2.3. Yangi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta’limotlar.
Yangi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta’limotlar jadallik bilan
rivojlandi. Jumladan, Fransiya ma’rifatparvari Sharl Lui Monteskyo (1689— 1755)
o‘zining „Qonunlar ruhi“ asarida „idora etish tarzi“ga yoki „qonunlar ruhi“ga ta’sir
etuvchi omillarni ko‘rsatib beradi. „Ko‘pgina narsalar — iqlim, din, qonun- lar,
idora etish shakllari, o‘tmish saboqlari, axloq, odatlar xalqning umumiy ruhining
natijasi sifatida insonlarni boshqaradi“, — deb yozadi.
1
Monteskyo hokimiyatning bo‘linish nazariyasini „aralash idora etish“
g‘oyasining davomi hisoblab, qonun ustuvorligini qayd etadi. Shu asosda qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-birlarini to‘ldirgan holda
hokimiyatni saqlab turishlari mumkin degan xulosaga keladi.
Siyosiy fikr rivoji Yevropadagi davlatlar qurilishi bilan uzviy bog‘liq holda
bordi. Bu davr namoyondalari unitar mustaqil davlatning kamchiliklarini hisobga
olib, siyosiy nazariyani amaliyot bilan bog‘liq holda amalga oshirishga harakat qila
boshladilar. J. Medison (1751 — 1836) respublikanizmning ko‘zga ko‘ringan
nazariyotchilaridan biri bo‘lib, u xalq — siyosiy hokimiyatning yagona manbai,
1
http://staff.tiiame.uz/storage/users/413/books/
kpa0YaCdebtRM4V2sARBX1N8pE2YEGFyTT2wpFL3.pdf
30
saylovlar — respublikaviy idora etishning muhim xususiyati, degan qoidaga
asoslanadi. U ko‘pchilik fraksiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, hokimiyatdan
foydalanib, ozchilikning manfaatlarini poymol etishi mumkinligi xavfining oldini
olish choralariga alohida e’tibor bilan qaraydi. Ozchilikning erkinligini kafolatlash
zarurligini himoya qiladi. Medison demokratiyaning vakillik orqapi idora etish
shakli bilan birta liberal idora etish ham zarurligini isbotlaydi. Davlat
hokimiyatining bo‘linishi, ularniig har birinipg nisbiy mustaqilligini va tengligini
tan oladi. Siyosatning „Ijtimoiy konsepsiyasi“ fuqarolik koniepsiyasining davomi
sifatida shakllandi. U endi alohida individ — fuqaroga emas, ayrim ijtimoiy guruhga
tayana boshladi. Millat, sinflar, insonlar, individlar muayyan guruhlarning,
birlashmalarning mahsuli sifatida qaraladi.
1
Fransuz ma’rifatparvari J. J. Russo (1712—1778) esa siyosatda fuqarolik
konsepniyasining qaz’iy ifodachisi va tadqiqotchisidir. Individlar davlatni yaratadi
yoki ayni paytda individlarning o‘zi davlatning mahsulidir, degan fikrni olg‘a suradi.
Russo uchta tashqi omilni quyidagicha qayd etadi: 1. Ijtimoiy tenglikni quvvatlab.
mulkning jamiyat a’zolariga nisbatan tengsiz taqsimlanishiga qarshi chiqadi. 2.
Siyosiy yaxlitlikni himoya qiladi. Davlatda xususiy hamkorlik bo‘lishi mumkin
emas, degan g‘oyaga tayanadi. 3. U vakillik hokimiyatini qullik deb hisoblaydi. Bir
so‘z bilan aytganda, Russo demokratiyaning bevosita shaklini qo‘llab-quvvatlaydi.
2
Angliyalik konservator E. Berk (1729—1797) ta’limo tida tabiiy huquqlarni
tan olmaslik g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Uningcha, davlat va jamiyat insonlarning
ixtirosi emas, balki tabiiy rivojlanishning natijasidir.
Davlatning asosiy vazifasi tartib va qonunni saqlashdan iborat. Hokimiyatning
vakillik shaklini qo‘llab chiqadi. Berk parlamentga Angliyadagi hokimiyatning
haqiqiy shakli sifatida qaraydi pa uning faoliyati xalqtomonidan nazorat etilishi
mumkin emas deb hisoblaydi.
Yangi davrning birinchi tarixiy g‘oyasi sifatida vujudga kelgan ta’limot
Liberalizm — loticha — ozod, erkin so‘elaridan kelib chiqqan bo‘lib, uning paydo
1
. https://america-xix.ru/personalia/madison.html
2
https://lib39.ru/events/scientists/russo.php
31
bo‘lish tarixi Yevropadagi XVII—XVIII asrlarda bo‘lib o‘tgan burjua inqiloblari
davriga borib taqaladi, ya’ni liberalizm feodal tartiblar va xristian cherkovi
hukumronligiga qarshi olib borilgan kurashlar jarayonida siyosiy ta’limot sifatida
shakllangan. Liberalizm ta’limotining asoschilari angliyalik Djon Lokk (1632—
1704) va Adam Smit (1723—1790) hamda amerikalik Tomas Djefferson (1743—
1826) lardir.
XIX asrda liberalizm Angliyada kuchli rivojlandi. Uning rivojiga bu yerda
Mill’ (1806—1873), Gerbet Spenser (1820—1903), keyinroq esa Djon Keyns
(1883— 1946) lar katta hissa qo‘shdilar. Bu ta’limot taraqqiyoti XX asrda „yangi
liberalizm“ konnepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Liberalizmning ijtimoiy
fikr va siesiy oqim sifatida asosiy priniiplari inson erkinligi va ozodligi bo‘lib,
liberalizmning asosiy qadriyatidir. Uning boshqa barcha prinsiplari mana shu asosiy
qadriyatdan kelib chiqqan va bular qatoriga quyidagilarni kiritish lozim: — inson
o‘z erkinligiga tayanib jamiyatda hayotiy maqsadlarini belgilash va faoliyat
yo‘nalishini tanlash huquqiga ega; — u o‘z faoliyatining natijalari uchun,
farovonligi va ijtimoiy ahvoli uchun o‘zi mas’uldir. Liberalizm insonning individual
erkinligini uning avvalo siyosiy erkinligi va tabiiy huquqpari bilan uyg‘un holda
tushunadi. Bunda insonning xususiy mulkka egalik qilish huquqiga alohida e’tibor
beriladi. Demak, individual erkinlik avvalo xususiy mulk egasining erkinligi bilan
uzviy bog‘liqpikda tushuniladi. Xullas, liberapizmning asosiy ideali teng huquq va
imkoniyatlarga ega bo‘lgan fuqarolarning jamiyatidirki, undagi har bir inson, agar
mehnatsevar va aqlli ekan, hayotda muvaffaqiyatlarga hamda ijtimoiy tan olinishga,
ya’ni hurmatga erishishi mumkin. Inson erkinligi, ozodligi prinsipiga tayangan
liberalizm hozirgi zamonaviy demokratiyaning g‘oyalari, me’yorlarini yaratishda
katta rol o‘ynadi. Bu yerda gap barcha insonlarning qonun oldidagi tengligi; har bir
insonning asosiy erkinliklardan (vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, assotsiatsiya va
partiyalar tuzish erkinligi) foydalanish huquqini tan olish; o‘zgacha fikrga nisbatan
sabr-toqat; ozchilik huquqlarining tan olinishi to‘g‘risida bormoqda. Nihoyat,
zamonaviy demokratiyadagi huquqiy davlat nazariyasi ham liberalizm mahsulidir,
32
ya’ni jamiyatni boshqaruvchi barcha tizim xalqning nazorati ostida ishlamog‘i
kerak.
1
Yangi va eng yangi davrning yana bir ijtimoiy siyosiy g‘oyasi- Konservatizm
ijtimoiy-siyosiy tafakkur ko‘rinishi sifatida 1789—1791 yillardagi Buyuk fransuz
inqilobining natijalari va tajribalarining tanqidiy baholari sifatida shakllandi.
Ta’limotning asoschisi angliyalik mutafakkir Edmund Berkdir (1729—1797).
Shunga ko‘ra, klassik konservatizmni Angliyada vujudga kelgan deyish mumkin. E.
Berk 1770 yil yozgan „Fransiyadagi inqilob to‘g‘risida o‘ylar“ asarida erkinlik
konsepsiyasini himoya qildi, hatto bunga liberallar ham tan berishdi. Biroq, Berk
fikricha, jamiyat hayotida yaxshi natijalarga inqilob orqali emas, balki ijtimoiy-
siyosiy institutlarning evolyusion taraqqiyoti orqali erishiladi. XX asrda angliyalik
faylasuf Karl Popper konserva- tizmning yirik nazariyotchisi sifatida tanildi.
Konservatizmning asosiy qadriyatlari tarix, hayot, qonun, tartib, iptizom, ijtimoiy
barqarorlik, an’analar, oila, millat, davlat, jamiyat, hokimiyat, ierarxiya va dindir.
Ijtimoiy konservatizmning o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: —
insoniyatning qadimiy axloqiy an’analarini saqlab qolish; — qadriyatlar yoki
ijtimoiy institutlarni radikal inkor qg‘glishga nisbatan shubhali munosabat; —
jamiyatni o‘z ichki hayoti va juda mo‘rt tuzilishga ega bo‘lgan ma’naviy reallik,
borliq sifatida idrok etish; — jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunish va uni
mashinaga o‘xshab qayta qurish mumkin emasligiga ishonish. Konservatizmning
asosiy qoidasi shundan iboratki, go‘yo inson ongi, tafakkuri imkoniyatlari
cheklanganligi bois, u ijtimoiy jarayonlarning mohiyat va maqsadini to‘liq
anglashga ojizdir. Ijtimoiy jarayonlar, konservatizm tarafdorlarining fikricha,
odamlar taqdirini belgilovchi oliy ilohiy kuch (Yaratuvchi) tomonidan boshqariladi.
Biroq, inson onggi ham Yaratuvchi bilan birgalikda bu boshqaruvda ishtirok etadi.
Real ijtimoiy jarayon esa ijtimoiy institutlar va qadriyatlarda ifodalangan tajriba va
xatolar natijasidir. Bu real ijtimoiy jarayonlarni inson ongli ravishda o‘ylab
topmagan va amalga oshirmagan, shu bois uni radikal tarzda o‘zgartirish huquqiga
ham ega emas.
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-l/liberalizm-uz/.
33
Neokonservatorlar iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlari tarafdori bo‘lib,
shu ma’noda ular liberalistlar bilan hamfikrdirlar. Biroq siyosiy qarorlar u yoki bu
individ, guruh manfaatini o‘ylab emas, balki millatning mushtarak, umumiy
mafaatlarini ko‘zlab qabul qilinmog‘i kerak, deya hisoblaydilar konservatorlar.
1
Mamlakatimiz xududida XIX asr ikkinchi yarmida ijtimoiy siyosiy
qarashlarning rivojlanishiga Axmad Donish ijodining katta ta’siri bo‘ldi. Ahmad
Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-
Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning o‘rtalarida yashab
ijod etgan, ilg‘or fikrlari bilan nom qozongan shoir, mutafaxkir, ma’rifatparvardir.
U 1827 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim
olib, o‘z davrining ilg‘or olimi va mutafakkiri darajasiga ko‘tarildi. “Navodir ul-
vaqoe” kitobi Ahmad Donishning asosiy asari hisoblanib, unda olim o‘zining turli
masalalarga munosabatini ifodalagandir. Asarda Ahmad Donish ijtimoiy
taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan feodal ijtimoiy-siyosiy tuzum, tartib va
munosabatlarni tanqid ostiga oladi. Buxoro amirligini Yevropa mamlakatlari,
xususan Rossiya bilan taqqoslab, Donish o‘z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan
orqada qolganligini ko‘rsatib beradi va bu qoloqlikdan chiqish uchun ijtimoiy-
siyosiy tuzumda islohotlar qilish zarurligini uqtiradi.
2
Tarixga XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida butun Sharq mamlakatlari
bo‘ylab yoyilgan islohotchilik harakati chor Rosiyasi qo‘l ostida bo‘lgan Turkiston
o‘lkasiga ham kirib keldi. Bu islohotchilik harakati tarixga «jadidchilik», uning
vakillari esa«jadidlar» nomi bilan kirdi.
Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllanib, qisqa muddatda
ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab ola bilgan ijtimoiy harakat edi.
„Jadid“ so‘zining ma’nosi „yangi“ demakdir. U shunchaki „yangi“, „yangilik
tarafdori“ degani emas, balki „yangi tafakkur“, „yangi inson“, „yangi avlod“ singari
keng ma’nolarni o‘zida mujassam etgan.
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/konservatizm-uz/.
2
https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/ahmad-donish-uz/
34
Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat
g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va
amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi,
noshir, jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab
bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turg‘unlik, o‘zaro janjal,
mahalliy urug‘chilik nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib
o‘lkani zabt etgan Rusiya zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinardi. Mana
shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lish xavfidan saqlab qolish,
avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotta
boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga
tushdi.
Behbudiy millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarni boshqalar
bilan teng muhokama eta oladi, degan fikrda bo‘ldi.
Lekin millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy
adolatni tiklab bo‘lmaydi. Bu Behbudiy kelgan birinchi xulosa edi.
Behbudiyning qarashlarida milliy qadriyatlarga bo‘lgan ixlos va ayni paytda
Yevropa dunyosining tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi, davlat qurilishi sohasidagi
tajribalarini o‘rganishga e’tibor katta o‘rin tutgan. Shuningdek, Bs’hbudiy millat
o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalari bilan teng aralasha
oladi, degan fikrni ilgari surib, tarixga alohida e’tibor berdi.
1
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va
rivojlanishiga oid yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ijtimoiy siyosiy qarashlarning
uzoq tarixga egaligidan dalolat beradi. Bu bilimlarni chuqur o‘rganish
aqidaparastlikning va siyosat dunyosida biryoqlamalikka berilishning oldini oladi.
|