Tayanch so‘z va iboralar:
siyosat, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy siyosat ob’ekti, ijtimoiy siyosat predmeti,
ijtimoiy adolat,
ehtiyojlar,
ijtimoiy ehtiyojlar, ijtimoiy siyosatning rivojlanish
bosqichlari,
ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy manfaatlar.
Nazorat uchun savollar:
1.Ijtimoiy siyosat deganda nimani tushinasiz ?
2.Ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat ?
3.Ijtimoiy siyosat ob’ekti va predmeti nimadan iborat ?
4.Ijtimoiy siyosatning rivojlanish bosqichlari va uni olib borish
metodlarini taxlil qiling ?
5.Ijtimoiy extiyojlar deganda nima tushuniladi ?
6.Ijtimoiy adolat tushunchasining mohiyatini izohlab bering?
17
2-mavzu: IJTIMOIY SIYoSATNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:
2.1. Qadimgi dunyoning ijtimoiy siyosiy fikri.
2.2. O‘rta asrlar va uyg‘onish davridagi ijtimoiy siyosiy g‘oyalar.
2.3. Yangi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta’limotlar.
2.1.Qadimgi dunyoning ijtimoiy siyosiy fikri.
Ijtimoiy - siesii qarashlar taxminan miloddan avvalgi 4 ming yillikda insoniyat
sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari bo‘lgan Sharq o‘lkalari — Misr, Mesopatamiya,
Hindiston va Xitoyda paydo bo‘lgan. Dastlabki ijtimoiy siyosiy fikrlar barcha
qadimgi xalqlarda, Sharqda ham, G‘arbda ham diniy negizdagi afsona va rivoyatlar
ta’sirida shakllangan.
Qadimgi xalqlardan misrliklar, xitoyliklar, hindlar, yahudiylar, forslar, greklar
va rimliklar yerdagi tartiblarni koinot tartiblarining uzviy bir qismi va kelib chiqishi
jihatidan ilohiydir, xudo uning bosh sababidir, deya talqin qilganlar. Bunday
tafakkur tarzi uzoq davrlar mobaynida ijtimoiy-siyosiy ongda chuqur o‘rnashib,
davlat, siyosatga oid g‘oyalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi Xitoydagi ilk ijtimoiy siyosiy qarashlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, ularda muqaddas bitiklarning emas, balki mutafakkir olimlarning davlatni
tashkil etish, boshqarish, inson va jamiyat munosabatlari tahlili aks etgan ta’limotlari
muhim o‘rin egallaydi. Ular safida Konfutsiy (Kun-Fu-szi — mil. av. 551—
479)
1
qarashlari alohida ahamiyatga molik. Xitoyning keyingi taraqqiyoti uchun ham
g‘oyatda ahamiyatli bo‘lgan konfutsiychilik falsafiy-axloqiy va siyosiy ta’limoti
dinning o‘ziga xos muqobili vazifasini o‘tagan. Uning fikricha, davlat ulkan oiladir.
Imperator hokimiyati oila boshlig‘i, ya’ni otaning oiladagi hokimiyatidek, qo‘l
ostidagilarga nisbatan adolat va mehr- shafqatga asoslanishi lozim.
Mutafakkir davlat va jamiyat boshqaruvini avvalo intizom va tartib bilan
bog‘lab „podshoh—podshohdek, xizmatkor—xizmatkordek, ota—otadek, o‘g‘il—
o‘g‘ildek bo‘lsin“, deydi. Bunday boshqarish — hammani joy-joyiga quyish degan
xulosani chiqaradi. U odamlarni ijtimoiy kelib chiqishiga qarab to‘rt qatlamga
1
https://ziyouz.uz/hikmatlar/aforizmlar/konfutsiy-oliy-odam-ruyomi-ruyob/
18
ajratadi: aslzodalar (tabiiy tug‘ma qobiliyatli); bilimlarga o‘qish-o‘rganish
jarayonida ega bo‘lganlar; bilimlarni qiyinchilik bilan o‘zlashtiruvchilar; bilim
olishga intilmaydiganlar. Konfuiiy fikricha, qatlamlararo tafovutlar ular o‘rtasidagi
tengsizlikni keltirib chiqaradi. Bu tengsizlik kichiklarning kattalarga, quyi
tabaqalarning yuqori tabaqalarga bo‘ysuiishini, hokimiyatning aslzodalar qo‘lida
to‘planishi zarurligini taqozo qiladi. Konfutsiy ijtimoiy-siyosiy ta’limotining
negizida ezgulik, insoniylik goyasi yotadi.
Dastlabki siyosiy g‘oyalar dastlab Sharqda paydo bo‘lganligiga qaramay
G‘arbda, xususan Qadimgi Gresiya va Rimda tom ma’noda ilmiy shaklga
yaqinlashdi. Ijtimoiy-siyosiy fikr afsona va rivoyatlar qobig‘idan chiqib inson,
jamiyat masalalarini ilmiy-falsafiy talqin qilishga intildi.
Davlat va uning boshqaruv shakllari, usullari haqida dastlab Suqrot, uning
shogirdi Platon, undan so‘ng Aristotsl yaratgan g‘oyalar diqqatga sazovordir.
Platonning (mil. av. 427 — 347)
1
ijtimoiy siyosiy qarashlariga dastlab ustozi
Suqrotning ratsional falsafasi katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada, keyinchalik u ob’ektiv
idealizm tarafdori va ifodachisiga aylandi. Bu ruh uning „Davlat“, „Siyosatchi“,
„Sofist“, „Parmenid“ va „Qonunlar” kabi asarlarida ilgari surilgan ikki dunyo
to‘g‘risidagi qarashlarida yaqqol seziladi.
Platonning fikricha, inson tabiati uch asosiy elementdan tarkib topgan: aqliy,
jangarilik va yaratuvchilik. Shunga muvofiq ideal davlat ijtimoiy tuzilish jihatidan
uch asosiy toifani o‘z ichiga oladi. Donolikka salohiyati bo‘lgan faylasuflar
hukmdorlik qilib, davlatni boshqaradilar, jangarilikka moyil bo‘lgan jangchilar
mudofaa bilan, yaratupchilik egalari — dehqon va hunarmandlar esa moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarish bilan band bo‘ladilar.
Davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga bog‘lagan holda „Davlat — har
birimiz o‘zimizni qondira olmaganimiz holda juda ko‘p ehtiyojlarga
muhtojligimizdan kelib chiqadi,” deydi Platon. Ushbu davlatda har bir inson o‘z
tabiatida ustunlik qiluvchi xususiyatlarga ko‘ra mehnat taqsimotida o‘z vazifasini
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-p/platon-uz/
19
bajaradi. Demokratik tuzum doirasida inson istagan ishini qilishi mumkin deya
fikrlagan Platon bunday tuzumga qarshi chiqadi.
Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi nazariyasi uning mashhur shogirdi, A.
Makedonskiyning ustozi, Sharqda „birinchi muallim“ nomi bilan tanilgan Aristotel
(mil. av. 384—322)
1
tomonidan keskin tanqidga uchradi. Jamiyatdagi sinfiy
tabaqalanish va davlatning kelib chiqishini mutlaq, ilohiy g‘oya bilan bog‘lagan
Platonga qarama-qarshi o‘laroq Aristotel inson salohiyatiga ko‘proq e’tibor bilan
qaradi. Bu hol Platon va Aristotel’ ta’limotlari o‘rtasida muayyan tafovutlarni,
qarama- qarshiliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, „Siyosat", „Etika“, „Ritorika",
„Afina politiyasi“ kabi asarlarida Gresiya va uning atrofidagi 158 shahar-polislar
hayotini kuzatish asosida Aristotel real hayotdagi o‘zgarishlarning o‘z ichki
ziddiyatlari asosida sodir bo‘lishini ta’kidladi va bu fikrlari bilan ustozidan ijobiy
jihatdan o‘zib ketdi. Bu holni izohlar ekan „Platon mening do‘stim, lekin haqiqat
undan ustunroqdir“, degan edi Aristotsl.
Aristotel „inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir“ degan fikrni ilgari
surib, unga adolat va adolatsizlikning farqini anglaydigan yagona mavjudot sifatida
qaraydi. Davlatning nisbiy yaxlitligini ma’qullab, uning maqsadi hamma
fuqarolarga farovonlik ulashishdir, dsb hisoblaydi. Aristotel Platonga zid ravishda
xususiy mulkni himoya qilar ekan, shaxsiy manfaatdorlik va xususiy mulkka ega
bo‘lish insonga huzur bag‘ishlaydi, har kim o‘z ishi bilan band bo‘ladi, bu o‘z
navbatida taraqqiyotni tezlashtiradi, deb biladi. Mutafakkir fikricha, boylikka
bunday munosabat xudbinlik emas, balki o‘z-o‘zini hurmat qilishga hamda o‘z
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Garchi, demokratiya kambag‘al — yo‘qsillar manfaatini ifodalaydi, umum
manfaatini nazarda tutmaydi deb, demokratiyani mukammal tuzum qatoriga
kiritmagan bo‘lsada, Aristotel davlatning mustaqilligi uchun kambag‘allar
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish lozim, chunki, kambag‘allar odatda davlatni
boshqarishdan chetda bo‘ladilar. Isyon va jinoyatlar ko‘payadi, qaerdaki o‘rta sinf
1
https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/aristotel-uz/
20
bo‘lmasa, kambag‘allar soni ko‘p bo‘lsa murakkab vaziyat vujudga keladi va davlat
halok bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Qadimgi Gresiyadagi siyosiy-huquqiy tafakkurla ijtimoiy-siyosiy masalalarga
katta e’tibor ustuvorlik qilgan bo‘lsa, Qadimgi Rim siyosiy-huquqiy qarashlarida
huquqiy jihat ustunlik qilgan. Greklarda davlat va huquq masalalari bilan
faylasuflar, rimliklarda esa amaliy tajribaga ega bo‘lgan huquqshunoslar
shug‘ullangan. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta’limotlari tarixi Mark Tuliy
sitseron (mil.av 106- mil.43), Ulpian, Modestin (1—111 asrlar) nomlari bilan
bog‘liq. Mashhur notiq va davlat arbobi sitseron „Davlat to‘g‘risida”, „Qonunlar
to‘g‘risida", „Majburiyatlar to‘g‘risida“ kabi asarlarida huquqiy davlatning ildizlari
haqidagi ta’limotni yaratdi. Uning fikrncha, dastlab insonning tabiiy huquqlari,
keyin esa davlat va uning qonunlari vujudga kelgan. Hujuqshunos va tajribali
ma’mur sifatida sitseron davlatni qonunlar jamiyati deb biladi va odamlar boylik,
qobiliyat jihatidan teng bo‘lmasalarda, lekin barchalari qonun oldida teng bo‘lishlari
lozim deydi. Umuman, sitseron davlatning paydo bo‘lishini tabiatda mavjud bo‘lgan
adolat va huquqning ro‘yobga chiqishidan iborat, deb tushunadi. sitseronning
qarashlarida uchraydigan „xalq“ va „olomon“ tushunchalariga berilgap ta’riflar
yanada qiziqarlidir. Xalqqa umumiy huquq va foyda asosida birlashgan kishilar,
olomonga esa hurmatga loyiq bo‘lmagan, davlatga zarar keltirishga, isyonlar
qilishga moyil kuch sifatida qaraydi.
Mamlakatimiz xududa
ijtimoiy siyosat to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar
asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, hokimiyat, haqiqat,
adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga tayanadi.
Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtli
saodatli hayotini ta’minlashdir. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Allohnpng o‘zi oliy
qonun sohibi. Uning talablari, ko‘rsatmalari payg‘ambarlar orqali insonlarga
yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili
hisoblanadi.
21
Qadimgi dunyo faylasuf mutafakkirlari qarashlarida, Zardushtiylik, Islom dini
tv’limotlarida erkinlik va axloq g‘oyalari bilan bir qatorda ijtimoiy adolat va
insoniylik g‘oyalari rivojlantirilgan.
|