|
Maktabgacha ta'lim tizimida o'yinlar texnologiyasi
|
bet | 5/8 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 74,06 Kb. | | #111106 |
Bog'liq didaktik o\'yin turlari kurs ishi yangiMaktabgacha ta'lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.
O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ham yan gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foy- dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning sama- radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o'yinni o'zi tanlay- di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- da ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'lganligini bilishi kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj- lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyor- lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
Hamkorlikka chorlovchi.
Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o'yinlar.
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlar.
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbi- yaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi,iqtisodiytejamkor- lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, pirami- da, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor o'yinlari kabi texnik vositalar.
|
| |