14
1.4. Ijtimoiy adolat. Samaradorlik va tanlov.
Adolat –
ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar
ijtimoiysiyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim
shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va
burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar,
mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo,
xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-
cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy
jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro
tengligini nazarda
tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-
birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi.
Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni
adolat
qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi.
Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-
shini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli
topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar tomonidan
adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining
mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.
Tarixan o‘zini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi
jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik so‘zlari
bilan hamohang bo‘lib, u doimo va ko‘pchilik tomonidan qo‘llanib kelinadi.
Adolat tushunchasi inson yoki insonlar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
holatini ifodolovchi tushuncha bo‘lganligi uchun ijtimoiy so‘zi qo‘shiladi. Chunki
ijtimoiy adolat ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalariga taaluqlidir.
Adolat tarix sinovlaridan o‘tgan tinchlik va mexnat,
erkinlik va tenglik,
birdamlik va baxt haqidagi tasavvurlar bilan birga, kishilarning ehtiyojlarini eng
ko‘p ifodalaydigan g‘oyalar qatoriga kiradi. Adolat keng xalq ommasini qatiy va
faol harakatga undovchi, safarbar etuvchi kuchga ega.
Islomning asosi bo‘lgan Qur’oni karim va Hadisi shariflarda ham adolat
borasida ko‘p o‘gitlar aytilgan. Adolatli bo‘lish har bir inson uchun zarur amaldir.
15
Ayniqsa, mas’ul vazifada xizmat qiluvchi kishilar va rahbarlar uchun o‘z qo‘l
ostidagilarga nisbatan adolatli muomalada bo‘lish o‘ta muhimdir. Bu haqda "Niso"
surasining 58 oyatida shunday deyiladi: - "Albatta, Alloh sizlarga eng yaxshi pand-
nasihatlarni qilur. Albatta, Aloh eshituvchi, ko‘rguvchi zotdir".
Adolat qilish rahbar odamlar uchun o‘ta zarur bo‘lgan mas’uliyat
ekanini
Rasullulloh (s.a.v) bayon qilib, o‘z hadisi shariflarida aytganlarki: "Sizlardan har
biringiz rahbar nazoratchisizlar va har biringiz o‘z qo‘l ostidagilaringiz uchun so‘roq
qilinursiz."
Birok kishiga yoki qavmga shaxsiy adovati bo‘lgani uchun adolatsizlik qilish
yoki o‘z qarindoshi, tanish-bilishlariga yon bosib, ularni qo‘llab-quvvatlab adolatli
bo‘lishni Allohtaolo qat’iy man etib aytadiki: "Ey mo‘minlar, Allohning o‘zi uchun
haq yo‘lni tutuvchi bo‘lingiz! Birok qavmni yomon ko‘rishingiz sizlarni adolat
qilmaslikka tortinmasin! Adolat qilingiz!" (Moida surasi, 8-oyat)
Ijtimoiy adolat tushunchasi deganda u inson turmushining hamma soxalarini,
shaxs bilan jamiyat o‘zaro munosabatlarining barcha jixatlarini qamrab olganligini
tushunamiz. Ijtimoiy adolat real xalq hokimiyatidan va barcha fuqarolarning qonun
oldida tengligidan, millatlarning
amalda teng huquqligidan, shaxsning hurmat
qilinishidan iborat. Keng miqyosdagi ijtimoiy kafolotlar: ish bilan ta’minlash,
ma’orifda, madaniyat ne’matlaridan, meditsina xizmatidan foydalanish va uy joyli
bo‘lish, keksalar, onalik va bolalik to‘g‘risida g‘amg‘o‘rlik qilish ham shular
jumlasiga kiradi.
Ijtimoiy adlolat
prinsipi xalq birligining, jamiyat siyosiy barqarorligining,
rivojlanish jo‘shqinligining muxim sharti hisoblanadi. Shuning uchun davlat o‘z
siyosatida ijtimoiy adolatni ta’minlashga aloxida e’tibor qaratmog‘i lozim.
Adolatsizlik ko‘rinishi qaerda sodir bo‘lmasin ishlab chiqarish, taqsimot
soxasidami, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishidami, odil sudlovni amalga
oshirishdami davlat, jamoat mulkidan va xizmat mavqeidan shaxsiy boylik orttirish
maqsadida foydalanish
va shu kabi boshqa hollardami, bularning hammasi
kishilarning tabiiy norloziligini qo‘zg‘atadi, unga qarshi faol harakat qilina
16
boshlanadi. Shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat ijtimoiy adolatni
taminlashga to‘sqinlik qiladigin barcha to‘siqlarni bararaf etishi lozim.
Ijtimoiy adolat turli tarixiy davrlarda o‘zining mazmuniga ko‘ra
turlicha
bo‘ladi. Bir sharoitda adolat deb hisoblangan holat boshqa sharoitda adolatsizlikka
aylanishi mumkin. Ijtimoiy adolat muammosi cheksiz tenglikka erishish ma’nosini
anglatmaydi. Uni to‘la ro‘yobga chiqarish ham mumkin emas, chunki odamlar o‘z
qobiliyatlariga, o‘z faoliyatlarini ro‘yobga chiqarish darajasiga ko‘ra teng
emaslar.Ijtimoiy siyosat odamlarning qonun oldidagi tengligini va imkoniyatlar
tengligini ta’minlashi kerak.
Ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlamay turib, haqiqiy adolatni tasavvur qilish ham,
uning tamoillarini amalga oshirish ham mumkin emas. Jamoat, davlat ishini o‘z ishi
deb bilib, g‘amxo‘rlik qilish – ijtimoiy adolatning muxim qirrasidir.