. 2.Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

5
.
2.Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari. 
Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, 
uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma. Davlat 
jamiyatni o‘z qonun-qoidalariga ko‘ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil 
topadi. Davlat to‘g‘risidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. 
Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida 
turlicha fikrlar mavjud. 
Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida 
dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. 
taxm. 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo 
bo‘lgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, 
hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu 
amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va 
insonlarning baxtli saodatli hayotini ta’minlashdir. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, 
Allohnpng o‘zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko‘rsatmalari payg‘ambarlar 


61 
orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning 
yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi. 
Diniy-mifologik ta’limotlar bilan birga, keyinchalik davlat to‘g‘risidagi 
dunyoviy qarashlar, g‘oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, 
J. J. Russo, G. Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteske, Kant, Jefferson va b. katta hissa 
qo‘shdilar. Bugungi dunyoviy davlatlarda ana shu mutafakkirlar ta’limotlari 
muayyan darajada o‘z aksini topgan. Aristotel ham, Forobiy ham insonlar hayotiy 
zarur masalalarni yechishda va o‘z ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato 
etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h. k.) asosida davlatga 
birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta’minlovchi, 
jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan. 
Turli xalqlar o‘z davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va 
tarixiy-madaniy vaziyatlarga bog‘liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o‘tdilar. Yer 
yuzida o‘z davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib 
qolgan bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, 
urug‘ va qabilaning ma’naviy o‘lchamlari, urug‘ boshliqlarining obro‘-e’tibori bilan 
boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib 
qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti hamdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm 
surib kelgan markscha-lenincha ta’limotga ko‘ra, davlat sinfiy xarakterga ega, 
hukmron sinflarning qo‘lidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, 
pirovardida davlat o‘z qiyofasidan maxrum bo‘ladi va dastavval «yarim davlat»ga 
aylanib, keyinroq (zarurat bo‘lmaganligi bois) umuman barham topadi. Bu xildagi 
«nazariy qoida»larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar 
isbotlab berdi.
Tarixiy taraqqiyot shuni ko‘rsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, 
davlatsiz yashay olmagan, aksincha tom ma’nodagi davlatning rivojlanishi 
jamiyatning yuksalishiga olib kelgan. Zotan davlat jamiyatda barcha sinflar, 
tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa 
nodavlat tashkilotlardan o‘zining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi 
hamma uchun majburiyligi bilan farklanadi. 


62 
Davlatning belgilari to‘g‘risidagi masalani siyosatshunoslar turlicha talqin qilib 
kelganlar. Bunda aholining hududiy bo‘linishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi 
hokimiyat, soliqlar tizimi alohida ajratib ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda davlatning 
umumiy e’tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin: davlat o‘z 
chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo‘yicha birlashgan butun jamiyat, aholining 
yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; davlat— suveren hokimiyatning yagona 
egasidir; davlat — yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks ettirgan 
qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; davlat— o‘z 
funksiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar 
tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) 
organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, o‘z mudofaasi, 
suvereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar 
hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi . 
Hozirgi zamonda fanda keng foydalanilayotgan davlat tasnifi quyidagicha: 
totalitar, avtoritar, liberal va demokratik davlatlar. 
Liberal davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha 
sohalarida rasman amal qiladi, Davlat ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga 
yo‘l qo‘yiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud davlat va 
ijtimoiy tuzumni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Totalitar davlatda hamma narsa bir g‘oyaga — «Davlat — bu hamma narsa, 
inson esa — hech nima» degan g‘oyaga bo‘ysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron 
elita qo‘lida bo‘lib, boshqalar davlatni boshqarishdan chetlatilgan. 
Avtoritar davlatda ham hokimiyat tor guruh kishilar qo‘lida bo‘lib, shaxsiy 
manfaatlar davlat manfaatlari yo‘lida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat 
etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. 
Demokratik davlat fuqarolarning davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi 
xuquklarini amalda ta’minlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. 
Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng bo‘lib, ularni amalga oshirish 
ta’minlangan bo‘ladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri taqiqlanmagan hamma narsaga yo‘l qo‘yiladi . 


63 
Davlat qurilishida davlat shakli katta rol o‘ynaydi. Yangi davlatlar tashkil 
topayotganda uning shakli to‘g‘ri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. Davlat shakli 
boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) 
tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv shakli — davlat hokimiyati va 
boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv 
shaklining eng qadimgi va hozirgi kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli 
monarxiya va respublika. 
Monarxiyaning o‘zi ham mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya 
ko‘rinishlariga ega. Mutlaq monarxiya davlatlarida davlat boshlig‘ining hukuqi 
cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga o‘tadi, 
Davlat boshlig‘ining ustidan nazorat yo‘q va u hech kimga hisobot bermaydi. 
Respublika (lot. respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — 
davlat boshqaruvi shakli, unda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo‘yiladi 
yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, 
fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda 
jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig‘i Respublika hisoblanadi. Boshqaruvning 
Respublika shakli quyidagi turlarga ajratiladi: 
1) prezidentlik Respublikasi (AQSh, Meksika va b.), bunda prezident 
umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning o‘zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig‘i hisoblanadi; 
2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va b.), bunda parlament 
to‘liq hokimiyatga ega bo‘lib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. 
Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig‘i bo‘lib, ijro 
etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanmaydi; 
3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, 
Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo‘lgan yangi mamlakatlarning 
aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika 
xususiyatlari qo‘shilib ketadi. Ya’ni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, 
yuridik va real keng vakolatlarga ega bo‘ladi. Biroq hukumat parlament tomonidan 
tashkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy 


64 
javobgar bo‘ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni 
bosh vazir boshqaradi. Prezident ma’lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib 
yuborish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi — suveren demokratik respublika bo‘lib, 
mamlakatimizda prezidentlik Respublikasi boshqaruv shakli amal qiladi. 
Shuni aloxida takidlash lozimki, mamlakatimizda ijtimoiy sohaga e’tibor
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy himoyaga va 
yordamga muhtoj toifalarga kiradigan kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, 
nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar har qanday tuzum va jamiyatda u yoki bu 
darajada uchraydi. Adolatli davlat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga 
oladi. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



. 2.Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish