• Nazorat uchun savollar
  • 3-mavzu: AHOLI DAROMADLARINI OShIRIShDA OYLIK ISh HAQINING O‘RNI.
  • 1.Mehnat va oylik ish haqining ijtimoiy iqtisodiy moxiyati va uning turlari.
  • Soyib raupov ijtimoiy siyosat




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/69
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,13 Mb.
    #241003
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
    Bog'liq
    12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Dastlabki ijtimoiy siyosiy fikr, Kanfutsiy, Platon, Aristotel, sitseron, 
    Zardushtiylik, 
    Islom, 
    A.Avgustin, 
    F.Akvinskiy, 
    V.Okkam, 
    Uyg‘onish, 
    Reformatsiya, N.Makiavelli, Farobiy, A.Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, A.Navoiy, 
    1
    https://arboblar.uz/uzkr/people/bekhbudi-makhmudkhodzha. 


    35 
    Monteske, J.Medison, J.J.Russo, E.Berk, Liberalizm, Konservatizm, Axmad 
    Donish, M.Bexbudiy. 
    Nazorat uchun savollar:
    1. Dastlabki ijtimoiy siyosiy fikr nimalarda ifodalangan? 
    2. Kanfutsiy ijtiimoiy siyosiy qarashlarining moxiyati nimada? 
    3. Platon, Aristotel, sitseron ijtimoiy siyosiy qarashlarini taxlil qilib bering? 
    4. Uyg‘onish, Reformatsiya tushunchalarining mazmun moxiyati nimada? 
    5. O‘rta asr Sharq mutafakkirlari ijtimoiy siyosiy qarashlarining moxiyatini 
    tushuntiring? 
    6.Yangi davr Yevropa allomalari ijtimoiy siyosiy qarashlarining moxiyati 
    nimada? 
    7. Liberalizm, Konservatizm g‘oyalarining moxiyati nimada? 
    8. Axmad Donish, M.Bexbudiy ijtimoiy siyosiy qarashlarining moxiyati 
    nimada? 
    3-mavzu: AHOLI DAROMADLARINI OShIRIShDA OYLIK ISh 
    HAQINING O‘RNI. 
    Reja: 
    3.1.Mexnat va oylik ish haqining ijtimoiy iqtisodiy moxiyati va uning turlari. 
    3.2.Mexnat va oylik ish haqi borasida nazariy yondashuvlar. 
    3.3.Axoli daromadlari va uning xususiyatlari. 
    3.4.O‘zbekistonda axoli daromadlarini oshirishga qaratilgan siyosat. 
    3.
    1.Mehnat va oylik ish haqining ijtimoiy iqtisodiy moxiyati va uning 
    turlari. 
    Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, 
    rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi 
    tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 
    bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, 
    qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash 


    36 
    taqiqlanadi (istisno sifatida qishloq xo‘jaligi vakillari xodimlarga mehnat haqini 
    o‘zlari yetishtirgan va qayta ishlangan mahsulotlar bilan (natura) to‘lashi mumkin). 
    Mehnatga ishbay haq to‘lashda sarf etilgan vaqtdan qat’iy nazar, har bir ishlab 
    chiqarish birligi uchun belgilangan summada haq to‘lanadi. Mehnatga vaqtbay haq 
    to‘lashda ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar, soatbay, kunlik, haftalik yoki oylik 
    vaqt me’yori uchun haq to‘lanadi. Mehnatga uyg‘unlashgan tartib bo‘yicha haq 
    to‘lashda har bir ishlab chiqarish birligi uchun to‘lanadigan haq miqdori belgilanadi. 
    Shu bilan birga, ma’lum vaqt uchun kafolatlangan ish haqi tayinlanadi 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish