1.2. Ijtimoiy siyosatning rivojlanish bosqichlari va uni olib borish
metodlari.
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha ijtimoiy siyosiy faoliyat eng
qadimgi davrlarda shakllanib, rivojlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzimi davrlaridanoq juda oddiy bo‘lsada himoya funksiyalari
o‘rnatilgan. U oddiy insonlarning axloqida shakllanib, avloddan avlodga o‘tib
borgan. Bu himoya funksiyalari ijtioiy himoyaga muhtoj guruxlar – bolalar, kasallar
va keksalarga qaratilgan bo‘lgan. Albatta, bu jarayonga oddiy ishlab chiqarish, past
samaradoralik, amaldagi patrialxal munosabatlar, urug‘lar o‘rtasidagi tarqoqlik va
boshqalar salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu davr odamlarining ijtimoiy himoyasi o‘z-
o‘zini asrash instingtiga asoslangan bo‘lgan. Har qaysi xalqlarda turlicha kechgan.
8
Misol uchun eskimoslarda keksalar va kasalmand bolalar taqdir hukmiga tashlab
qo‘yilgan. Xuddi shu davrda indeyslarda keksalar ulug‘lanib, ularga sig‘inganlar.
Quldorlik jamiyatida esa ijtimoiy siyosatning rivojlanishiga quyidagi faktorlar
ta’sir ko‘rsatgan:
-kam bo‘lsada ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi;
-ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi;
-patrialxal oilaning shakllanishi;
-davlat, davlat tashkilotlari va davlat boshqaruvining paydo bo‘lishi;
- qullar va erkin kishilarga nisbatan ikki xil axloqning mavjudligi.
Qadimda ijtimoiy himoya funksiyalari oila tomonidan bajarilgan bo‘lib,
umume’tirof etilgan axloqiy tamoyillarga asoslangan. Agar odam yaqinlarini
yo‘qotsa, bu vazifalar davlat , cherkov va vatandoshlar tomonidan bajarilgan.
Tarixiy nuqtai-nazardan Qadimgi-yaxudiy davlatidagi ijtimoiy siyosat o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Bu jamiyatda kambag‘allar, bemorlar va nogironlar bilan
hamdardlik tuyg‘ulari rivojlangan bo‘lgan. Ijtimoiy himoya faqat mexnat qilish
imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarga ko‘rsatilgan. O‘z navbatida, mexnatga layoqatli,
sog‘lom odam ijtimoiy yordam olsa qattiq jazolangan.
Qadimgi Gresiyada gumanitar-demokratik xarakterdagi ilk qonunlar
yaratilgan. Jumladan, ota-onalarni farzandlariga kasb-kor o‘rgatishga, yoki u yoki
bu mexnat faoliyatiga tayyorlashlash majburlovchi qonun shunga misol bo‘la oladi.
Shu bilan bir vaqtda Qadimgi Gresiyada antigumanitar qonunlar ham bo‘lgan.
Masalan, nogiron bolalarni qoyadan pastga tashlab yuborganlar.
Tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirgan holda bu davr uchun xarakterli
quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin:
-mehnat unumdorligining pastligi va aholining ommaviy qashshoqligi;
-davlatning ijtimoiy siyosatga kuchli ta’siri;
-ijtimoiy himoya professial assotsiatsiyalari ilk ko‘rinishlarining shakllanishi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
shakllantirishning birinchi bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda Yevropa
mamlakatlarida ijtimoiy muhofaza qilish buyicha bir qator qonunlar ishlab chiqildi.
9
Ularda aholini ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida ijtimoiy
sug‘urtalash masalalari ko‘rildi. XX asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlarida
iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Natijada aholi o‘rtasida ishsizlar soni oshdi, aholi
daromadlari pasayib, turmush sharoiti yomonlashdi. Bunday muammolarni hal etish
maqsadida Yevropa mamlakatlari va AQShda aholi turmush sharoitini o‘rganuvchi
maktablar yaratilda.
Ikkinchi jahon urushidan keyin qator mamlakatlarda ijtimoiy ta’minotning
yagona tizimi shakllandi. Endilikda aholining faqat faol qismi emas, balki barcha
aholi qatlami hakida qayg‘urish, ularni ijtimoiy ta’minlash, hamda bemorlarga tekin
tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi. Rivojlangan mamlakatlarda aholini
ijtimoiy himoyalash tizimi-da davlatning o‘rni oshib bordi. Ishlab chikaruvchi va
ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarish va nazorat etish, aholini ijtimoiy
himoyalash tizimini takomillashtirish borasida davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib
bordi.
Turli davlatlarda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi mamlakat-ning ijtimoiy-
iktisodiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda amal qiladi. Mamlakatda aholini
ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi hozirgi zamon iktisodiyotining rivojlanish
belgisidir desak xato bulmaydi. Iktisodiyoti ravnaq topgan mamlakatda aholi
turmush darajasining tez sur’atlarda o‘sishini kuzatish mumkin. Ushbu mamlakatda
har bir kishi ijtimoiy kelib chikishidan qat’i nazar jamiyatda o‘z o‘rnini topadi, uning
mehnat qobiliyatidan to‘lato‘kis foydalaniladi, hamda uning haq-huquqlari davlat
tomonidan kafolatlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoyalash tizimida davlatning
o‘rni oshib bordi. Ishlab chiqaruvchi va ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarni
boshkarish va nazorat etish, aholini ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish
borasida davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib bordi.
Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi yo‘nalish va metodlarda olib boriladi.
Birinchidan, barcha mehnatga layoqatlilarga tadbirkorlik va mehnat uchun qulay
sharoitlarni ta’minlash. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: biznesni
liberallashtirish; kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish; yuqori darajadagi bandlikni
10
qo‘llab-quvvatlash; mehnat munosabatlarini tartibga solish. Ikkinchidan,
jamiyatning barcha a’zolariga farovonlikning ma’lum standartlarini ta’minlash.
Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurat hisoblanadi: jamiyatda
daromadlarni qayta taqsimlash; turli nafaqalar va pensiyalarni optimallashtirish;
umumiy savodxonlik va barcha jamiyat a’zolari uchun zaruriy tibbiy yordamni
uyushtirish.
Ijtimoiy siyosatining eng muhim vazifasi quyidagilar orqali ijtimoiy hayotdagi
muvozanatning muayyan darajasiga erishish: a) tabiiy ofatlar, ocharchilik,
kasalliklar, global jarayonlarning maksimal salbiy oqibatlarini bartaraf etish
bo‘yicha davlat kafolatlarini berish; b) moddiy boyliklarni qayta taqsimlash,
mamlakatda erishilgan turmush darajasini soliqlar, homiylik ishlarini rivojlantirish,
tadbirkorlikni progressiv vositalar bilan birgalikda qo‘shib ta’minlashga
yo‘naltirilgan tashkiliy harakatlarni muvofiqlashtirish. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy
ishning turli shakllari, davlatning bir martalik yirik qarorlari va tadbirlari,
shuningdek, ijtimoiy (maxsus va kompleks) dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: aholini
hayot darajasini oshirish; samarali ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish; aholini
ish bilan ta’minlanishini nazorat qilish; migratsion jarayonlarni nazorat qilish;
nafaqa tizimini takomillashtirish; tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini
takomillashtirish.
O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy prinsplari quyidagilardan iborat:
aholini kam ximoya qilingan qatlamlariga ko‘mak berish; ijtimoiy soxada davlat va
jamoatchilik nazorati; ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahalliy xokimyatni
ahamiyatini va vakolatlarini kuchaytirish; barcha fuqarolarga yashash uchun
minimumni kafolati; aholini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; imtiyozlar
berishlarni asosliligini ta’minlash.
|