, inson huquqlarini himoya qiluvchi «Tuzuklar»ni tahlil etar ekanmiz,
buning guvohi bo‘lamiz:
1.Kasbu hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan yumush
berilsin.
1
https://e-tarix.uz/milliyat-insholari/212-temur-tuzuklari.html
2
http://uzmarkaz.uz/uzc/news/sohibqiron-amir-temur-1336-1405--tavalludining-684-jilligiga
28
2. Bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa ahvoli va kasbu koriga qarab ish
tutsinlar.
3. Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan
tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin.
4. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishiga qurbi yetmay
qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asboblar tayyorlab berilsin.
5. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli
uskunalarini yetkazib berib, unga yordam berilsin.
6. Har bir toifa va har jamoadan kimki o‘z ixtiyori bilan sipohgarchilik
xizmatiga kirishni istasa, uni askarlikka olsinlar.
1
Buyuk bobokalonimiz Amir Temurdan meros qadriyatlar qondan qonga o‘tib,
avlodlar tiynatida yashayveradi. Bugun ham Sohibqironning mardlik, jasorat, adolat,
tadbirkorlik, vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan ezgu fazilatlari mamlakatmizda
yuritayotgan ijtimoiy siyosatda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Amir Tsmur pa temuriylar davri (1370—1501) siyosiy- huquqii qarashlaripi
tahlil etishda buyuk faylasuf shoir Alisher Nanoiy (1441 — 1501) merosi alohida
ahamiyatga ega. U davlatni xalq manfaatlarini ko‘zlovchi, xalq orzularini amalga
oshiruvchi vositaga aylantirishga, davlat arboblarini xalq xiematchilariga
aylantirishga tirishdi va bu ishda uning o‘zi namuna bo‘ldi. U davlat ishlarini
intizomga solishga, hukumat idora- larini, saroyni yaramaslardan, xalq hisobiga
zarbof to‘n kiyuvchi, ayshu ishrat qiluvchi ifloslardan, amalparastlardan,
fitnachilardan tozalash, ularni fosh etish, qamchilash uchun qo‘lidan kelganicha
harakat qildi.Podsho va lashkar, podsho va boshqaruv tizimi xalqning osoyishta
hayot kschirishiga kafil, deydi Navoiy. Odamlar bilim va amaliy faoliyat, zehnu
zakovatda bir emas, deydi u. Birov aqlli, birov o‘ta aqlli, kimningdir aqli kam, birov
esa johil. Chunki har bir kishida Ollohning bir sifati aks etadi, sifatlar esa turlicha,
„ikki sifat birday“ emas. Shunday bo‘lgach, axloq nuqtai nazaridan ham odamlarni
teng bir holga keltirib bo‘lmaydi. Demak, ularning mol-mulki teng bo‘lishi
1
https://zarnews.uz/post/amir-temur-tuzuklarida-belgilangan-olti-qoida
29
amrimahol. Shu asosda Navoiy tasavvuf g‘oyalarining ezgulikka, adolatli siyosatga
xizmat qiluvchi jihatlarini ko‘rsatadi.
Shoir va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483— 1530)ning
siyosiy faoliyatiga e’tibor qaratish muhim axamiyatga ega. Boburning ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy qarashlari uni jahonga mashhur qilgan shoh asari
„Boburnoma“da bayon etilgan. Asarda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy
Hindistonnipg XV asr ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi choragidagi siyosiy-
iqtisodiy tarixi, muhim siyosiy voqealar mohir sarkarda va davlat arbobi nazari bilan
tahlil etilgan. Asarda juda ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy masalalarga nisbatan
muallifning shaxsiy nuqtai nazari o‘z ifodasini topgan.
Sharq allomalari ko‘pincha shoh va xokimlar adolatsizliklariga qarshi chiqib,
mazlumlarni dadil ximoya qilganlar, haqiqat uchun kurashganlar.
|