Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muammolar




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

1.3.Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muammolar 
tushunchasi. 
Extiyojlar— organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning 
hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan narsalarga talab, muhtojlik.


11 
Ehtiyojlar sub’ekt bilan uning faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ifoda etadi va 
maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hatti harakatlar, fe’l atvorda yuzaga 
chiqadi. 
Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; ob’ektiga qarab 
moddiy, ma’naviy; sub’ektiga ko‘ra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy 
ehtiyojlar bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlarning umumiy qonuniyati — ularning umuman 
bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lishidir. 
Ayni payda faollikka undovchi kuch bo‘lgan ehtiyojlar, o‘z navbatida, hayot 
sharoitlariga tanlama ta’sir ko‘rsatadi, ularning o‘ziga xos tomonlarini belgilaydi, u 
yoki bu faoliyat usullarini va ehtiyojlarni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni 
rag‘batlantiradi. Masalan, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo bo‘lgan 
ehtiyojlar ularni yaratish yo‘lida izlanishlarning boshlanishiga sabab bo‘ldi, butun 
bir sanoat tarmog‘ining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Tarixan ehtiyojlar o‘sib boradi, ular xilmaxil, o‘zgaruvchan, tuzilmaviy 
o‘zgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyojlar tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy o‘rinda 
turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiy ashyoviy ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy) 
— oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim kechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va 
boshqalar)ga ehtiyojlar, shuningdek, iqtisodiy ehtiyojlar tuzilmasida oliy o‘rinda 
turadigan mehnat qilish, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash extiyojlari kiradi. 
Iqtisodiy ehtiyojlarni ham ularni ro‘yobga chiqaradigan sub’ektlariga qarab 
tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy ehtiyojlar). 
Extiyojlar ob’ektiga ko‘ra moddiy extiyojlar va ijtimoiy- madaniy extiyojlarga 
bo‘linadi. 
Moddiy extiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular 
tabiiy extiyojdir. Moddiy extiyojlar eng zarur va hayotiy extiejlardir. Oziq-ovqat, 
kiyim- kechak, turar-joy, transport va xokazo kabi qator extiyojlardan iborat bo‘lib, 
ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.Moddiy extiyojlar , albatta 
moddiy ko‘rinishga ega. Masalan, oziq-ovqat extiyoji – un, guruch, yog‘, go‘sht, 
shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. Kiyimlarga bo‘lgan extiyoj – tufli, 


12 
paypoq, kostyum-shim, ko‘ylak, palto, kurtka va boshqalarga bo‘lgan extiyoj 
sifatida yuzaga chiqadi. 
Ijtimoiy-madaniy extiyojlar azaliy bo‘lmay, jamiyat taraqqiyotining ma’lum 
bosqichida, sivilizatsiya paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari 
ijtimoiy-ma’naviy extiyojlar tabiiy zaruratga aylanadi xamda tobora yuksala boradi. 
Ijtimoiy-madaniy extiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan 
extiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O‘qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va 
boshqalar xizmatidan foydalanib inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jixatdan 
tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tamonlama kamol topadi. Bu 
extiyojlar yaqqol moddiy ko‘rinishga ega emas. 
Kezi kelganda shuni xam aloxida ta’kidlash lozimki, turli extiyojlar orasida 
ijtimoiy extiyojlar muxim o‘rin tutadi. Ijtimoiy extiyojlar qatoriga yuqoridan sanab 
o‘tganimiz ijtimoiy-madaniy extiyojlardan tashqari mehnatga layoqatsiz, 
keksaygan, nogironligi bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarning moddiy, 
tibbiy va ijtimoiy yordamga , va umuman barcha fuqarolarning uy-joyga, ta’limga 
va sog‘liqni saqlashga bo‘lgan extiyojlari xam kiradi. 
Ijtimoiy extiyojlarni qondirishda ijtimoiy ta’minotning axamiyati katta. 
Ijtimoiy ta’minot — ijtimoiy extiyojmand fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlar tizimi hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minot to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan ajratiladigan 
mablag‘lar, homiylar (turli jamg‘arma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy ta’minot miqdori va taqdim etish 
tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro me’yorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik 
hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar 
(keksalik bo‘yicha, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha va 
ijtimoiy nafaqalar (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg‘iz 
nogiron va keksalarga) to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari 
hisoblanadi. Qari-yalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish — nogironlarni 
«Mu-ruvvat» uylariga, yolg‘iz qariyalarni «Sahovat» uylariga joylashtirish, 


13 
muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron 
bolalarni kasbga o‘qitish va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish, pensionerlarni 
sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirish, ularga shahar jamoa 
transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador 
imtiyozlar berish ijtimoiy ta’minotda katta rol o‘ynaydi. 
Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy muammolar ham uchrab turadi. Bu muammolar
uchta ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi turdagi ijtimoiy muammolar jamiyatning 
iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar qaramaqarshiliklari natijasida, ya’ni muayyan 
ijtimoiy guruhlar bilan korxonalar, firmalar va h.k.lar o‘rtasida paydo bo‘ladi. 
Masalan, firma oylik maoshlarni qisqartirish orqali xodimlar ijtimoiy manfaatlariga 
ziyon yetkazadi. 
Ikkinchi turdagi ijtimoiy muammolar ijtimoiy mexnat taqsimoti natijasida 
vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish kuchlarini takominlashtirib 
borishni, yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali ish o‘rinlarini qisqartirib borishni 
talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida ishsizlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. 
Uchinchi turdagi ijtimoiy muammolar eskirgan ijtimoiy munosabatlarning 
saqlanib qolishi bilan bog‘liq. Bu asosan hozirgi bozor iqtisodiyoti talablariga javob 
bermaydigan ayrim eski normativ xujjatlarning haligacha muomuladan
chiqarilmaganligi bilan izoxlanadi. 
Shuni e’tirof etish lozimki, jamiyat rivojlanib borishi bilan ijtimoiy
muammolar xam rivojlanib boradi, yo‘qolib ketmaydi. Demokratik davlat bu 
muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlab borishi va ularni bartaraf etishga 
qaratilgan ijtimoiy siyosat yuritishi lozim. 

Download 2,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muammolar

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish