40
belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning
maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi
xodimlarning barcha toifalari uchun o‘rtacha Ish haqining ortib borishi ma’lum
darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya sur’atlarini
pasaytirishda foydalanadi; 3) Ish haqining o‘rtacha ortib borishiga karab ortib
boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori Ish haqi darajasining o‘sishiga
ta’sir ko‘rsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.Yollanma
xodimlar ish haqini davlat yo‘li bilan tartibga solish aholining eng kam ta’minlangan
qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va
boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining pasayishini
cheklashda muhim ahamiyatga ega.