73
Natijada, o‘rta va oliy ta’lim muassalarida ta’lim olgan mutaxassasalar barcha
sektorlarda faoliyat olib borish imkoniga ega bo‘ldi. Ayniqsa, nodavlat sektori
uchun yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash masalasi uzil kesil hal qilindi.
Hozirgi vaqtda AQShda ijtimoiy soha xizmatchilarini tayyorlashning to‘rt
bosqichdan iborat uzluksiz ta’limi mavjud. Xususan, 2 yillik o‘rta ta’lim
maktablarida ijtimoiy ish texnik xodimi mutaxassisligini oladi. Kollej va
universitetlardagi 2 yillik ta’lim (400 soat dars mashg‘ulotlari) so‘ngida ijtimoiy
ishlar bo‘yicha bakalavr (BSW) diplomini oladi. Universitetlarda 2 yillik o‘qish
(nazariy va amaliy mashg‘ulotlar) so‘ngida ijtimoiy ishlar bo‘yicha magistr (MSW)
diplomi beriladi. Ijtimoiy ishlar yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlash
(DSW) ijtimoiy ishlar bo‘yicha doktor unvonini beradi. Shu tariqa ijtimoiy
ishlar milliy assotsiatsiyasi (NASR)ga ijtimoiy ishlar bo‘yicha bakalavr
darajasiga ega bo‘lganlar ham qabul qilinadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki Amerika modelida:
- ijtimoiy siyosatga liberalizmning kuchli ta’siri;
- davlat moliyaviy mablag‘larining hisobidan nodavlat sektorini ijtimoiy
xizmatlar sohasiga ko‘plab jalb qilinishi;
- aholini ijtimoiy sug‘urta qilinishining muhimligi;
- ijtimoiy xizmatlar sohasini nomarkazlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunda
kichik mahalliy va xalqaro yirik nodavlat tashkilotlarining roli kattadir.